Urganch davlat universiteti 70230101-Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Matniyazova Muazzam Madaminovnaning” Ingliz dramaturgiyasida Amir Temur siymosi mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ichki taqriz


Download 16.8 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi16.8 Kb.
#1655491
Bog'liq
Ichki taqriz


Urganch davlat universiteti 70230101-Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti Matniyazova Muazzam Madaminovnaning” Ingliz dramaturgiyasida Amir Temur siymosi mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga


ICHKI TAQRIZ

O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, rivojlanish bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotini barqaror izga solish va rivojlantirish bo’yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yangilanayotgan O’zbekistonda tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o’rganish, ularga to’g’ri va xolis baho berish, shu asosida milliy qadriyatlarimizni tiklash o’zining yangicha bosqichiga ko’tarildi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor”. O’z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o’zbek davlatchiligi va jahon tarixida munosib o’rin egallagan, buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi Amir Temurdir. Amir Temur va temuriylar davri tarixi nafaqat o’lkamizning, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume’tirof etilgan davr sifatida ko’plab tatqiqotchilar e’tiborini o’ziga jalb qiladi.


Bu esa magistrant Matniyazova M.ning ishining muhim tadqioqtlardan biri bo‘lishini ko‘rsatdi.
Jahon adabiyotshunosligida badiiy adabiyotda ayniqsa Amir Temur obrazi talkini muammosi yuzasidan bir qancha ilmiy tadqiqototlar amalga oshirilgan.
E.Bartels, M.Barnet, S.Grinblat, L.Xopkinz, T.Pirs, S.Sheferd, U.Zunder, R.Uilson, R.Seyls, Ch.Nikol, P.Koxer, T.Xeyli kabi adabiyotshunoslarning ishlarida Kristofer Marloning «Buyuk Temur» dramasidagi Amir Temur obrazi haqidagi qarashlari o’z aksini topgan. Ammo bu tadqiqotlarning ko’pchiligida evropotsentrizm nuqtai nazaridan talqin qilingan.

Dissertatsiyaning «Kirish» qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’yekti, predmeti, respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo`nalishlariga mosligi, ilmiy yangiligi, amaliy natijalari, olingan natijalarning ishonchliligi, ishning nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, dissertatsiya tuzilishi bo`yicha ma’lumotlar keltirilgan.


Magistrlik dissertatsiyasi tuzilgan reja asosida atroflicha amalga oshirilgan.Mazkur ilmiy ishning 1-bobida O’zbek dramaturgiyasida Amir Temur obrazi haqida fikr yuritilgan. 2-bobda esa ingliz dramaturgiyasida Amir Temur shaxsiyatining o’ziga xos jihatlariga to’xtalib o’tilgan va uning tarixiy haqiqat bilan qay darajada mosligi qiyosiy tahlil metodi orqali ochib berilgan. 3-bob Jahon dramaturgiyasida Amir Temur obrazi deb nomlanib buyuk siymo haqida jahon adabiyotida yozilgan durdonalarga murojaat qilingan. Magistrlik dissertatsiyasining 3 ta asosiy bobi va xulosa qismi, dissertatsiyaning kirish qismida belgilangan maqsad va vazifalar bilan solishtirganda Matniyazova M. ishi davomida ularning barchasiga erishgan. Tadqiqotning obyekti va predmeti ham tadqiqotda amalga oshirilgan ishlarga mos. Kirish qismida belgilangan ilmiy yangiliklar va amaliy natijalarga to‘liq erishilgan. Magistrlik ishini yozish davomida Matniyazova M. mavzu doirasida 1 ta xalqaro miqyosidagi jurnalda maqola chop qildirgan va bitta xalqaro konfrensiyada tezis chop qildirgan.
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak, dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi, shuning uchun uni tugallangan va nihoyasiga yetgan tadqiqot ishi sifatida baholayman.
Taqrizchi: PhD Abdullayeva.G
Download 16.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling