Gazlarning kengayishi – solishtirma hajmining ortishi odatda,
uningbosimi pasayishi bilan vujudga keladi.
Gazlarni kengaytirishning izoentalpiyali va izoentropiyali usullari mavjud.Gazlarni kengaytirish mexanik energiya (turbinalar, pnevmodvigatellar)
olish uchun yoki, bir vaqtning o‘zida energiya va sovuq (detanderlar) olish uchun
amalga oshiriladi.
Quyi haroratli separatsiya – C1-C4, C5+ fraksiyalarni ajratishning bir muncha oddiy tехnolgiyasi hisoblanadi.
a b v
1.15-rasm. QHS elementlari: a-quvur uzatkichni toraytirish, b-
murvat, v-zulfin
Quyi haroratli separatsiya – gazdan suyuq uglеvodorodlarni -10 dan –25oC gacha pasaytirilgan haroratda kondеnsatsiyalash yõli ajratish jarayoni hisoblanadi.
QHS ni qõllashning asosiy sharti – gaz xomshyosining bosimi gazni magistral gaz quvuriga uzatish bosimidan yuqori bõlishi.
Drossel samarasi (effekti) asosan gazlarni chuqur sovutish va suyultirishda qo‘llaniladi.
Gazlarni kompleks tayyorlash qurilmasida sovuq hosil qilishning eng sodausuli, bu – gazlarning izoental‘piyali kengayishi. Bu jarayon drossellash moslamalarini qo‘llab amalga oshiriladi. Bunday tizimlarning afzalligi ularningmetal sig‘imlari kamligi va ishda yuqori ishonchliligidir.
Gazlarni 1 kgk/sm2 ga drossellaganda uning haroratining o‘zgarishi drossel-samarasi yoki, Joul – Tomson koeffitsiyenti deyiladi. Drossel- samarasining differensial va integral ko‘rinishlari mavjud.
Differensial drossel-samarasi gazning bosimning keskin kichik o‘zgarishida haroartining pasayishini ifodalaydi. Amalda samaraning bu turi qo‘llanilmaydi. Gazlarni separatsiyalashda bosim qiymatining muayyan o‘zgarishi bilan boradigan – integral drossel-samarasi qo‘llaniladi. Uning qiymati quyidagicha aniqlanadi.
i
Do'stlaringiz bilan baham: |