Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumiy fizika kafedrasi
III. MOLEKULALARNING TEZLIGI VA ENERGIYASI BO’YICHA TAQSIMOTI. MAKSVELL VA BOL’TSMAN QONUNLARI
Download 1.44 Mb.
|
fiz praktiku molekulyar umk
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI VA UNING IDEAL GAZLARGA TADBIQI
III. MOLEKULALARNING TEZLIGI VA ENERGIYASI BO’YICHA TAQSIMOTI. MAKSVELL VA BOL’TSMAN QONUNLARI
Maksvell taqsimoti juda katta tezliklarni inkor etmaydi. Bu xolni gaz molekulalarining to’la kinetik energiyasining cheklanganligi bilan qanday bog’lash mumkin? Dirijabl’ va aerostat mexanizmlarida ko’tarish kuchining yuzaga kelishida farq bormi? Temperatura o’zgarishi bilan Maksvell taqsimotini tasvirlovchi egri chiziq shakli qanday o’zgaradi? Kolbada kolloid eritmasi bor. Temperatura o’zgarishi bilan zarralarning balandlik bo’yicha taqsimoti va zarralar og’irlik markazining joylashishi qanday o’zgaradi? Planetalarda atmosferaning mavjudligi nimaga asoslanadiq Nima uchun oyda atmosfera yo’q? Nima uchun Yer atmosferasida vodorod molekulalari yo’q? Ba’zi gazlar massasi o’zgarmagan holda bir muvozanat holatidan ikkinchi muvozanat holatiga o’tadi. Bunday xollarda gaz molekulalarining tezliklari bo’yicha Maksvell taqsimotida egri chiziq maksimumining joylashishi o’zgaradimi? Dengiz sathidan ko’tarilgan sara havodagi karbonad-angidridning protsent hisobidagi miqdori o’zgaradimi? Muvozanat holatida gaz molekulalarining tezliklari bo’yicha taqsimoti qanday bo’ladi? Qanday tajribalar molekulalarning tezliklari bo’yicha taqsimoti nazariyasi xulosalarini tasdiqlaydi? IV. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI VA UNING IDEAL GAZLARGA TADBIQI Ideal gazning ichki energiyasi deb nimaga aytiladi? U qanday omillar asosida vujudga keladi? Termodinamikada gazning «elementar» ishi qanday aniqlanadi? U qanday parametrlarga bog’liq? Bu funktsional bog’lanishning turli Termodinamik protsesslar (izoxorik, izobarik, adiabatik) uchun analitik ifodasi qanday bo’ladi? Bu protsesslarda gazning ishi grafik ravishda qanday aniqlanadi? Gazning issiqlik sig’imiga, solishtirma issiqlik sig’imiga, molyar issiqlik sig’imiga izoh bering. Ideal gaz issiqlik sig’imi uning holatining o’zgarish protsessiga bog’liqligini ko’rsating. Cp va CV orasida qanday munosabat bor? Bu issiqlik sig’imlarining fizik ma’nosi qanday? Gazning erkinlik darajalari soni deganda nima tushuniladi? Bu son nimaga bog’liq? Bir atomli, ikki atomli, ko’p atomli gazlar uchun u nimaga teng? Termodinamikaning birinchi qonunini yozing. Bu qonun izoxorik, adiabatik, izotermik, izobarik protsesslar uchun qanday ko’rinishlarga ega? Termodinamikaning birinchi qonuni qanday umumiy qonunning ifodasi hisoblanadi? O’zgarmas bosimdagi molyar issiqlik sig’imi o’zgarmas hajmdagi molyar issiqlik sig’imidan qanday fizik kattalikka farq qiladi? R. Mayyer tenglamasini yozing. Gaz doimiysining fizik ma’nosi nimadan iborat? berilgan gaz uchun nisbat, agar gaz molekulalari atomlarga parchalansa o’zgaradimi? berilgan gazning molyar va solishtirma issiqlik sig’imlari bir-biri bilan qanday bog’langanq Cp va CV issiqlik sig’imlarini aniqlash uchun qanday hollarda issiqlik sig’imining klassik nazariyasi tasavvurlaridan foydalanish mumkin? Ideal gaz issiqlik sig’imining qiymati qaysi oraliqlarda yotadi? Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling