Termiz davlat pedagogika institutida «Sharaf kodeksi» ini ishlab chiqish va tatbiq etish boʻyicha yoʻriqnoma


Termiz davlat pedagogika institutining maqsadlari


Download 165.76 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi165.76 Kb.
#1530265
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Шараф Кодекси 2 nizomi

Termiz davlat pedagogika institutining maqsadlari

Termiz davlat pedagogika institutining joriy maqsadi — zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida bozor iqtisodiyoti talablariga mos raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.
Termiz davlat pedagogika institutining strategik maqsadi taʼlim-tarbiya sifatini oshirish, jahon talablari darajasiga koʻtarish orqali dunyoning TOP 1000 talik OTM lariga kirish, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari orasida liderlik pozitsiyasini qoʻlga kiritish va saqlab qolishdir.

  1. Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi “Sharaf kodeksi”ning maʼnaviy-axloqiy normalari



  1. Jamoaning umumiy burchlari

Biz – TerDPI jamoasi, har birimiz ushbu Sharaf kodeksiga amal qilsak, Termiz davlat pedagogika instituti faoliyatining samaradorligi oshishiga, Oʻzbekistonda va jahonda uning shon-sharafi yuksalishiga ishonamiz.
Biz institutning tarixiy ilmiy-maʼrifiy qadriyatlarni asrab-avaylaymiz — Termiz davlat pedagogika institutining qariyb ko‘p yillik tarixida toʻplangan ilmiy, tarbiyaviy anʼanalarni, institut professor-oʻqituvchilari, xodimlari, magistrlari va talabalari ishonadigan, jamoa tomonidan amal qilinadigan, qadrlanadigan sharaflanadigan fazilatlar, yutuqlar, munosabatlar, xotira, yodgorliklarini eʼzozlaymiz.
Biz bir jamoa — bir komanda” ruhiga sodiqmiz” – biz institut xodim, talaba va magistrlari oʻz oʻqish va xizmat faoliyatlarini maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning institutga talabi va ishonchini ifodalagan holda bir komanda boʻlib amalga oshiramiz. Bir birimizni begʻaraz qoʻllab-quvvatlaymiz, yuzaga keluvchi muammolarni yechishda hozirjavob va birdam boʻlamiz.
Biz korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga qarshi turamiz” — institut xodim, talaba va magistrlari korrupsiyaning har bir shakli va koʻrinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon boʻlishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni koʻradilar.
Biz institut Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va institut “Xodim, talaba, magistr oʻquvchilari tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etishga ogʻdirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish toʻgʻrisida”gi nizom talablarini soʻzsiz bajaramiz.
“Sharaf kodeksi” ustoz-shogirdlik anʼanalariga hamda ustozlarning maʼnaviy-axloqiy liderligiga asoslanadi. Har bir kafedra mudiri, dekan va uning oʻrinbosarlari, tyutorlar talaba va magistrlarga “Sharaf kodeksi”ga mos xulq modelining namunasi boʻladilar.


  1. Download 165.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling