Termiz davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo’nalishi 205-guruh 2-kurs talabasi davronova fotimabonu lug’atni rivojlantirish anatatsiya


Download 21.06 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi21.06 Kb.
#1685650
Bog'liq
Davronova Fotimabonu 205


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 205-GURUH 2-KURS TALABASI DAVRONOVA FOTIMABONU

LUG’ATNI RIVOJLANTIRISH
Anatatsiya:  Lug^at- imlo savodxonligini oshirish, so^z boyligini kengaytirishning muhim manbaidir. Chunki lug^atlar bilan ishlash o^quvchilarda kuzatuvchanlik qobilyatini yuzaga chiqaradi, ularning nutq madaniyatini yuksaltiradi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytiradi, so^z boyligini orttiradi, o^quvchilarda savodli yozuv malakasini takomillashtiradi hamda kreativligini rivojlantiradi. Ushbu maqolada boshlang^ich sinf o^quvchilrining lug^atlar bilan ishlash jarayonida kreativligini oshirishning usullari va metodikalari yoritilgan.
Kalit so zlar: So^z, lug^at, nutqiy kreativlik, leksikografiya, leksikologiya, nutq, imloviy savodxonlik, kontekst, atama, imloviy lug^at, ibora, tasviriy ifoda, dunyoqarash, kreativlik.
Lug‘atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o‘tkir - uchi o‘tkirlangan, o‘tkirlangan), ko‘p ma’nolilik (o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularning ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik jihatdan to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutqni tuzish usullarini (gaplarni bog‘lovchilar, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida bog‘lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq dialogli muloqot negizida rivojlangan nutqning barcha tomonlari til ongining shakllanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi va ular buning uchun bolaning kattalar bilan muayyan shakldagi muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj bo‘ladilar. Lug‘at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg‘ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg‘ulotlardan tashkil topadi5:
Lug‘at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.);
Lug‘at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg‘ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish);
Umumlashtirishlar jarayonida lug‘at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg‘ulotlar.
Lug‘at ishlarini o‘tkazishda tarbiyachi bolaning umumiy nutq madaniyatiga ta‘sir qiladi, unga umumiy ravishda qabul qilingan adabiy so‘zlar va ifodalarni ma‘lum qiladi, ularni to‘g‘ri tovush va grammatik shaklda ifoda qiladi, bunda u bolalarda uchraydigan sheva leksikasini bartaraf qiladi (ta‘qiqlaydi), ularni adabiy me‘yorlar bilan almashtiradi.
«Lug‘atni egallash» atamasi – bu nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni albatta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir. Insonning yuqori nutq madaniyati, lug‘atining boyligi haqida u «eshitilgan», insonning jonli nutqini bezab turgan taqdirdagina so‘z yuritish mumkin. Lug‘at ishidagi asosiy jihat – bu faqat bolalarga yangi so‘zni tanishtirish emas, balki ularni faol nutqqa kiritishdir.
Maktabgacha ta‘lim muassasasidagi lug‘at ishi – bu bolalarning faol lug‘atini notanish yoki ular uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar bilan reja asosida boyitib borishdan iboratdir. O‘zbek tili lug‘ati to‘xtovsiz tarixiy rivojlanish jarayonida bo‘ladi. Undagi o‘zgarishlar eng avvalo insonning ishlab chiqarish faoliyati, jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. YAngi narsalar va hodisalarning paydo bo‘lishi bilan ularni nomlovchi yangi tushunchalar va so‘zlar ham paydo bo‘ladi. Bundan tashqari ilgaridan mavjud bo‘lgan ayrim so‘zlar yangilanadi, ularning ma‘nosi o‘zgaradi, ko‘p so‘zlar muomaladan chiqib ketadi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini o‘tkazishda so‘zning rivojlanuvchi tusga egaligini hisobga olish zarur.
O‘zbek tilining lug‘at tarkibini umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil qiladi. Bu o‘zbek tilida so‘zlashayotgan odamlarga qo‘shimcha izoxlarsiz tushunarli bo‘lgan va muomala uchun zarur bo‘lgan so‘zlar guruhidir. U uzoq vaqt mobaynida yaratilgan. Bu leksikaga nutqning turli qismlari kiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasasida lug‘at ishining mazmunini asosan umumiy qo‘llanishdagi leksika tashkil etishi tufayli tarbiyachi bolalar nutqini nafaqat otlar bilan, balki fe‘llar, sanoq so‘zlar, old ko‘makchilar, sifatlar va boshqa nutq qismlari bilan ham boyitishi zarur.
Bolalar lug‘atini folklor elementlari (qo‘zim, toychog‘im, ona qizim) bilan ham boyitish darkor, chunki ma‘lum xollarda (qayta hikoya qilish mashg‘ulotlari, ertak to‘qish, sahnalashtirish, o‘yinlar va boshq.) ular bolalar nutqiga kiritish uchun ataylab taklif qilinadi,...................
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib
borishning nazariy asoslari
Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar
tomonidan lug‘atni o‘zlashtirish xususiyatlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlash maktabgacha ta’lim
muassasasi tarbiyachilarining oldiga qo‘yilgan eng muhim
vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning
voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga
kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so‘z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to‘plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o‘zini qurshab turgan olamni bilishga bo‘lgan qiziqishini o‘stiradi. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma’lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yig‘lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik bo‘lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi.
Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo‘lgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda
kam bo‘ladi, ya’ni uning faol lug‘ati juda tez o‘sib boradi. Bu
yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar
nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. Bola
o‘ziga aytilgan so‘zlarni yaxshiroq tushunadigan bo‘ladi . Uning
sust lug‘ati o‘sib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, ammo
so‘z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa ushbu katta yoshdagi bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu jumladan o‘zbek folklorining barqaror oborotlari, maqollar va matallarni qabul qilish, tushunish, eslab qolish va kezi kelganda foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni amalga oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi mazmuniga, uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z birikmasining umumiy mazmunini o‘zlashtirishlari qiyin kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va boshq.). SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi bolalarga muayyan vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki tegishli tushuntirish natijasida tushuniladigan ifodalarni kiritishi lozim. Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: «o‘zim, shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.
Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni yoki unga yashiringan ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at ishlarini amalga oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish zarur. Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini bilmasliklari yoki uning ma‘nosini buzib talqin qilishlarini uchratish mumkin (masalan, langar – bir qo‘ng‘izcha. Bu suvga tashlanadigan narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga duch kelish mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va x.k.). Bu buzilishlarni sabr-toqat bilan tuzatish, shuningdek yangi so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri jaranglashini nazorat qilish lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni bilgani holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab ayrim so‘zlarning grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan birikishiga qaratishi mumkin. Masalan: Paltoning yoqasi qunduzli ekan. Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.
Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan atrofdagilar nutqida buzib talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim (masalan, sur‘at – surat).
Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini ta‘kidlashi, otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi zarur: palto-kichik, ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar (otlar, sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, ular nomlar sifatida xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol vazifasida chiqadi). Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar sohasida olib borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik tasavvurlarni shakllantirishga doir mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni faollashtirish va mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus mavzusi bo‘lmog‘i lozim.
Bugungi kunda talim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri bu o'quvchilarning har tomonlama kreativligini oshirishdir. Shu o'rinda boshlang'ich sinf o'quvchilarining kreativligini oshirishda asosiy ustuvor usullardan ongli o'qitish, nutq madaniyatini o'stirish, yozma va og'zaki nutq mashqlarini uyg'un holatda olib borishdir. Oz navbatida lug'atlar bilan ishlash ham kreativlikni oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Chunki lug'atlar bilan ishlash oquvchilarda kuzatuvchanlik qobilyatini yuzaga chiqaradi, ularning nutq madaniyatini yuksaltiradi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytiradi, so'z boyligini orttiradi, oquvchilarda savodli yozuv malakasini takomillashtiradi. Tildagi jamiki so'zlar, ularning tarixi, izohi, imlosi kabi muhim masalalar bilan lug'atshunoslik o'rrganadi. Lug'atlar qadimdan yaratilib kelingan. Masalan, Mahmud Qoshg'ariy tomonidan XI asrda yaratilgan "Devoni lug'atit-turk" , XVI asrda Usmonli turk tilida yaratilgan "Abushqa" lug'atlari tarixda bizga malum.
So'z tilning mano bildiradigan asosiy birligidir. So'z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bolgan barchaso'z va iboralarning yig'indisi luglat tarkibi yoki leksiko deyiladi. Leksikologiya o'zbek tilining lug'at tarkibini o'rganadigan bo'limdir. Leksikologiya lug'at tarkibidagi so'zlarning nutqda mano ifodalash xususiyati, qollanish faolligi, boyib borishi, bazi so'zlarning eskirib, iste'moldan chiqib ketishi, mano ko'chish hodisasi kabilarni o'rganadi. Shu sababli ham leksikologiya lug'at ustida ihlash metodlarining lingvistik asosi hisoblanadi. Kishining lug'at boyligi qanchalik boy va rivojlangan boisa, uning nutq ham shunchalik boy boladi, oz fikrini aniq va ifodali bayon etishga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug'atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o'stirishning muhim sharti hisoblanadi. Oquvchi lug'atining boyishiga birinchi navbatda, uni o'rab ilgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, o'qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bolgan muloqotlari asosiy manba vazifasini bajaradi. Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda bolishi natijasida so'z, ibora, tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so'zlarni o'rganadi, ularni oz so'zlariga aylantiradi.
Boshlang'ich talimda lug'at ustida ishlashning umumiy yol- yo'riqlari, yo'nalishlari, manbalari haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo'lsa-da, ularni hali qoniqarli ahvolda deb bolmaydi. Lug'atlar ustida ishlash uchun maxsus darslar ajratilmaydi. Oquvchilar barcha predmetlarni o'rganishda, asosan, ona tili va o'qish
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
darslik materiallarini o'rganish bilan bogliq holda olib boradi. Ona tili hamda o'qish darslarida lug'atustida ishlash o'quvchilar nutqini o'stirishga, yozma savodxonligini shakllantirishga, so'z boyligini boyitishga nutq madaniyatini yuksaltirishga qaratilganligi sababli bu ish 1-sinfdanoq boshlanadi va butun o'quv jarayonida davom ettiriladi.
Lug'at- imlo savodxinligini oshirish, so'z boyligini kengaytirishning muhim manbaidir. Maktabda o'quvchilarning nutqiy kreativligini oshirishning muhim vazifalaridan biri lug'at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, o'quvchilarning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi. Lug'atlardan foydalanish va ular ustidan ishlash malakasini shakllantirish avvalo ularda ehtiyojni tarbiyalashdan boshlanadi. Chunki, ehtiyoj sezilmasa, o'quvchi lug'atlarga murojaat qilmaydi. Ma'lum bir so'zning imlosi, manosi, manodoshi, qarama-qarshi manosi, uyadoshini bilish zaruriyati ehtiyojni vujudga keltiradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'atlar ustida ishlash jarayonida kreativligini oshirish uchun quyidagi metodlarni qollash yaxshi samara beradi:
1. Badiiy asar o'quvchilar nutqini oshirish uchun eng muhim va ishonarli manbadir. Oqituvchi hafta davomida o'quvchilarga turli ertaklarni o qittirib, notanish bo'lgan so'zlarni ajratib, uning manosini tushintirishi va kelasi badiiy asarni o'qilguncha bu so'zlarni yozdirib yodlattirishi zarur. Chunki, bolalar o'zbek tilini yuksak badiiy obrazlar orqali o'zlashtiradilar.
2.O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu o'z ichiga quyidagilarni oladi: 1) o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish;
2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish;
3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirish;
4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.
5) Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faolyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lug'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish.Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida
Scientific Journal Impact Factor
qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. Adabiy til me'yori degan tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv
chiqib keta boshlaydi.
3. O'quvchilarning so'z boyligini takomillashtiruvchi va boyituvchi vositalardan biri bu atrof- muhitdir. Shuning uchun darsdan tashqari holatlarda o'quvchilarni turli ekskursiyalarga olib chiqish juda katta ahamiyatga egadir. Chunki, tabiat qo'yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsava hodisalarni kuzatish bilan ko'pgina yangi nom va iboralarni o'rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o'tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi,ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
4. Dars davomida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish.
Bunda o'qituvchi dars davomida turli xil video va audio matnlardan foydalanishi mumkin. Masalan o'qish darsini oladigan bo'lsak, darslikda berilggan har bir hikoya va ertakni audiosi yoki video variantlarini o'quvchilarga qo'yib berishi, hamda bu matnni kitoblardan foydalanmagan holda o'quvchilardan gapirib berishlarini so'rash, zarur dars oxirida esa matnda uchragan notanish so'zlar ustidan ishlash, ularning ma' nolarini tushintirib berish zarur.
5. Turli xil didaktik o'yinlardan foydalanish.
Didaktik o'yinlar o'quvchilarning kreativligini, reaksiyaviyligi hamda zukkoligini o'stiruvchi eng asosiy vositadir. Shuningdek lug'atlar ustida ishlash jarayonida ham didaktik o'yinlardan foydalanish mumkin. Masalan:
"Kim ko'p aytadi" didaktik o'yinmi olaylik. Bunda o'qituvchi ona tili darslarida har bir dars davomida o'zlashtirilgan so'zlar yuzasidan musobaqa uyishtiradi. Bu o'yinda barcha o'quvchilar ishtirok etadilar. Har bir dars davomida o'zlashtirilgan so'zlarni o'quvchilar bittadan aytadilar. Kimki ayta olmay to'xtab qolsa o'yindan chetlashtiriladi. O'yin davomida qaysi o'quvchi oxirigacha qolsa, ya'ni so'z ayta olmay to'xtab qolmasa o'sha o'quvchi lider deb topiladi.
Download 21.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling