Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
Download 421.5 Kb.
|
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adir hayvonlari.
- Tog` hayvonlari.
To’qay hayvonlari. Bu hayvonlar asosan Amudaryo, Sirdaryo, Ili, Chu, Sarisuv, Atrek daryolarining qayirlarida ko’p. To’qaylar uchun xos bo’lgan va eng ko’p uchraydigan hayvonlarga to’ng`iz, to’qay mushugi, bo’rsiq, bo’ri, quyon, suv kalamushlarini ko’rsatish mumkin.
Parrandalardan o’rdak, g`oz, loyxo’rak, baliqchi, qorabuzov, flamingo, birqozon, qirg`ovul va boshqalar. Adir hayvonlari. Chol`ga xos bo`lgan ba`zi turlar ham keng tarqalgan, bulardan cho`l toshbaqasi, dumaloqbosh kaltakesak, qo`shoyoq, sug`ur, sariq va malla yumronqoziq, echkemar, sariq ilion va b. Sut emizuvchilardan tulki, bo`ri, bo`rsiq, quyon, sassiqko`zan, olaxurjun, turkiston kalamushi kabilar yashaydi. Bulardan tashqari jayra, ko`rsichqon, turkiston agamasi, chipor ilon, ko`lvor ilon, qora ilon, turkiston kobrasi, shalpangquloq kirpi uchraydi. Bobotog`ning 600-900 m. balandliklarida tor daralarda qoplonlar yashaydi. Qushlardan burgut, chil, kaklik, miqqiy, bedana, ko`kqarg`a, soch, ukki, dala chumchug`I, tuvaloq, qirg`iy, qironqara, boltayutar, ilon, burgut, itolg`I, so`fito`rg`ay, boyo`g`li kabilar hisoblanadi. Tog` hayvonlari. Tog` mintaqasida haroratning pastligi tufayli sudralib yuruvchilar kam. Onda-sona oloy tog` iloni, himolay agamasi, turkiston agamasi, shuningdek kulrang olaxurjun, kichik qo`shoyoq, shalpangquloq kirpi kabilar uchraydi. Kemiruvchilardan o`rmon sichqoni, oq sichqon, turkiston kalamushi, shuningdek g`orlarda toshloq yerlarda oq suvsar, bargli o`rmon va archazorlarda tog` suvsari, qunduz, o`rmon olmaxoni, o`rmon sonyasi yashaydi. Yovvoyi cho`chqa, qo`ng`ir ayiq, qoyali yerlarda jayra, g`orlarda ko`rshapalak, Ko`hitang va Kopetdog`da sirtlon, G`arbiy Tyanshan, Oloy va Pomir tog`larida silovsin, qizil va ko`k sug`ur, Oloy va Pomirda morxo`r, Buxoro qo`yi uchraydi. Tog` mintaqasida yana arxar, manul,qoplon, yovvoyi qo`y-olqar, burama shoxli to`g echkisi, bo`ri, tulki, bo`rsiq, quyon, qushlardan burgut, yapaloqqush, tasqara, itolg`I, qumri, kaklik, zarg`aldoq, boltatumshuq, bulbul, tog` chumchug`I, daryolarida qunduz, filburun baliq, mo`ylov baliq, qilquyruq, qorabaliq, amudaryo fareli, oddiy cho`rtan, Turkiston laqqachasi uchraydi. Yaylov hayvonlari. Bu mintaqada sudraliib yuruvchilardan chinqiroq ilon, oloy tog` iloni, himolay agamasi, ko`k qurbaqa uchraydi. Kemiruvchilardan qizil, ko`k Oltoy va Menzbir sug`uri, oq suvsar yashaydi. Yirik sut emizuvchilardan qo`ng`ir ayiq, ilvirs, tog takasi, Markaziy Osiyo kiyigi, arxar, muflon, qor qoploni, bo`ri, tulki; qushlardan himolay kurkasi, boltayutar, tog` zog`chasi, himolay qora kurkasi, tog` to`rgayi, hind tog` g`ozi yashaydi. Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling