Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumiy fizika kafedrasi


VI. TSIKLIK PROTSESSLAR, KARNO TSIKLI, TSIKLNING FOYDALI ISH KOEFFITSIENTI. ENTROPIYA. TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI


Download 1.44 Mb.
bet18/20
Sana19.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1364042
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
fiz praktiku molekulyar umk

VI. TSIKLIK PROTSESSLAR, KARNO TSIKLI, TSIKLNING FOYDALI ISH KOEFFITSIENTI. ENTROPIYA. TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI



  1. R-V o’zgaruvchilik diagrammada tsikl egri chizig’i bilan chegaralangan yuzaning fizik ma’nosi qanday?

  2. berilgan tsikl diagrammasi orqali mashina issiqlik mashinasimi yoki sovitish mashinasi ekanligini qanday aniqlash mumkin?

  3. Tsiklning adiabatik uchastkasidagi ishni hisoblash mumkin bo’lishi uchun qaysi parametrlar ma’lum bo’lishi kerak?

  4. Holat parmetrlari nechta va izotermik uchastkadagi ishni bajarish uchun qaysilari berilishi zarur?

  5. Tsiklning izotermik va izoxorik uchastkasida qabul qilingan yoki chiqarilgan issiqlik miqdorini aniqlash uchun qaysi parametrlar berilishi zarur?

  6. Issiqlik mashinasi foydali ish koeffitsientini qaysi kattaliklar yordamida aniqlash mumkin?

  7. Sovitish mashinasining sovitish koeffitsienti qanday aniqlanadi?

  8. Isitgich chiqargan issiqlik miqdori ishchi jismning massasiga bog’liqmi?

  9. Isitgich chiqargan issiqlik miqdori ishchi jismning massasiga bog’liqmi?

  10. Ishchi jism va issiqlik mashinasining bir tsiklda bajargan ishi ishchi jismning massasi va issiqlik sig’imiga bog’liqmi?

  11. Agar ideal issiqlik mashinasida ishchi jism sifatida qo’llaniladigan bir atomli gaz o’rnida xuddi shunday miqdordagi ikki atomli gaz qo’llanilsa nima o’zgaradi?

  12. Balondagi siqilgan gaz siqilgan prujinanikiday potentsial energiya zapasiga ega bo’ladi degan fikr to’g’rimi?

  13. Entropiya funktsiyasining differentsiali S ni qaysi o’zgaruvchilar orqali va qanday yozish mumkin? Termodinamikaning ikkinchi qonunini entropiya orqali yozish mumkinmi?

VII. REAL GAZLAR



  1. Molekulalarning cheklangan o’lchamlari e’tiborga olib hisoblanganda gazning idish devoriga beradigan bosimining miqdori qanday o’zgaradi? Bu o’zgarish gaz zichligiga bog’liqmi?

  2. Molekulalar orasidagi tortishish kuchlarini e’tiborga olib hisoblaganda gazning idish devorlariga beradigan bosimning miqdori qanday o’zgaradi? Bu o’zgarish gaz zichligiga bog’liqmi?

  3. Idishdagi gaz molekulalari orasidagi tortishish kuchlari birdan yo’qolib qolsa, gaz bosimi qanday o’zgargan bo’lardi?

  4. Real gazning ideal gazdan farqi nimada? Qanday sharoitlarda gaz holati Mendeleev-Klapeyron qonuniga bo’ysunmaydi?

  5. Eksperimental ma’lumotlarning katta bosimga ega bo’lgan ideal gaz holati tenglamasi bilan mos kelmasligini va kichik bosimlarda mos kelishini qanday tushuntirish mumkin?

  6. Van-der-Vaal’s tenglamasi qanday yoziladi: a) bir mol’ gaz uchun; b) ixtiyoriy massali gaz uchun?

  7. Van-der-Vaal’s tenglamasidagi tuzatishlarning fizik ma’nosi qanday? Ular qanday hisoblanadi: a) molekulyar-kinetik nazariyaga ko’ra; b) kritik holat parametrlari bilan?

  8. Turli temperaturalar uchun Van-der-Vaal’s izotermalari grafikda qanday joylashganq Van-der-Vaal’s izotermasi qanday ko’rinishga ega bo’ladi: a) kritik temperaturalar kichik temperatura uchun; b) kritik temperatura uchun; v) kritik temperaturadan yuqori temperatura uchun?

  9. Oddiy sharoitda xona ichidagi havoni ideal gaz deb qarash mumkinmi?

  10. Gazlarni, masalan: ammiakni xona temperaturasida suyuq holatga o’tkazish mumkinmi?


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling