Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Download 4.47 Mb.
bet21/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

Adsorbsion usul
Benzinsizlantirishning adsorbsiyalash usuli C 3H8+ yuqori uglevodorodlar miqdori 50 dan 100 g/m 3 gacha bo‘lgan neft gazlarini qayta ishlashda qo‘llaniladi. U adsorbentlar yuzasiga bug‘lar va gazlarni yutilishiga asoslangan. Adsorbent sifatida odatda aktivlangan ko‘mirdan foydalaniladi. Bunda adsorbent gazdagi og‘ir uglevodorodlar asta– sekinlik bilan to‘yinadi. Yutilgan uglevodorodlarni haydash va adsorbentni qayta tiklash uchun o‘ta qizdirilgan suv bug‘i bilan ishlov beriladi. Adsorbentdan haydalgan suv va uglevodorod bug‘lari aralashmasi sovitiladi va kondensatsiyalanadi hamda olingan beqaror benzin osongina suvdan ajratiladi. Adsorbsiyalash qurilmalari barpo etish xarajatlarining qimmatligi bilan tavsiflanadi (1.28-rasm).
Adsorbsiyalash jarayonlari qo‘llanilishidagi kamchiligi ularning davriy ishlashidir. Gaz xomashyosi separator (chang tutkich) 1 dan o‘tkazilish orqali, tomchilisuyuqliklar va mexanik qo‘shimchalardan tozalangach, quritish vabenzinsizlantirish uchun adsorber 15ga jo‘natiladi. Quritilgan va benzinsizlantirilgan gaz adsorberdan magistral quvuruzatkichga uzatiladi. Bu vaqtda adsorber 16 regeneratsiya va sovish siklida bo‘ladi. Belgilangan davrgacha ishlagan adsorber 15 ni regeneratsiyaga o‘tkazish sovutish sikli tugatilgan adsorber 16 ni desorbsiyadan adsorbsiyaga o‘tkazish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Regeneratsiyalash uchun gaz separator 1 dan keyin rostlash shtutseri 19 gacha olinib, o‘choq 14 ga yo‘naltiriladi. O‘choq 14 da 180 – 200 0S gacha qizdirilgan regeneratsiya gazi desorbsiya sikliga o‘tkazilgan adsorber 15 ga adsorbentni regeneratsiyalash uchun uzatilib, suv bug‘i va suyuq uglevodorodlarga to‘yingan holda sovutkich 17 ga uzatiladi.
1.28-rasm. Gazlarni adsorbsiyalash usulida quritish va benzinsizlantirish qurilmasining texnologik sxemasi
1-separator (chang tutkich); 2–13-klapanlar; 14-qizdiruvchi o‘choq; 15,16- adsorberlar; 17-sovutkich; 18-separator; 19,20-shtutserlar
Sovutish hisobiga separator 18 da regeneratsiya gazidagi hosil bo‘lgan kondensat ajratilib, shtutser 19 orqali umumiy oqimga qaytariladi. Sikl davomiyligi adsorbentdan namlikni to‘liq ajralishni hisobga olgan holda 8, 16 va 24 soatni tashkil etishi mumkin. Sikl yakunida adsorber adsorbsiyaga qayta ulansa, ikkinchisi esa regeneratsiyaga to‘xtatiladi. Adsorbent sifatiga bog‘liq holda uning xizmat davri 3 – 6 yilni tashkil etadi.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling