Milliy g‘oya negizlari – ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan, xalqning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini ifodalagan milliy ma’naviy meros qadriyatlari hamda dunyo xalqlari tomonidan e’tirof etilgan demokratiyaning umuminsoniy prinsiplar majmuidir.
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyat shakli.
Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo‘lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g‘oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi
Model fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi.
Modernizatsiyalash fran. modernizer-zamonaviy; zamonaviylashtirish, hozirgi davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish.
Okkultizm, fr. occultisme, nem. Okkultismus < lat. occultus – sirli, yashirin, dunyoning yashirin, g‘ayrishuuriy, ilmiy tafakkurga sig‘maydigan, ammo ―tanlangan, ―taqim etilganlargagina nasib etuvchi qudrati haqida notabiiy qarash.
Ommaviy axborot vositalari – keng ko‘lamda axborotni yig‘ish, ishlash va tarqatishni ta’minlovchi ijtimoiy institutlar va kanallar (matbuot, kitob nashriyotlari, matbuot agentliklari, radio, televideniye va
Partitsipatsiya – (ingl) ishtirok etmoq; fuqarolar tomonidan davlat va jamiyat ishlarini boshqarish jarayonida u yoki bu funksiyalarni bajarishini shart qilib qo‘yadigandemokratiyaning modeliga doir nisbat.
Partiya lot. pars (partis)-qism, guruh; qandaydir ijtimoiy qatlam yoki guruhmanfaatlarini ifodalovchi, qandaydir siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi tashkilot.
Plyuralizm lot. pluralis-turlicha, turli tuman; turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlarini ifodalovchi turli tuman ijtimoiy-siyosiy kuchlar mavjud bo‘lgan siyosiy tizim.
Plyuralizm lot. pluralis-turlicha, turli tuman; turli ijtimoiy qatlamlar
Polietnik – ko‘pmillatli, monoetnik – yakka, yagona yoki bir millatli.
Do'stlaringiz bilan baham: |