Termiz davlat pedagogika instituti pedagogika sanʼat fakulteti pedagogika va psixologiya taʼlim
Download 425.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehrli quyosh (автовосстановление)
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA SANʼAT FAKULTETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TAʼLIM YOʻNALISHI 202-GURUH TALABASI JOʻRAYEVA HILOLA MEHRLI QUYOSH Bir bor ekan bir yoʻq ekan qadim oʻtgan zamonlardan boʻlib hozirgi zamonda ham mavjud boʻlgan quyosh bor ekan. Quyosh juda ham mehrli edi. Har tong Quyosh o'zining olovli aravasida quvnoq va g'urur bilan osmon bo'ylab aylanib chiqar va o'z nurlarini saxiylik bilan har tomonga tarqatardi. Va hamma quyoshdan juda ham mamnun edi. Kunlardan bir kuni quyoshni insonlar qattiq ranjitib qoʻyishdi. Quyosh insonlardan xafa boʻlib nur sochmay qoʻyibdi.Oʻylab koʻring- a insonlar mehrli nur sochayotgan quyoshni nima qilib ranjitishdi? Quyosh nima boʻldiyu xafa boʻlib 2 kun olamga nur sochmay qoʻyibdi bundan insonlar xavotirga tushishibdi. Nima sababdan quyosh bizdan xafa ekan deb buyuk olam sehrgarining yoniga borishibdi. Insonlar sehrgarga quyosh har tong jilmayib oʻzining zarrin nurlarini taratishini istashayotganini uni juda ham sogʻinayotganligi va uziz sovuqqotayotganligini aytishibdi.Sehrgar men Mehrli quyosh bilan gaplashaman va sizlarga nima sababdan xafa ekanligini aytaman deya ularni ertaga kelishini soʻrabdi. Sehrgar quyosh bilan suhbatlashish uchun uning yoniga boribdi va nima sababdan xafa ekanligini soʻrabdi.Quyosh javob berdi: Men insonlarning bir-biriga mehrsizligi,bir-biriga nisbatan adolatsizligi,tabiatda nisbatan mehrsizligidan, yolgʻon soʻzlashlaridan xafaman shuning uchun bu dunyoga nur yaratishni istamayman. Sehrgar: Mehrli Quyosh kel insonlarga oʻz xatolarini tuzatish uchun imkon ber va har tong oʻz nurlaringni mehringni olamga tarat Quyosh: Mayli men buni bajaraman ammo insonlar bir-biriga nisbat mehrli va qiyin vaziyatlarda yordam berishini istayman qachonki ular bu xatolarini tuzatishsa shu zahotiyoq men oʻz vazifamni bajaraman. Deya soʻz beribdi.Sehrgar insonlarga borib boʻlgan voqealarni aytib uni toʻgʻirlashini tushuntiribdi. Insonlar nodon ishlaridan uyatga qolib oʻz xatolarini toʻgʻirlash uchun bir-biridan kechirim soʻrashibdi. Insonlar bir-biriga nisbatan mehr-muruvvatli ishlariga yordamlashadigan boʼlishibdi.Hamma narsa oʻz iziga tushib ketayotganligini koʻrgan quyosh qaytishga qaror qildi va olamga mehrli va zarrin nurlarini tarata boshladi. Shu - shu insonlar quyoshsiz yashay olmasliklarini anglab yetishibdi. Download 425.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling