Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumiy fizika kafedrasi


Download 1.44 Mb.
bet19/20
Sana19.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1364042
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
fiz praktiku molekulyar umk

IX. SIRT HODISALARI



  1. Sirt tarangligining fizik ma’nosini tushuntiring.

  2. Tumanni tashkil etgan suv tomchilarining shakli qanday? Javobingizni asoslang.

  3. Nima uchun soqol olishda ishlatiladigan tig’ suv sirtida yotishi mumkin?

  4. Yarmi suv, yarmi simob bilan to’ldirilgan sferik shisha kolba erkin tushmoqda. Suyuqliklar qanday shaklni oladi?

  5. Nima uchun ho’l kulni jun mato bilan artish qiyin-u, ip gazlama bilan artish oson?

  6. Qaynoq suv quyilgan idishga kapillyar naycha tushirilgan. Suv sovishi bilan naychadagi suv satxi o’zgaradimi?

  7. Oddiy ruchka bilan vaznsizlik holatida yozib bo’ladimi?

  8. Yomg’ir yog’ayotgan paytda brezent palatka shiftiga qo’l tekkizilsa, chakka o’ta boshlaydi. Nima uchun?

  9. Nima uchun quruq qum yoyilgan holda, ho’l qum esa zich qatlam holda bo’ladi?

  10. Agar misni tilga tekkizilsa, yopishib qoladi. Nima uchun?

  11. Suvga tuz solindi. Suvning sirt tarangligi qanday o’zgaradi?

  12. Nima uchun shisha idishcha ichidagi suvni tomchilar bilan o’lchash mumkin, simobni esa mumkin emas?

  13. Suyuqlik sirt tarangligi temperaturaga qanday bog’liqligini tushuntiring?

  14. Nima uchun suv jo’mragidan jildirab oqayotgan suv sekin-asta ingichkalashib, oxirida tomchilarga aylanadi?

  15. Kapillyar naycha ichidagi suyuqlik satxi naychani qiyshaytirilganda o’zgaradimi?

  16. Nima uchun tarangligi bo’sh bo’lgan arqon ho’llangandan keyin tarangligi mustahkamlanadi?

  17. Vrachlar, yiringli yaralarni davolashda paxtali tamponlar qo’llaydilar. Uning vazifasi nima?



X. FAZAVIY O’TISHLAR



  1. Moddaning agregat holati va fazasi deganda nima tushuniladi?

  2. Moddaning to’rt fazasi muvozanatda bo’la oladimi?

  3. Bug’ nima? To’yingan bug’-chi? To’yinmagan bug’-chi?

  4. Uchlangan nuqta nima? Kritik nuqta nima?

  5. Suyuq fazada kristall fazaga, suyuq fazadan gaz fazaga (yoki aksincha) uzluksiz o’tish kuzatilishi mumkinmi? Bir fazaning ikki fazaga bo’linishi-chi?

  6. Fazaviy muvozanat, fazoviy o’tish, fazoviy diagramma (yoki muvozanat) egri chizig’i deb nimaga aytiladi?

  7. Suvning fazoviy diagrammasini yozing va tushuntiring.

  8. Moddaning agregat holati molekulalarning o’zaro ta’siri potentsial energiyasiga va molekulalarning xaotik issiqlik harakati o’rtacha kinetik energiyasiga qanday bog’langan?

  9. Modda bir agregat holat chegarasida turli fazalarda bo’la oladimi? Misollarda tushuntiring.

  10. Hammomda ba’zi kranlar namlik bilan qoplanganligini, ba’zilari esa quruqligini kuzatish mumkin. Nima uchun shunday?

  11. Nima uchun qishda tinch ob-havoli kunda qor yog’ayotgan bo’lsa, sezilarli iliqlik aniqlanadi?

  12. Kiyimlarni kuyadan saqlash uchun naftalindan foydalaniladi. Bu yerda naftalinning qaysi xossasidan qo’llaniladi?

  13. Xonadon sohibi mevalarni maxsus yerto’lada sovuqdan asrash maqsadida yerto’laga yog’och idishda suv kiritib quydi. U to’g’ri ish qildimi?

  14. Qaynagan suvdan kuyish yomonmi yoki bug’danmi?

  15. Kuchsiz sovuq shamolsiz havoda, shamolli havodagi kuchsiz sovuqqa qaraganda oson ko’chadi. Buning sababi nimada?

  16. Nima uchun fontanlar jazirama issiqni yengadi?





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling