Termiz davlat universiteti «gaz kimyosi» fanidan


Download 4.47 Mb.
bet7/73
Sana28.10.2023
Hajmi4.47 Mb.
#1730580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73
Bog'liq
Gaz kimyosi majmua-2023

Gaz aralashmasi tarkibi. Gaz aralashmasi, shu aralashma komponentlarining og'irlik va molyar kontsentratsiyasi bilan harakterlanadi. Gaz aralashmasi hajmiy tarkibi, molyar tarkibi bilan taxminan teng, shunday ekan 1 kmol gaz hajmi Avagodro qonuni bo'yicha bir xil fizik sharoitda bir xil songa teng, ya'ni 0,1013 MPa va 273K da 22,414 m3 ga teng.
Tabiiy gaz aralashmasining molеkulyar massasi 𝑀 𝑎𝑟 aniq bo‘lsa, uning zichligi,
ifodasi orqali topiladi.


Aralashmaning nisbiy zichligi esa,
ifodasi orqali topiladi.
Gaz aralashmasiga harakteristika berishimiz uchun uning o'rtacha molekulyar og‘irligini, o'rtacha zichligini (kg/m3 da) va havoga nisbatan zichligini bilishimiz kerak.
Agar aralashmaning molyar tarkibi foizda berilgan bo‘lsa, unda o'rtacha molekulyar og'irligi quyidagicha aniqlanadi:


Bu yerda: 𝑦1,𝑦 2, …𝑦𝑛 – aralashmadagi komponentlarning miqdori, molyar (hajmiy)ulushi.
𝑀1,𝑀 2, …𝑀𝑛 - komponentlarning molekulyar og'irligi. Agar aralashma og'irlik tarkibi berilgan bo'lsa, unda o'rtacha molekulyarog'irligi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:



Gazlarning qovushqoqligi uning zichligiga, molеkulalarning o‘rtacha tеzligi va erkin harakatlanish masofasiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: V - gaz molеkulalarining o‘rtacha tеzligi;
lambda - molеkulalarning o‘rtacha erkin harakatlanish masofasi,
Gazning qovushqoqligi haroratga va bosimga bevosita bog‘liq bo‘lib, agar bosim oshsa gazning zichligi ham ortadi, molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi esa qisqaradi bundan kelib chiqib molekulalarning o'rtacha harakatlanish tezligi o'zgarmasdan qoladi deyishimiz mumkin. Shunday ekan bosim ortsa, gazning qovushqoqligi boshlang'ich davrda deyarli o'zgarmaydi, keyinchalik esa oshib boradi. Yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan gazlarning (masalan atmosfera bosimi sharoitda) bosimi biroz kichik bo'ladi, harorat ortishi natijasida gazning qovushqoqligi ortib boradi. Tabiiy gazlarning molekulyar og'irligi bilan qovushqoqligi o'rtasidagi bog‘liqlikka shu gazning tarkibida bolgan tajavuzkor gazlarning (masalan, azot, vadorod sulfid, uglerod IV oksidi) miqdori sezilarli darajada ta'sir ko'rsatar ekan. Tabiiy gazning atmosfera bosimi sharoitidagi qovushqoqligini quyidagiifodadan aniqlash mumkin:

bu yerda; - g , Mg- tabiiy gazning atmosfera bosimida va berilgan haroratdagi qovushqoqlik
1 - tabiiy gaz tarkibidagi azotning miqdorining qovushqoqlikka bo'lgantuzatmasi;
2 -tabiiy gaz tarkibidagi vadorod sulfid miqdorining qovushqoqlikkabo'lgan tuzatmasi,
3-tabiiy gaz tarkibidagi uglerod IV oksidining miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi.
Qovushqoqlikning harorat va bosimga bеvosita bog‘liqligini mеtan gazi
misoli tariqasida 1.2- rasmda kеltirilgan.

Qovushqoqlik m, mPa 0C.



Harorat, 0C.
1.8-rasm. Mеtan gazining qovushqoqligini bosim va haroratga bog‘liqligi
Kеltirilgan 1.8-rasmdan ko‘rinib turibdiki, agar gazning boshlang‘ich bosimi Yuqori bo‘lsa (8 MPa dan Yuqori), haroratining oshishi qovushqoqlikningpasayishiga va boshlang‘ich bosim past bo‘lganda haroratni oshishi, qovushqoqlikni ham ortib borishiga olib kеlar ekan. Ba‘zi bir gazlarning haroratioshishi bilan qovushqoqligining o‘zgarishi 1.9-rasmda kеltirilgan. Shuni ham aytish kerakki, yuqori molеkulyar massaga ega bo‘lgan gazlarning (atmosfera bosimi sharoitida) boshlangich qovushqokligi biroz kichik bo‘ladi, harorat oshishi esa qovushqoqlikning ortib borishiga olib kеladi.

Qovushqoqlik m, mPa 0C






Harorat, 0C


Download 4.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling