Termiz davlat universiteti filologiya o’zbek tili yo’nalishi 521-guruh talabasi yarasheva mashhuraning tayyorlagan taqdimoti
Download 0.96 Mb.
|
yarasheva 1-taqdimot — копия
Munojot (3-bob)da Alisher Navoiy insonning yo’qlikdagi holati, dunyoga kelishi, go’dakligi, hayoti to’g’risida bayon qiladi. “Lavhi mahfuz” (kishilarning yaxshi va yomon amallari, taqdiri azaldan bitib qo’yilgan taxta) haqida fikr yuritar ekan, inson azaliy qismat ijrochisi ekan, bunga uni gunohkor qilishni qanday izohlash mumkin degan fikrlarni aytadi: Va gar ul lavh uza bo’lsa muharrar, Azal taqsimidin bo’ldi muqarrar. Ne dersen bas bu jam’i benavog’a, Gunohe qilmayin qolg’on balog’a? Keyingi baytlardayoq Navoiy bu fikrlarni behuda da’vo deb hisoblab, ruju’ san’ati vositasida bu da’voni inkor qiladi va Allohdan unga marhamat qilishini so’raydi: Junundin so’zga bir dam bo’lmay ogoh, Gar ortuq so’z dedim, astag’firulloh. Ilohiy, boqmag’il majnunlug’umg’a, Karamdin chora qil mahzunlug’umg’a.Dostonning to’rtinchi bobi Muhammad payg’ambar (s.a.v) madhiga bag’ishlangan. Bob payg’ambarning muborak chehrasi tavsifi bilan boshlanib, uning o’qish va yozish bilan shug’ullanmaganligi ajoyib badiiy san’atlar vositasida bayon qilib beriladi. Xususan, qalam payg’ambar unga mayl ko’rsatmaganidan, ya’ni uni qo’lida tutmaganligidan keyin yoqasini chok qilib, ko’z yoshlarini to’kib, afg’on qilganligi, uning qo’lini o’payin deb qancha og’zini ochmasin, uning orzusi amalga oshmaganligi husni ta’lil san’ati asosida keltirilganligini ko’ramiz: Necha choki giribon qildi xoma, To’kub ashkini afg’on qildi xoma. Ochib og’zin qilay deb dastbo’si, Muyassar bo’lmayin bu orzusi. Bobda “insonlar payg’ambar belgilab bergan shariat qoidalari asosida yashasalargina, haqiqiy saodatga erishadilar” degan g’oya ilgari suriladi. 5-bob me’roj tuni ta’rifiga bag’ishlangan bo’lib, payg’ambarning Buroq oti yordamida Alloh huzuriga yo’l olishi tasviri beriladi. Bunda payg’ambarning 12 burj va 7 sayyoralarni oshib o’tib, Lomakonga ko’tarilganligi, “qoba qavsayn” (ikki yoy oralig’i) darajasida Allohga yaqinlashgani va foniy bo’lganligi haqidagi fikrlar bayon qilinadi. Anga bu surma bo’lg’och qurratul ayn, Nasib o’ldi maqomi “qoba qavsayn”. O’zin gum aylabon, lekin topib haq, Ko’rinmay kimsa haqdin ayru mutlaq. Dostonning 6-bobi qalam ta’rifi hamda ulug’ salaflar Nizomiy va Dehlaviylar madhini o’z ichiga oladi. Navoiy dastlab qalamga ta’rif berar ekan, uni Xusrav Parvezning tez uchar qora oti Shabdezga, qalamni tutuvchi barmoqlarni shu ot ustidagi chavandozga, barmoq bo’g’inlarini chavandozning belbog’iga, tirnoqlarni esa uning yuziga o’xshatadi: Qalamkim, rahnavardi teztakdur, Azaldin manzili favqul falakdur. Magar vahm adhamidur tez raftor, Ne adham, jardai Shabdez raftor. Chiqib ustiga barmoq shahsuvori, Bo’g’un belbog’iyu tirnoq uzori. Hazrat Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma’nolarga to’la asarlarini xazinalarga o’xshatib ta’riflaydi. Xusrav Dehlaviyni u yashagan Hindiston bilan bog’liq holda hindu, to’ti, bulbul, qaqnus, mushk hidli bulutga o’xshatadi. “Xamsa” yozish an’anasini kurash maydoniga o’xshatib, o’zining bugungi kunda nihoyatda mashhur baytlarini yozadi: Emas oson bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasig’a panja urmoq. Tutaykim qildi o’z changini ranja, Nekim urdi aning changiga panja. Kerak sher ollida ham sheri jangi Agar sher o’lmasa, bori palangi. 7-bob “hazrati shayxu-l-islomiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy” madhidadir. Alisher Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni ikkita filga o’xshatgani holda, Jomiyni yuz filga o’xshatadi. So’z o’yini vositasida uni XI-XII asrlarda yashagan mashhur so’fiy Zindapili Jomiyga qiyoslaydi, “fano timsoli”, “jahoni begaron” (cheksiz jahon), “olami kubro” (ulug’ olam) deb ataydi. Bob Jomiy qo’lidan bir jom ichish umidi bilan yakunlanadi: Keturgil, soqiy ul jomi kiromiy Ki, tutsun rindlar sarxayli Jomiy. Chu piri dayr may qildi havola, Icharmen gar erur gardun piyola. Navbatdagi bob dostonning yozilish sababi haqida. Bu bobda shoir dostonni yaratish orzusi paydo bo’lgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga cho’mganligini, ya’ni ko’p mutolaa qilganligini, tinmay o’ylaganligini aytadi. Dostonni yozishga undagan sabablardan biri o’zining muhabbati, bu ishqning alam va iztiroblari ekangligini aytib, u tufayli o’ziga yetishgan azobu uqubatlarni bayon qiladi. Shunda unga g’oyibdan nido kelib, hotif (g’oyibdan oq fotiha beruvchi) uni yangi bir asarni yozishga ilhomlantirganini, keyin Jomiyning oldiga borganida u ham shoirni duo qilib, bu ishda unga oq yo’l tilaganini yozadi. 9-bob asar rejasini tuzib olgani, turli afsonalar, tarixiy manbalarni ko’rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatib, o’z g’oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayonidadir. Bunda Navoiy yozilajak asari yangi bo’lishi lozimligini, avval shu mavzuda yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling