- Badiiy asarni madaniy tarixiy deb atalmish ilmiy tahlillash yo’sini ham o’z vaqtida adabiy yaratiqni tekshirish tarixida katta o’rin tutgan. Bu yondashuv tarzi Kunbotish mamlakatlari adabiyotida XIX asrning o’rtalarida e’tiboran ancha keng yoyilgan. Adabiyotshunoslikda ham qolgan barcha oqimlarlar singari madaniy tarixiy qarashlarni ham chuqur o’rganishga talablar ortib boraberdi. Va shu yo’sinda Madaniy naturalistik oqimlar vujudga kelishiga katta yo’l ochib berdi. Madaniy-tarixiy va naturalistik maktablarning vazifa yo’nalishi ham aynan mana shulardan iborat.
Tarixiy-tipologik va qiyosiy-tarixiy maktablar - Badiiy matnni o’rganishga doir ilmiy tahliliy yondashuvlar orasida tarixiy-tipalogik nazarya bergan maxsuli va keltirib chiqarganoqibatlariga ko’ra alohida o’rin tutadi. Tarixiy yondashuv nazaryasiga ko’ra tarixda takroriylik qonuni amalda bo’lgani uchun unda unversallik xususiyati ustuvor maqomga ega bo’ladi. Bu nazarya folklor asarlariga dunyo miqyosida kechadigan umumiy ijtimoiy-siyosiy jarayon oqibatida o’z-o’zidan tabiiy ravishda yuzaga keladigan estetik xodisa o’laroq yondashish kerak deb biladi. Mana shunaqa qarashlar oqimini Tarixiy-tipologik va qiyosiy-tarixiy maktablar o’rganadi.
DOSTON JANRINING TARAQIYOT
BOSQICHLARI
XX asr o’zbek adabiyotida doston janriga mansub asarlar muhim o’rin egallaydi. Oybek, G’afur g’ulom, Hamid Olimjon, Mirtemir singari shoirlar ijodida shakllangan mazkur jarayon M.Shayxzoda, Zulfiya, Saida Zunnunova, Abdulla Oripov, Azim Suyun, Oydin Hojiyeva singari turli avlod va bo’g’inga mansub shoirlar ijodida yanada taraqqiy etdi. Natijada o’zbek xalq og’zaki ijodi, mumtoz adabiyot va jahon poemachiligining hayotbaxsh an’analaridan oziqlangan lirik va liro-epik dostonlarning o’ziga xos badiiy tizimi vujudga keldi. - XX asr o’zbek adabiyotida doston janriga mansub asarlar muhim o’rin egallaydi. Oybek, G’afur g’ulom, Hamid Olimjon, Mirtemir singari shoirlar ijodida shakllangan mazkur jarayon M.Shayxzoda, Zulfiya, Saida Zunnunova, Abdulla Oripov, Azim Suyun, Oydin Hojiyeva singari turli avlod va bo’g’inga mansub shoirlar ijodida yanada taraqqiy etdi. Natijada o’zbek xalq og’zaki ijodi, mumtoz adabiyot va jahon poemachiligining hayotbaxsh an’analaridan oziqlangan lirik va liro-epik dostonlarning o’ziga xos badiiy tizimi vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |