Anga farzona Farhod ism qo’ydi, Hurufi ma’xazin besh qism qo’ydi.
Firoqu rashku hajru oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard.
Doston xotimasi ikki bob (53-54) dan iborat bo’lib, 53-bob Sulton Husayn Boyqaroning o’g’li shahzoda Abulfavoris Shohg’arib Mirzo madhi va unga bag’ishlangan bir necha nasihatni o’z ichiga oladi. Navoiy Shohg’arib Mirzoga kamolotga erishish yo’llari haqida gapirar ekan, shahzodaga Iskandar Zulqarnayn, Mirzo Ulug’bek kabi hukmdorlarni ibrat qilib ko’rsatadi. Eng muhim ilmlar sifatida fiqh, hadis va tafsirni egallash zarurligini uqtiradi, shuningdek tibbiyot va hikmat ilmini ham o’rganishni tavsiya etadi:
Shah uldurkim shiori ilmi dindur, Nedinkim ilmi din ilm ul-yaqindur…
Bu din ilmiki xomam qildi tahrir, Erur fiqhu hadisu so’ngra tafsir…
Valekin tibbu hikmat ham erur xo’b Ki, sihhatdur kishi jismida matlub.
Yakuniy bobda Navoiy Farhod timsolini o’z zamonasidagi barcha shahzodalarga ibrat hamda o’rnak qilib ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |