Termiz davlat universiteti fizika – matematika fakulteti matematika ta’lim yo’nalish 2-kurs
Download 6.8 Kb.
|
M ISHI MEXANIKA 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- Planetalar harakati
- Nyuton — Xalqaro birliklar tizimi SI da kuch va ogʻirlik oʻlchov birligi: N bilan belgilanadi. 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish bera oladigan kuchga teng. Isaak Nyuton sharafiga qoʻyilgan.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETIFIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETIMATEMATIKA TA’LIM YO’NALISH 2-KURS205-GURUH TALABASI MENGQOBILOVAZARINANING NAZARIY MEXANIKAFANIDAN TAYORLAGAN 8-MUTAQIL ISHI.Mavzu: Planetalar harakati. Butun olam tortishish qonuni. Chegaralangan ikki jism masalasi.Reja:1. Planetalar harakati2. Butun olam tortishish qonuniPlanetalar harakatiQuyosh tizmi, Quyosh sistemasi – Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari (Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kome-talar, kosmik changlar) majmui. Quyosh tizimi chegarasining koʻrinma oʻlchami Pluton orbitasi (taxminan 40 a.b., q. Astronomik birlik) bilan aniqlansada, ammo uning haqiqiy chegarasi eng yaqin yulduzgacha (230 ming a.b. Gacha) boʻlishi mumkin.Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism Quyoshdir. Sayyoralar, asosan, ichki (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn, Uran va Neptun) guruhlarga boʻlinadi va ular oʻz xususiyatlari bilan bir-birlaridan tubdan farq qiladi. Ichki sayyoralarning oʻrtacha zichliklari 4,0—5,6 g/sm³, tashqi gigant sayyoralarniki 0,7—2,3 g/sm³boʻlishi ularning boshqa-boshqa moddalardan tashkil topganligini bildiradi. Venera, Mars, Merkuriy va Yupiter atmosferalari tekshirilganda ichki sayyoralar atmosferalari tashqilari-nikiga qaraganda ancha siyrak ekanligi maʼlum boʻldi.Planetalar harakatiOptik kuzatishlar yordamida koʻrinmaydigan son-sanoqsiz meteor jismlar va kosmik chang (sayyorlararo materiya) Quyosh tizimi fazosining hamma joyida mavjud. Ular ham sayyoralar kabi Quyosh atrofida aylanadi. Kosmik changlarga gravitatsiya kuchlari taʼsiridan tashqari Quyosh radiatsiyasining bosimi, shuningdek elektr zaryadlangan zarralar harakatiga Quyosh va sayyoralarning magnit maydonlari ham taʼsir etadi.Quyosh tizimi Galaktika markazi atrofida ayla-naga yaqin orbita boʻylab 250 km/sek tezlik bilan aylanadi, uning aylanish davri 200 mln. Yil. Quyosh tizimining kelib chiqishi haqidagi masala hozirgi zamon tabiat-shunosligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi (qarang Kosmogoniya).Quyosh sistemasidagi deyarli barcha jismlar uchun baʼzi umumiy qonuniyatlar oʻrinli: barcha sayyoralar Quyosh atrofidan ekliptikaga yaqin tekislikda bir tomonga (olamning shimoliy qutbidan qaralganda soat mili harakatiga tes-kari tomonga) harakatlanib aylanadi (bu toʻgʻri harakat deyiladi). Venera va Urandan boshqa barcha sayyoralar oʻz oʻqlari atrofida toʻgʻri harakat qiladi.Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning oʻzaro tortishishi toʻgʻrisidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari m1 va m2 boʻlgan va bir-biridan r masofada turgan moddiy zarralarning oʻzaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: F=Gm1m2/r²; bunda: G — gravitatsion doimiy va G = 6.67*10^(-11) (N*m^2)/kg^2 = (1/1.5) * 10^(-10)(N*m^2/kg^2). Moddiy zarralar deganda oʻlchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning oʻzaro tortishish kuchini aniqlash (oʻlchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi oʻzaro ta’sir kuchlarining geometrik yigʻindisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi oʻzaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim).Gravitatsion doimiy – Nyutonning butun olam tortishish qonunini ifodalovchi formula F = G’22dagi proporsionallik koeffitsiyenta G; bu yerda F — bir-biridan g masofadagi m massali jism bilan m2 massali jismlar orasidagi oʻzaro tortishish kuchi, G = 6,6720(47) • 10-” N • m2 kg~2 (1980). G.d. Bir-biridan 1 m masofada joylashgan, massalari 1 kg dan boʻlgan ikki jism orasidagi oʻzaro tortishish kuchiga son jihatidan teng kattalik.Nyuton — Xalqaro birliklar tizimi SI da kuch va ogʻirlik oʻlchov birligi: N bilan belgilanadi. 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish bera oladigan kuchga teng. Isaak Nyuton sharafiga qoʻyilgan.Nyuton jismlar harakatining qonunlarini kashf etdi. 1667 yil Issak Nyuton tabiatdagi barcha jismlar orasida o‘zaro tortishish kuchi bor degan xulosaga keldi. U jismlar o‘rtasida yuzaga keladigan tortishish tabiatidagi kuchlarni butun olam tortishish kuchi yoki gravitatsion kuchi deb atadi. Gravitatsion kuchlar har qanday jismlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi.Gravitatsiya hodisasi butun dunyo tortishish qonunidir. Ikki jism bir-biriga ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proportsional va ularning massalari ko’paytmasiga to’g’ridan-to’g’ri proportsional kuch bilan ta’sir qiladi. Matematik jihatdan bu buyuk qonunni formula bilan ifodalashimiz mumkin.Download 6.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling