Termiz davlat pedagogika instituti raxmatova salima togaymurodovna
Download 0.91 Mb.
|
Avtorereferat RAXMATOVA SALIMA иккинчи 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari nomlari Nazorat guruhi m j = 1054
- НАУЧНЫЙ СОВЕТ DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 ПО ПРИСУЖДЕНИЮ УЧЕНЫХ СТЕПЕНЕЙ ПРИ ЧИРЧИКСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ УНИВЕРСИТЕТЕ
1-jadval
Tinglovchilarining tajriba yakunidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari
1-diagramma.Tajriba-sinov yakunidagi umumiy natijalar diagrammasi. Yuqoridagi natijalarga asoslangan holda matematik-statistik tahlil qilinib, tajriba yakunidagi holat uchun topilgan natijalardan o‘rtacha kvadratik chetlanish, tanlanma dispersiya ko‘rsatkichlari, St’yudentning tanlanma mezoni, St’yudent mezoni asosida erkinlik darajasi va ishonchli chetlanishlari topildi (jadvalda 2-satr-o‘quvchilar uchun):
Demak, tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘rtacha o‘zlashtirish (81-68,7) 12,3 ga yuqori ekan. Bu esa, o‘z navbatida, barobar ortiqligini anglatadi. Yuqoridagi natijalarga asoslanib tajriba-sinov ishlarining sifat ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz. Bizga ma’lum, ga teng. Bundan sifat ko‘rsatkichlari: ; ; Olingan natijalardan o‘qitish samaradorligini baholash mezoni birdan kattaligi va bilish darajasini baholash mezoni noldan kattaligini ko‘rish mumkin. Bundan ma’lumki, tajriba guruhidagi hamda tajriba yakunidagi o‘zlashtirish nazorat guruhidagi va tajriba yakunidagi o‘zlashtirishdan yuqori ekan. Bundan shuni aytish mumkinki, tajriba guruhining ko‘rsatkichi nazorat guruhinikiga nisbatan 12,3 %ga oshganligini ko‘rish mumkin. O‘tkazilgan statistik tahlillardan tajriba guruhida qo‘llanilgan raqamli ta’lim muhiti biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishda samarali bo‘lib, o‘tkazilgan tajriba-sinov tahlillari uni respublikamiz miqyosida ommalashtirish mumkinligiga asos yaratadi. XULOSA O‘qitishning mobilligi, individual ta’lim muhitini loyihalash, raqamli ta’lim resurlarni ishlab chiqish va qo‘llash tinglovchining uzluksiz kasbiy rivojlanishini maqsadli optimallashtirish imkonini ta’minlaydi. Pedagogik tayyorgarlik faoliyatining yangi turi sifatida: interaktiv axborot ta’lim resurslaridan foydalanish, mustaqil ta’lim sharoitlarida shaxsiy-kasbiy rivojlanishni ta’minlash, ta’lim jarayonini boshqaruvchi maxsus raqamli vositalari asosida onlayn va oflayn rejimli tezkor diagnostikasini adaptiv yo‘naltirish asosida amalga oshirish imkonini beradi. Biologiya fani o‘qituvchilari tayyorgarligining tarkibiy komponentlarini o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy-didaktik modeli diagnostik tahlil, shaxsiy-adaptiv rivojlanish, tashkiliy, bashoratlash, baholash va natija komponentlarini kasbiy yaratuvchanlik parametrlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish; o’qitishning interaktiv raqamli texnologiyalari, topshiriqlarni loyihalash, kasbiy-metodik tayyorgarlikni metodik ta’monotini mustahkamlash va shaxsiy adaptiv yo’naltirishga xizmat qiladi. Biologiya o‘qituvchisining tayyorgarlikni rivojlantirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va tayyorgarlik darajalarini takomillashtirishga doir (dars ishlanmalari, topshiriqlar, taqdimotlar, videodarslar, masala va mashqlar yechish metodikasi, vebinarlar tashkil etish, mustaqil kasbiy rivojlantirish uchun topshiriqlar tizimini) taklif hamda tavsiyalar yaratilgan. Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish jarayonida biologiya o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishni offlayn va onlayn qo’llab quvvatlash maqsadida raqamli ta’lim resurslarini o’zida mujassamlashtirgan mualliflik sayti (http://bioscience22.uz) yaratilib, interaktiv tajriba almashish va faol texnologiyalaridan foydalanish orqali “ijodiy faoliyat tajribasi”sining mahsuldorligi orttirish imkoniyatlari kengaytirildi. A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasiga raqamli ta’lim muhitida kasbiy rivojlanishni ta’minlashga oid zamonaviy metodikalar, dars ishlanmalari, topshiriqlar, taqdimotlar, videodarslar (Youtube kanalida ham targ‘ib etilgan: https://yotu.be/e-0YaWKOMpo), masala va mashqlar yechish metodikasi, vebinarlar tashkil etish, mustaqil kasbiy rivojlantirish uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqish orqali tatbiq etildi. Biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish natijalarini baholash uchun testlar, amaliy topshiriqlar, laboratoriya ishlari ishlab chiqildi va tajriba-sinov ishlarida qo‘llanildi. O‘tkazilgan statistik tahlillardan tajriba guruhining ko‘rsatkichi nazorat guruhinikiga nisbatan 12,3 %ga oshgan. Raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalariga asoslanib, quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: Pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida, raqamli ta’lim muhitida biologiya o‘qituvchilarning turli faoliyat tajribalari va taqdim etilgan loyihalar natijasida qo‘lga kiritgan mahsulotlarining “namoyish” maydonlarini tashkil etish, metodik konkurslar, festivallar, hamkorlikdagi ko‘rgazmalar tashkil qilish. O‘qituvchilarning ochiq raqamli portalini tashkil etish, unda toifalar belgilash uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish strategiyalari, amaliy faoliyat tajribalari, xalqaro va milliy konkurslardagi ishtiroki, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan ochiq darslari, ijodiy topshiriqlar, innovatsion yondashuvlarini baholash imkoniyatlarini yuzaga keltirish. Kasbiy stagnatsiyaning oldini olish, kasbiy tajribani universallashtirish, stagnativ tendensiyalarni baholash metodikalarini ishlab chiqish lozim. НАУЧНЫЙ СОВЕТ DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03 ПО ПРИСУЖДЕНИЮ УЧЕНЫХ СТЕПЕНЕЙ ПРИ ЧИРЧИКСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ УНИВЕРСИТЕТЕ Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling