Termiz davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi 70540101 – Algebra va funksional analiz mutaxassisligi magistrantlarining dars tahlili
Download 28.03 Kb.
|
Dars tahlili Aziza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqitilgan darsning tavsifi
- 11. Таkliflar
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI ALGEBRA VA GEOMETRIYA KAFEDRASI 70540101 – Algebra va funksional analiz mutaxassisligi magistrantlarining DARS TAHLILI Darsni kim o'tdi: Tursunova Barno. Кurs va guruh: II kurs 205- 206-guruh. Sana: 14.09. 2022. Fan:Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Мavzu: O'rinlashtirishlar va o'rin almashtirishlar. Dars turi: Maruza. Dars jihozlari: kampyuter, monitor, kubiklar, sharlar, tarqatma materiallar. Darsni tahlil qiluvchi: Qudratova Shahnoza Darsning borishi: Dars boshlandi. Darsni matematik analiz kafedrasi o'qituvchisi Tursunova Barno ustoz olib bordilar. Dars matematika yo'nalishi talabalariga maruza mashg'uloti bo'lib ularga Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani yangi o'tila boshlangan. O'qituvchi darsga kirdi, salomlashdi, o'quvchilarni va xonani darsga tayyorgarligini tekshirdi. Talabalarni o'tgan mavzu bo'yicha qisqa savol javob qildilar va yangi mavzu maruzasi bilan tanishtirdilar. Mavzu O'rinlashtirishlar va o'rin almashtirishlar. Kundalik hayotda ko'chada, yo'llarda, uyda, avtobusda, maktabda turli o'rinlashtirish va o'rin almashtirishga doir hayotiy voqealarga juda kop guvoh bo'lgansizlar. Bu jarayonlarni O'rinlashtirishlar va o'rin almashtirishlarni sonini o'rganishda ehtimol nazariyasi yordam beradi dedilar ustoz. Maruza boshlandi. Mavzu tushuntirildi misollar ishlandi. Dars yakunida bir qancha topshiriqlar berildi. O'quvchilar tushunmagan savollariga javob oldilar. Dars tugadi. 10. O'qitilgan darsning tavsifi: Darsda yangi pedagogik tehnologiyalardan foydalanildi. (Ma'naviy -ma'rifiy ilmiy -nazariy, metodik va yangi pedagogik tehnologiya nuqtai nazaridan) Ijobiy: Salbiy: Dars ijobiy va ko'tarinki ruhda o'tdi. Darsda qiziqarli hayotiy jarayonlar misollar orqali tushuntirildi. Darsda talabalar faol. Fan qiziqarli o'tildi. 11. Таkliflar: Darsda ohirgi qatorda o'tirgan talabalarni diqqatini tortishga harakat qilish kerak. Darsga bazi kechikib kelish holatlarini bartaraf erish choralarini korish kerak 12. Xulosа: Dars juda yaxshi o'tdi. Darsda yangi pedagogik tehnologiylardan foydalanildi. Axborot tehnologiyalari orqali dars yanada qiziqarli o'tdi. O'quvchilar bu fanga kuchli qiziqayotganlari ko'rinib turibdi. Dars hayotiy voqealar va misollar yordamida o'tilgani uchun o'quvchilarning qiziqishi yuqori boldi. Mavzu bir para davomida to'liq o'tib berildi. Uyga vazifalar berildi. Tursunova Barno ustoz tajribali va yoshlarga o'rnak bo'ladigan kop yangi metodlari bor. Dars ijobiy deb topildi. Qudratova Shahnoza. _____________________ F.I.Sh imzo Tursunova Barno. _____________________ F.I.Sh imzo Download 28.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling