Termiz davlat universiteti fakultet : tabiiy fanlar

Qandalalar turkumi tuzulishi va rivojlanishi

Download 1.14 Mb.
bet4/4
Sana17.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1026595
1   2   3   4
Bog'liq
Bo\'riyeva Shoxista

Qandalalar turkumi tuzulishi va rivojlanishi

  • Qandalalar (Hemiptera) turkumiga 40 mingga yaqin tur kiradi. Ular orasida o’simlik zararkunandalari bilan bir qatorda yirtqich va parazit turlari ham uchraydi. 100 dan ortiq turlari qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi. SHularning ichida to’shak qandalasi (Cimex lectulazius) muhim o’rin tutadi.
  • To’shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, er yuzida keng tarqalgan. Uning kattaligi 4,5-8,4 mm keladi. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari yuruvchi tipda bo’lib, tez harakatlanadi. 1 minutda 1 metr masofani bosib o’tadi. To’shak qandalasining ham tanasi 3 qismdan, ya’ni bosh, ko’krak va qorin bo’limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida bir juft mo’ylov, bir juft ko’z va sanchibso’ruvchi og’iz apparati joylashgan. Ko’krak qismi 3 ta bo’g’imdan iborat. Har bir bo’g’imdan bir juftdan oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan bargga o’xshaydi. Ularda xid bilish organi yaxshi rivojlangan. qandalalar uzoq masofada turib o’z xo’jayinining xidini sezadi.
  • To’shak qandalasi, asosan, tunda hayot kechiradi, kunduzi esa devorlarning, pollarning yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, uy-ro’zg’or buyumlarining ostida yashirinib yotadi. Uzoq vaqt och qolgan qandalalargina kunduzi yoki sun’iy yorug’lik paytida odamga xujum qilishi mumkin. qon so’rish paytida terini teshishi va suyuqlik yuborishi tufayli qattiq og’riq paydo bo’ladi. Ularning ommaviy xolda urchishidan odamlar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin.
  • To’shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo’yadi. Bitta urg’ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha yuzlab tuxum qo’yadi. Tuxumdagi embrionning rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog’liq 35-37oS da 4-6 kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar tashqi muhit harorati Q10oS gacha bo’lsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6 oS dan past bo’lsa, ular 1,5 oygina tirik saqalanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 5 marta po’st tashlab, imagoga aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar bir marta qon so’radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga etgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling