Termiz davlat universiteti Fakultet: tabiiy fanlar Yo’nalish: biologiya Gurux: 120
Download 243.66 Kb.
|
Bo\'riyeva Shoxista 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri osti bo‘kalari fflvpodermatidae)
Qon so‘ruvchi pashshalar (Hvppoboscidae) oilasi vakillarining tuzilishi hayvonlar juni va pat qoplami orasida-harakatlanishga moslashgan. Tanasi yassi va keng, qanotlari tanasiga tig‘iz tegib turadi, oyoq timoqlari o‘tkir. Ayrim turlarida qanotlari reduksiyaga uchragan. Ular uzun xartumi bilan sutemizuvchilar va qush- lar qonini so‘radi. Ayniqsa, qo‘y pashshasi, ot pashshasi, it pashshasi ko‘pchilikka ma’lum.Qo‘y pashshasi hayvonlar qonining kamayib ketishiga, terisining yallig‘lanishi- ga va junlarining to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Pashshalarga qarshi kurashish uchun, avvalo, ular ko‘payadigan joylardagi li- chinkalami to‘liq yo‘qotish, kir o‘ralari, hojatxonalar va axlatxonalami tez-tez to- zalab turish lozimQuruq axlatni yoqib tashlash kerak. Chiqindilami kompostlash yoki dezinfeksiyalovchi moddalar bilan zararsizlantirish lozim. Ochiq tipdagi ho- jatxonalarda axlat ustiga so‘ndirilmagan ohak yoki xlorli ohak sepib turish zarur. Voyaga yetgan pashshalami qirish uchun binolarga insektitsidlar bilan ishlov be- rish lozim. Pashshalar yopishqoq qog‘oz va pashsha tutqichlar bilan tutiladi. Ja- moat ovqatlanadigan korxonalarda, oziq-ovqat omborlarida, kasalxona va yotoq- xonalarda pashshani batamom qirib tashlash zarur. Buning uchun ularga qarshi turli insektitsidlar: xlorofos, geksoxloran va boshqa dorilar qo‘llaniladi. Bino va oziq- ovqat mahsulotlarini pashshadan saqlash kerak. Yoz vaqtlarida derazalarga doka, simor tutish, ovqatlaming va idishlaming ustini yopib qo‘yish lozim.Bo‘kalar ham kaltamo‘ylov doira chokli ikki qanotlilar kenja turkumiga kiradi. Bo‘kalaming quyidagi 3 ta oilasi bor: oshqozon bo‘kalari, teri osti bo‘kalari va burun-halqum bo‘kalari.Bo‘kalar lichinkalik davrida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan hasharotlaming og‘iz organlari reduksiyaga uchragan, oziqlanmaydi. Shuning uchun ular uzoq yashamaydi. Ularning lichinkalari chorva mollarida va yowoyi hayvonlarda parazit lik qiladi.Teri osti bo‘kalari fflvpodermatidae) oilasi vakillarining urg‘ochilari tuxum larini hayvonlar juniga qo‘yadi. Lichinkalari teri ostida parazitlik qiladi. Qoramol bo‘kasi (Hvpoderma hovis) Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda keng tarqalgan. Teri bo‘kasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz kasalligini pay do qiladi. Gipodermatoz 0 ‘zbekistonda ham keng tarqalgan boiib, chorvachilik xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik oqibatida hayvon terisining sifati pasayadi, go‘sht, sut va boshqa mahsulotlaming miqdori kamayib ketadi. Teri bo‘kasining tanasi sariq va qora tuklar bilan qoplangan, uzunligi 4 mm dan 16 mm gacha boradi. Bosh qismida ko‘zlari, 1 juft mo‘ylovi va og‘zi joylashgan. Ko‘krak qismida 1 juft qanotlari bor. Oyoqlarining uchi timoqlar bilan tugaydi. Gipodermatoz kasalligini uning lichinkasi keltirib chiqaradi. Teri bo‘kasi yil davomida 1 marta avlod beradi. Havo isib ketishi bilan bo‘kalar paydo boiadi va urugiangan urg‘ochilari qoramollarning orqa oyoqlari va qorin junlariga tuxum qo‘yadi. Download 243.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling