Termiz Davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi 3-kurs 120-guruh talabalari to’rt haftalik malakaviy amaliyotga chiqdik


Download 5.92 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi5.92 Kb.
#1501909
Bog'liq
O`G`ILOY HISOBOT


HISOBOT
Termiz Davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi 3-kurs 120-guruh talabalari to’rt haftalik malakaviy amaliyotga chiqdik. Bizga amaliyot har bir talabaning doimiy yashash manzilidagi maktabga berildi. Mening amaliyotim Raimov Azamat ustoz rahbarligida Muzrabot tumani 18-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tashim belgilandi. Amaliyot o’tash uchun maktabga bordim. Maktab direktori Raimov Azamat ustoz yig’ilish o’tkazdi. Meni 18-umumiy o’rta ta’lim maktabi jamoasi, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Norqabulov Ural ustoz bilan tanishtirdi. Shundan so’ng maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Norqabulov Ural ustoz meni maktab ichki qoidalari, tartib–intizomi bilan tanishtirib bu intizomlarga qattiq rioya qilishimni aytib o’tdilar va belgilangan taqsimot bo'yicha sinflarga biriktirdilar. Shular qatorida Matematika va informatika o’qituvchisi Norqabulov ural ustozga biriktirildim. O’qituvchilar birma–bir so’zga chiqib amaliyotning tartib qoidalari, maqsadi vazifalari amaliyot davomida yuritiladigan me’yoriy hujjatlar to’g’risida ma’lumot berdilar. Yig’ilishdan so’ng o’zimga biriktirilgan 6-“A” sinfga kirdim.
Sinfda 16 ta o’quvchi bo’lib, sinf xonadagi jihozlar, sinf burchagi dars jadvali bilan tanishdim. Sinf rahbari ertadan o’z faoliyatimni boshlashimni aytdi.
Darslarga tahlil jarayoniga kirish jarayonida kelgusi faoliyatimizda uchraydigan pedagogik muammolarga ham duch keldim. Amaliyot davomida bu muammolarni yechish usullarini o’rgandim.
Amaliyot so’nggi kunida yana bir bor yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida avvalo, Matematika va informatika fani metodika rahbari Ravshanova Mehriniso so’zga chiqib, men haqimdagi iliq fikrlarni va dars o’tishdagi yutuq va kamchiliklarimni aytib o’tdilar. Bundan tashqari barcha Matematika va informatika o’qituvchilari Norqabulov Urol . , Karolov Abduraim . , Ravshanova Mehriniso . birma-bir fikr bildirishdi. Shu bilan yig’ilish so’ngida menga kelgusidagi ishlarimga rivoj tilab, mavjud kamchiliklarning barham berilishiga, kelajakda mahoratli kadr bo’lib yetishishimga ishonch bildirishdi.

Amaliyotchi talaba: Murtazoyeva O`.


Amaliyot rahbari: Raimov A.
Download 5.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling