Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Download 4.47 Mb.
bet17/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

Kompressorlash usuli

Benzinsizlantirishning kompressorlash usuli gazni siqishga asoslangan bo‘lib, 1,0-4,0 MPa bosimgacha siqilgan gaz havoli va suvli sovutkichlarda 20-300C gacha sovitiladi. Bunda gaz tarkibidagi og‘ir uglevrdorodlar va suv bug‘lari kondensatsiyalanadi, so‘ngra separatorlarda ajratiladi (1.21-rasm). Bu usul gazdagi zarur komponentlardan yetarli darajada ajratish imkoni ta`minlamaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o‘tkazish talab etiladi. Ushbu texnologik tizimning yakuniy mahsuloti – tarkibida ko‘p miqdorda gazning quyi molekulyar uglevodorodlari saqlagan beqaror gaz benzini hamda tarkibida anchagina gaz benzining yuqori molekulyar komponentlarini saqlovchi benzinsizlantirilgan gaz bo‘lib hisoblanadi.





1.21-rasm. Gazlarni kompressorlash usulida benzinsizlantirish qurilmasisxemasi
C-1 – qabul qiluvchi-gaz akkumulyatori; C-2 – C-4 – moy
ajratkichlar; C-5 –C-7 – mos holda I, II va III bosqich kompressiyalash separatorlari; E-1 – E-5 – yig‘ish sig‘imlari; E-6 – reflyuks sig‘imi;
GK-1 – GK-3 – mos holda I, II va III bosqich kompressiyalash; X-1 X- 3 – mos holda I, II va III bosqich kompressiyalash sovutkichlari; X-4 – bug‘latilgan benzin sovutkichi; K-1 – bug‘latish kolonnasi; T-1 – issiqlik almashtirgich.
I-kon gazlari; II-gaz benzini; III-bug‘latishga yuboriladigan ifloslangan benzin; IV-bug‘latish kolonnasi qoldig‘i va moy ajratkichdan chiquvchi moy; V- fraksiyalashga yuboriladigan gaz benzini; VI-suv bug‘i; VII-iste‘molga yoki, moyliabsorbsiyaga jo‘natiluvchi gaz; VIII- shamollatish gazlari.
Neft konlarida ajraladigan gaz xomashyosi 0,15-0,5 MPa bosim atrofida yig'ish va tayyorlash blokida jamlnadi. Tayyorlash blokida gaz mexanik qo'shimchalar (qum, chang, korroziya mahsulotlari va ...) dan
tozalanib, suv va gaz kondensatidan ajratiladi. So'ngra, gaz oltingugurtli birikmalar va uglerod oksididantozalanadi. Tozalangan gaz benzinsizlantirishga uzatiladi. yo'ldosh gazlarni qayta ishlashda jahon amaliyotida benzinsizlantirish (C3 va undan yuqori uglevodorodlarni ajratish) ning quyidagi asosiy usullari qo'llaniladi: kompressorlash, absorbsion, adsorbsion, quyi haroratli rektifikatsiyalash vakondensatsiyalash. Gazlarni uch bosqichli kompressorlab benzinsizlantirishda dastlabki gaz aralashmasi mos holda 0,4-0,6; 1,2-1,7; 3,2-5,5 MPa gacha siqiladi (Separatsiyalash pog‘onalaridagi bosim qiymati: 1 – 0,05-0,15 MPa; 2 – 0,3-0,5 MPa; 3 – 3,8-5 MPa). Siqishning har bir bosqichidan so'ng, kondensat C-5–C-7 separatorlarda gazdan ajratiladi. Siqishning birinchi bosqichida ajralgan kondensat asosan C 5 va undan og'ir uglevodorodlardan tarkib topgan. Siqishning ikkinchi bosqichi kondensati propan va butandan, uchinchisi esa propan va undan yengil uglevodorodlardan tarkib topadi. Kondensatlar aralashmasi gazni fraksiyalash qurilmasiga siqilgan gaz esa siqishning uchinchi bosqichidan so'ng iste'molchilargayoki, moyli absorbsiya qurilmasiga jo'natladi.
Odatda kompressorlash usuli benzinsizlantirishning qolgan boshqa uchtausuli bilan uyg'unlashtilgan holda amalga oshiriladi. Moyli absorbsiya yo'ldosh gazlarni benzinsizlantirishning asosiy usuli sanaladi. Bu usul gazning bosimini oshirish va so‘ngra sovutish hisobiga kondensat ajralishiga asoslangan.
Shu sababli, bu usul uglevodorodlarni ajratish chuqurligi pastligi sababli mustaqil holda kamdan-kam vaziyatlarda qo‘llaniladi. Biroq, boshqa usullar bilan uyg‘un holda yetarlicha ko‘p qo‘llaniladi.



Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling