Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


-Maruza: Gaz sanoati maxsulotlari tasnifi va ularning sifatiga quyilgan talablar. Uglevodorodli gazlarni fraksiyalash


Download 4.47 Mb.
bet11/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

3-Maruza: Gaz sanoati maxsulotlari tasnifi va ularning sifatiga quyilgan talablar. Uglevodorodli gazlarni fraksiyalash.



  1. Gaz sanoati maxsulotlari tasnifi va ularning sifatiga quyilgan talablar.

  2. Tabiiy gazning tarkibi.

  3. Yo‘ldosh gazlar.

  4. Gaz kondensatlarning tarkibi va ulardan foydalanish.

  5. Uglevodorodli gazlarni fraksiyalash.

Tabiiy gazni konlarda yig‘ish tizimlarini tanlash konlarning turiga, iqlimiy va jo’g’rofiy sharoitlariga, kondagi gaz zaxiralariga, konning maydoni va konfigurasiyasiga, mahsuldor qatlamlarning soni va tavsifnomalariga, quduqlarning ishchi debitiga, quduq usti bosimiga, gazning tarkibiy qismlariga, gaz tarkibidagi zararli qo’shimchalar miqdoriga, kondagi quduqlarning soniga va ularning o’zaro joylashuvi va hamda qabul qilingan gaz tayyorlash usullari va texnologiyalariga qarab belgilanadi (1.12-rasm).


Gaz konlarida gazni yig‘ish va tayyorlash tizimi quyidagi elementlardan tuzilgan: gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi (GDTQ), gazni kompleks tayyorlashqurilmasi (GKTQ) va bosh inshootlardan (BI). Agarda kondan toza gaz qazib olinsa, unda GKTQ da tozalash amalga oshiriladi. GDTQda oldindan qazib olinadigan gazning hajmi o‘lchanadi. Gaz kondensat konlarida GKTQ da har bir quduqdan qazib olinadigan gaz mahsulotining hajmi va qisman ajralib chiqadigan kondensatning namligini o‘lchash orqali amalga oshiriladi.


1.12 -rasm. Gazlarni qayta ishlash jarayoni blok sxemasi


Gaz tarkibidagi namlikni chiqarishda asosan quyidagi uchta texnologik jarayonlar qo‘llaniladi:

  1. past haroratda tozalash (PHT);

  2. absorbsion usulda tozalash (ABT);

  3. adsorbsion usulda tozalash (ADT).

Separatsiya uglevodorodli ashyolarning butun harakati davomidakechadi:

    • Neftning quduq bo‘ylab ko‘tarilishida

    • quvuruzatkichlarda

    • separatorlarda

    • rezervuarlarda

Separatsiyalangan gazning chiqishi gaz separatorlarida, xomashyorezervuarlarida, texnologik qurilmalarda amalga oshiriladi.
Separatsiyalangan gazning chiqadigan har bir punkt separatsiyalashbosqichlari bilan nomlanadi.

Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling