4+2 dasturi bo‘yicha Pedagogik amaliyot xisobot I
Download 0.78 Mb.
|
Muhammadjonova Zumrad XISOBOT
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan davlat universiteti Fizika fakulteti FIZ-DU-19 gurux talabasi Muhammadjonova Zumrad Otabek qizining 4+2 dasturi bo‘yicha Pedagogik amaliyot X I S O B O T I Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti rektorining 14.09.2022 dagi 935 T/g buyrug’iga muvofiq va “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida’gi Nizom, amaliyot ob’ektlari bilan tuzilgan shartnomalar hamda fakultet dekani O.Ismanovaning bildirishnomasiga asoslanib, 5140200-Fizika ta’lim yoʻnalishi 4-bosqich talabalari 2022-yil 9-sentabrdan 12-noyabrga qadar haftaning juma hamda shanba kunlari pedagogik amaliyotga chiqarildi. Bizga amaliyot har bir talabaning doimiy yashash manzilidagi maktabga berildi. Amaliyot o'tash maqsadida Mingbuloq tumanidagi 8-maktabga bordim. Maktab direktori Urishov Dilshodbek Hoshimjonovich bilan uchrashdim. Shundan so'ng O'IBDO' Axtayeva Rvzaxon ustoz va MMIBDO' Turdiyeva Muborak ustoz lar menga 8-maktab jamosaini va maktab tartib qoidalarini tushuntirishdi. Fizika fani o'qituvchisi Rizqulova Dilfuza ustozga biriktirildim. Rizqulova Dilfuza ustoz amaliyotning tartib qoidalari maqsadi vasifalari amaliyot davomida yuritiladigan me'yoriy hujjatlar to'g'risida ma'lumot berdilar. Shundan so'ng o'zimga biriktirilgan 10-sinfga kirdim. Sinfda 11 ta o'quvchi bo'lib, sinf xonadagi jihozlar, sinf burchagi dars jadvali bilan tanishdim. Sinf rahbari ertadan o'z faoliyatimni boshlashim mumkinligini aytdi. Pedagogik amaliyotim davomida o`quv hamda ma’naviy-marifiy ishlar bilan tanishDim va o'rgandim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim. Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim. Ped amaliyot raxbarimdan Ish reja tuzish tartibini o`rgatdi (30.05.2023-y) ga qadar qaysi mavzular o`tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, I-chorak oxiri o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning rejasini ko’rsatdi. Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi. Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usiliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan. Dars o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.Xozirgacha 9-va 10- sinflarda dars o’tdim. Dars jarayonida turli hil metodlardan foydalandim. 14-noyabrdan 31-dekabrgacha boʻlgan muddat oraligʻida 4+2 dasturi yakunlanib, to’la qonli pedagogik amaliyotga chiqamiz. Amaliyotchi : Z.Muhammadjonova Amaliyot raxbari: N.B.Xolboyeva Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling