Termiz davlat pedagogika institutida «Sharaf kodeksi» ini ishlab chiqish va tatbiq etish boʻyicha yoʻriqnoma


Institut professor-oʻqituvchilari va xodimlarining sharafli burchlari


Download 165.76 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.76 Kb.
#1530265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Шараф Кодекси 2 nizomi

Institut professor-oʻqituvchilari va xodimlarining sharafli burchlari:

Biz — Termiz davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlari, talabalari, magistrlari Oʻzbekistonning inson kapitalini yaratishdek masʼuliyatni zimmamizga olganmiz va bundan faxrlanamiz.
Biz vatanparvar, yuksak malakali, institutimizga munosib pedagog shogirdlar yetishtirib, ularning hurmatiga sazovor, ibratli Ustozlar boʻlamiz.
Biz har bir talaba, magistrda avvalo insonni, shaxsni koʻramiz va ularga Ustozlikni oʻzimiz uchun sharaf deb bilamiz.
Termiz davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlari talabaning mehribon va talabchan doʻsti. Biz inson qadrini ulugʻlaymiz, har qanday takabburlikka qarshimiz va talabalar bilan muloqotga har doim ochiqmiz.
Biz talabalarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch fazilatlarni tarbiyalash uchun oʻz ustimizda doim ishlaymiz.
Biz oʻz fanimiz boʻyicha yangiliklarni, xorij tillari, pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻrganish boʻyicha muntazam ishlaymiz.
Biz talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtiramiz. Yoshlarni kashfiyotlar olamiga olib kirishni oʻzimizning ustozlik burchimiz, deb bilamiz.
Biz - Termiz davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va xodimlari oʻzimizning tashqi koʻrinishimiz, xulqimiz bilan talabalarga ibrat boʻlamiz.
Biz ish vaqtidan samarali foydalanamiz, institutning moddiy-texnik ashyolari, mulkini asrab-avaylaymiz.
Biz institutimizda “Sharaf kodeksi”ga zid harakatlarning oldini olishga, toʻxtatishga harakat qilamiz.

Talaba va magistrlarning sharafli burchlari:
Biz talaba va magistrlar Vatanga sadoqat, zamonaviy bilim va koʻnikmalar bizning baxtli boʻlishimizga va Vatanimiz Oʻzbekistonni yuksaltirishiga ishonamiz va shu sababli tirishqoqlik bilan oʻqiymiz.

Download 165.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling