12-maruza. Propan va butanni degidrirlash. Propilenni olish usullari
Propilen etilen va butilen bilan bir qatorda zamonaviy neftkimyo sanoatiningmuhim xom ashyo turiga tegishli birikma hisoblanadi.
Propilen asosidagi sintezning turlichaligi ushbu mahsulotning ishlab chiqish hajmini ortishiga sabab bo‘ldi. Propilenni sanoat ishlab chiqarish uchun xom ashyo manbai bo‘lib, neftni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek tabiiy uglevodorod gazlari ham xom ashyo manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Propilenni turli usullar yordamida olish mumkin:
tarkibida olefin bo‘lgan neftni qayta ishlash gazlarini ajratish bilan;
neftni qayta ishlash gazlari tarkibidagi etan va propanni pirolizi bilan;
v) tabiiy gazdan ajratilgan yuqori alkanlar va etan pirolizidan;
suyuq uglevodorodlarni pirolizidan.
Bundan tashqari propilen quyidagi usullar bilan ham olinadi:
Asosiy sanoat usuli tabiiy gazning etan-propan fraksiyasi aralashmasining yuqori haroratda va katalizator ishtirokida krekinglash bilan, aniqrog‘i kerosindanpiroliz yo‘li bilan olinadi:
𝐶𝑟2𝑂3, 700−900℃
𝐶𝐻3 − 𝐶𝐻2 − 𝐶𝐻3 𝐶𝐻2 =𝐶𝐻 − 𝐶𝐻 3 + 𝐻2
Ushbu usul bilan 20-24 % propilen olinadi. Uning tarkibida kam miqdorda bo‘lsa ham etilen, butilen, propan, metan va boshqa gazlar aralashmasi bo‘ladi. Ular propilenning polimerlanish jarayoniga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham propilenni polimerlashdan oldin maxsus apparatlarda tozalanadi.
Katalitik degidratlash orqali:
a) Propil spirtni sulfat kislota ishtirokida katalitik degidratlash:
Propilen olishning muqobil usullari
Katalitik kreking qurilmalarida olinadigan propan-propilen fraksiyaalkilbenzin olish uchun alkillash jarayonida qisman qo‘llaniladi.
Izobutanni propilen bilan alkillash va propilendan dimetilpentanlarni olish krekingning maqsadli mahsuloti alkilbenzinni ishlab chiqarishni oshirish maqsadida o‘tkazishadi. Bunda propan-propilen fraksiyani qo‘llab olingan benzin sifati butil xomashyosidan olinadigan alkilbenzin sifatidan past bo‘ladi. Katalitik kreking qurilmalaridan olinadigan propilen chiqishi quyidagi faktorlarga bog‘liq:
-reaktor turi
-xom ashyo turi
-katalizator turi
-yuklash quvvati sathi
-gazoyl ishlab chiqarish hajmi
-yoqilg‘i ishlab chiqarish jarayonining boshqalarida propilen qo‘llash hajmi (alkillash). Propilenni katta miqdorda chiqishi katalitik krekingning yangi turlariniya‘ni chuqur katalitik krekingni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |