Termiz davlat pedagogika institutida «Sharaf kodeksi» ini ishlab chiqish va tatbiq etish boʻyicha yoʻriqnoma
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Download 165.76 Kb.
|
Шараф Кодекси 2 nizomi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING SHARAF KODEKSI TERMIZ — 2023 Mundarija Kirish ......................................................................................................4 Termiz davlat pedagogika institutining maqsadlari................................5 Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi “Sharaf kodeksi”ning maʼnaviy-axloqiy normalari ...........................................................................................5 “Sharaf kodeksi”ning qoʻllanilishi ..........................................................9 “Sharaf kodeksi” nozirlarining huquqlari...............................................10 “Sharaf kodeksi” nozirlarining vazifa va majburiyatlari........................11 “Sharaf kodeksi” normalariga rioya etilishini nazorat qilish.................12 Kirish Ushbu “Sharaf kodeksi” oʻzida Termiz davlat pedagogika institutining shonli tarixi davomida shakllangan hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti strategiyasi talablaridan kelib chiquvchi korporativ qadriyatlarni mujassam qiladi; Termiz davlat pedagogika institutining Sharaf kodeksi Institut pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi oʻrinlarda tegishlicha xodim, talaba, doktorant deb yuritiladi)ni korporativ qadriyatlar asosida birlashtiradi hamda ularning xulq-atvor normalarini, faoliyatining maʼnaviy-axloqiy meʼyorlarini belgilaydi, kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, taʼlim-tarbiya jarayoni va korporativ xulq-atvorining asosiy qoidalariga rioya qilinishini, hamda ishga, oʻz oʻziga, oʻzaro munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu Kodeks bizning faoliyatimizning maʼnaviy-axloqiy asosi boʻlib, bizning xatti-harakatlarimizni, qabul qiladigan qarorlarimizni tartibga soladi. “Sharaf kodeksi” Termiz davlat pedagogika institutining bebaho qadriyatlarini sharaflaydi, himoya qiladi, yanada mustahkamlaydi hamda bizning: Strategik maqsadimizga yetishimizda; oʻzaro hurmat-izzat, masʼuliyatlilik va boshqa yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga asoslangan korporativ madaniyatimizni bunyod qilishimizda madadkor boʻladi; Termiz davlat pedagogika institutining turli kasb, daraja, avlodlar, millat vakillari boʻlgan professor-oʻqituvchilari, xodimlari, magistrlari va talabalari ishonadigan, amal qiladigan, bir korporativ maqsad yoʻlida birdam boʻlishga chorlaydi; Shuning uchun ushbu “Sharaf kodeksi”ga amal qilishni har bir professor-oʻqituvchi, xodim, magistr va talaba oʻzining sharafli burchi, deb biladi. Download 165.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling