Termiz davlat universiteti fakultet : tabiiy fanlar


Burgalar tuzulishi va rivojlanishi


Download 1.14 Mb.
bet3/4
Sana17.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1026595
1   2   3   4
Bog'liq
Bo\'riyeva Shoxista

Burgalar tuzulishi va rivojlanishi

  • Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDXda 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to’liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz xasharotlar bo’lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu jumladan odamda) qon so’rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan.
  • Burgalar mayda ektoparazit bo’lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo’lib, to’q sariqdan to jigarranggacha bo’lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo’ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo’ladi. Tukchalar burgaga xo’jayinning jun va patlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratad
  • Burgalarning ko’zlari va sanchib-so’ruvchi og’iz apparati boshida joylashadi. Og’iz apparati quyidagicha tuzilgan: bir juft pastki jag’lar uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo’lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so’lak bezlari nayi va bir juft kalta pastki jag’ paypaslagichlari joylashgan. YUqori labi o’zgarib, toq sanchuvchi ignani xosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo’lsa-da, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo’lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada sanchuvchi apparat qanotlari g’ilofini xosil qiladi
  • Ko’krak qismida uch juft oyoqlari bo’lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. qorin qismi 10 ta bo’g’imdan tashkil topgan bo’lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. qorin segmentlarining 2 yonida stigmalar ko’rinadi
  • Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin bo’limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo’ladi, shu joyda murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg’ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug’ qabul qiluvchi pufakcha ko’rinishida tuzilgan. Urg’ochi burga hayoti davomida 400-500 tacha tuxum qo’yadi, bir qo’yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo’lgan joylarga, ya’ni pol 95 tirqishlariga, to’shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo’yadi. Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa harorat va namlikka bog’liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo’lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o’xshash bo’ladi

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling