Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan
-rasm. Gazni fraksiyalash texnologik tizimi
Download 4.47 Mb.
|
Gaz kimyosi majmua-2023
1.29-rasm. Gazni fraksiyalash texnologik tizimi:
xomashyo; II-rektifikatsiyalash tizimidagi barqarorlashtirish kolonnasida ajralgan gaz; III-katalitik reforming tizimidagi barqarorlashtirish kolonnasida ajralgan gaz; IV-propan fraksiyasi; V- izobutan fraksiyasi; VI-butan fraksiyasi; VII- izopentan fraksiyasi; VIII- pentan fraksiyasi; IX-C6 va undan yuqori fraksiyalar; X-quruq gaz; XI- ammiak. Neftni qayta ishlash zavodlarida absorbsion – gazfraksiyalash va kondensatsiya – rektifikatsion gazni fraksiyalarga ajratish tizimlari mavjud. Absorbsion gazfraksiyalash tizimida gaz aralashmasi absorbsiya usulida dastlab yengil va og‘ir fraksiyalarga ajratilib, so‘ngra ular rektifikatsiyalash usulidaaloxida komponentlarga ajratiladi. Ikkinchi usulda esa gaz qisman yoki tula kondensatsiyalanib, so‘ngra rektifikatsiyalash usulida zarur komponentlarga ajratiladi. Mazkur texnologik tizimda kondensatsiya - rektifikatsion usulda gazni fraksiyalash yoritilgan. Ushbu tizimda jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Neftni rektifikatsiyalash tizimida ajralib chiqgan gaz dastlab tozalash qurilmalariga berilib, tozalangan gaz StK-1 kompressor yordamida siqilib XK-1 vaXK-2 kondensator-sovitgichlarda sovitiladi va kondensatsiyalanadi. Kondensat barqarorlashtirish kolonnasidan olinayotgan yengil uchuvchi komponent bilan aralshtiriladi va K-1 kolonnaga beriladi. Kolonna yuqorisidan chiqayotgan metan, etan va kam miqdordagi propan gazlari XK-3 da ammiak yordamida sovutilib qisman qayta kondensatsiyaladi. Kondensat kolonnaga qaytarilib gaz faza aloxida chiqarib olinadi. Kolonna ostida yig‘ilgan suyuqlik esa K-2 depropanizatorga uzatiladi va unda propan fraksiyasi va C 4 va undan yuqori uglevodorodlar aralashmasiga ajratiladi. K-2 kolonnadan suyuq fraksiya K-3 debutanizatorga uzatiladi va unda butan va izobutan aralashmasi gaz holida yengil benzin fraksiyasiesa suyuqlik holida ajratib olinadi. Butan – izobutan aralashmasi K-4 kolonnaga berilib izobutan va butanga ajraladi. Yengil benzin fraksiyasi K-5 kolonnaga berilib, unda rektifikat holida pentanlar aralashmasi, qoldiqda esa C 6 va undan yuqori uglevodorodlarga ajraladi. Download 4.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling