Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumiy fizika kafedrasi


II. IDEAL GAZ QONUNLARI. HOLAT TENGLAMASI


Download 1.44 Mb.
bet16/20
Sana19.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1364042
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
fiz praktiku molekulyar umk

II. IDEAL GAZ QONUNLARI. HOLAT TENGLAMASI



  1. Izotermik protsessdagi o’zgarmas massali ideal gazning R1V; V1T; R1T koordinatalaridagi grafigini yasang.

  2. Izobarik protsessidagi o’zgarmas massali ideal gazning R1V; V1T; R1T koordinatalaridagi grafigini yasang. Turli bosimlardagi gaz izobarlari grafiklarida qanday joylashgan?

  3. Izoxorik protsessidagi o’zgarmas massali ideal gazning R1V; V1T; R1T koordinatalaridagi grafigini yasang. Gazning turli hajmdagi izoxorlari qanday joylashgan?

  4. Holat tenglamasi nimani anglatadi?

  5. Gazni qanday sharoitda va qanday farazlar bilan ideal deyish mumkin? O’z hossalari bilan ideal gazga yaqin bo’lgan real gazlardan misol keltiring.

  6. Ixtiyoriy massali gaz uchun holat tenglamasini yozing.

  7. Ideal gaz hajmi va absolyut temperaturasi 2 marta ortganda uning bosimi qanday o’zgaradi?

  8. Nima uchun bir xil bosimda issiq havo sovuq havodan engil bo’ladi?

  9. Havo sharini puflashda undagi havo bosimi va temperaturasi o’zgarmas, shar hajmi esa sezilarli darajada kattalashadi. Bu holni Boyl’-Mariott qonuni bilan tushuntirib bo’ladimi?

  10. Nima uchun qizigan meditsina bankasi tanaga «so’rib o’pishadi»?

  11. Par bilan isitish batareyalari nima uchun pol yaqiniga joylashtiriladi?

  12. Ideal gaz holatini aniqlash uchun qanday parametrlar berilishi kerak?

  13. Qanday gazni ideal deyiladi?

  14. Sistemaning qanday holati «Termodinamik muvozanat» holati deyiladi?

  15. Qanday protsess «kvazistatik protsess» deyiladi?

  16. Nima uchun faqat kvazistatik grafik ravishda tasvirlash mumkin?

  17. Gaz molekulalari kontsentratsiyasi o’zgarmas temperatura ostida 2 martta kamaydi. Bu holda qaysi parametrlar o’zgaradi?


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling