Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik yo’nalishi 1-bosqich talabasi sherbutayeva maxsudaning badiiy matn poetikasi fanidan mustaqil ta’lim uchun tayyorlagan taqdimoti ADABIYOTLAR: - Abdurahmon Jomiyning “Risolayi qofiya” asarini o’qib o’rganish (Dilnavoz Yusupova tarjimasi)
- Q. Yo’ldosh va M.Yo’ldoshlarning “Badiiy tahlil asoslari” kitobining “Ilmiy maktablar” bo’limidan referat yozish
- O’zbek mumtoz adabiyotida doston janrining o’rni va taraqqiyot bosqichlarini nazariy jihatdan belgilash
“Risolayi qofiya” asarida mumtoz she’rshunoslikning nozik nuqtalaridan hisoblangan qofiya qisqa ammo mukammal tarzda tahlil qilingan. G’arb adabiyotshunosligidagi she’riy tizim, qofiya va badiiy san’atlar musulmon Sharqi she’riyatidan ancha farqlanadi, shuning uchun G’arb o’quvchisiga Sharq she’royatidagi qonun-qoidalar o’ta murakkab va sirli, ayni paytda jozibali tuyulib kelgan. Buni nemis sharqshunosi Henri Ferdinand Blochmanning qator tadqiqotlarida ko’rishimiz mumkin. - “Risolayi qofiya” asarida mumtoz she’rshunoslikning nozik nuqtalaridan hisoblangan qofiya qisqa ammo mukammal tarzda tahlil qilingan. G’arb adabiyotshunosligidagi she’riy tizim, qofiya va badiiy san’atlar musulmon Sharqi she’riyatidan ancha farqlanadi, shuning uchun G’arb o’quvchisiga Sharq she’royatidagi qonun-qoidalar o’ta murakkab va sirli, ayni paytda jozibali tuyulib kelgan. Buni nemis sharqshunosi Henri Ferdinand Blochmanning qator tadqiqotlarida ko’rishimiz mumkin.
Henri Blochmanning “Fors she’riy tizimi: Sayfi Buxoriy, Jomiy va boshqa adiblar ijodi asosida” asari 5 qismdan iborat:
1. Kirish. (fors tili va uning xususiyatlari haqida)
2. Sayfi Buxoriy “Aruzi Sayfiy” asarining ingliz tiliga qilingafrd xdudn tarjimasi va uning izohlari
3. Abdurahmon Jomiy “Risolayi qofiya” asarining ingliz tiliga qilingan tarjimasi va uning izohlari
4. Musulmon sharqi she’rshunosligining nazariy asoslari
5. “Risolayi qofiya” hamda “Aruzi Sayfiy” asarlarining matni
Do'stlaringiz bilan baham: |