Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet8/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

Kaspiy havzasiga katta va kichik Uzen, Sagiz, Atrek kabi daryolar kiradi. Atrek daryosi Eron hududidan Kopetdog`ning janubiy yonbag`ridan boshlanuvchi Sebaza va Zirov daryolarining qo`shilishidan vujudga kelib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Daryoning uzunligi 635 km ni tashkil qiladi. Atrek daryosi eng loyqa daryo hisoblanib, har kub/metr suvida 22 kg ga yetadi.

  • Orol havzasiga Amudaryo, Sirdayo, Zarafshon, Qashqadaryo, Talas, Chu, Sarisuv, To`rg`ay kabi daryolar kiradi.

    Amudaryo Hindiqush tog`larining shimoliy yonbag`ridan Vrevskiy muzligidan Vahjir nomi bilan boshlanadi. Vaxandaryo va Pomir daryosi bilan qo`shilib Panj nomini oladi. Panj daryosi Vaxsh daryosi bilan birlashgach Amudaryo nomini oladi. Amudaryoning uzunligi 2540 km, to`in davri iyun-avgust oylariga to`g`ri keladi.

    Qashqadaryo Hisor tizmasining g`arbiy qismidagi Tog`tosh dovoni yaqinidan Tara va Qoraqulja soylarining qo`shilishidan boshlanib, Muborak shahriga 10 km yetmasdan qurib qoladi. Shu masofada uning umumiy uzunligi 332 km, Yakkabog`, Oqsuv, Tanxoz irmoqlari kelib qo`shiladi.

    Sirdaryo Oqshiroq tog`idan boshlanuvchi Norin va Oloy tog`idan boshlanuvchi Qoradaryoning qo`shilishidan hosil bo`lgan, umumiy uzunligi 3019 km. Asosiy irmoqlari Ohangaron, Chirchiq, Keles, Aris. Sirdaryo qor-muz suvlaridan to`yinib, to`lin suv davri may-iyun oylariga, eng kam suvli davri yanvar-fevral oylariga to`g`ri keladi.


    1. Issiqko`l havzasiga Kungay va Terskay Olatovidan boshlanuvchi 50 dan ortiq kata va kichik daryolar kiradi. Bular orasida eng yiriklari Ch`ngoqsuv, juuqa, Jetio`g`uz, Qorako`l, Oqsuv, Turgen-Oqsuv, Jirg`alon, Tup hisoblanadi. Jirg`alon vat up daryolari qor, qor va yomg`ir suvlaridan to`yinadi, boshqalari muz qor suvlaridan to`yinadi. Issiqko`l havzasidagi daryolar tig`li qismida tez oqqanligi tufayli muzlamaydi, tekislik qismida esa muzlaydi.

    2. Turkmaniston berk havzasiga Murg`ob, Tajan hamda Kopetdog` tizmasidan oqib tushadigan 30 ta kichik soylar kiradi. Bu havzadagi eng katta daryolar-Murg`ob va Tajan hisoblanadi. Murg`ob daryosi Bandi turkiston tizmasining janubiy yonbag`ridan boshlanib, sug`orishga sarflanib Qoraqumga singib ktib tugaydi. Daryoning uzunligi 852 km, to`yinish turiga ko`ra qor-yomg`ir suvlaridan to`yinadi. Tajan daryosi Afg`oniston hududidagi Safedko`h(Paropamiz) va Siyohkuh tog`laridan boshlanadi. Eron hududida Harirud deb ataladi. Turkamniston hududiga kelgach Tajan nomini oladi va Tajan shahridan o`tgach sug`orishga sarflanib, qumlarga shimilib, qurib qoladi. Uzunligi 1124 km, qor-yomg`ir suvlaridan to`yinadi.

    Ko`llar Markaziy Osiyoda notekis taqsimlangan. O`lka ko`llarini ikki kata guruhga ajratish mumkin. Bular tekisliklik va tog` ko`llaridir. Ularning ko`pchiligi o`lkaning tekislik qismida, xususan daryo vodiylarida, deltalarida, Qozog`iston past tog`larida, To`rg`ay botig`ida va sug`oriladigan mintaqalar chetlarida joylashgan.

    Teislikdagi ko`llarning eng yirigi Orol dengizidir. Orol dengizining maydoni 1961 yilda 67.34 ming kv/km, o`rtacha chuqurligi 16.1 m, eng chuqur yeri 69 m, uzunligi 492 km, eng keng joyi 292 km, sho`rligi 9.94 % ni tashkil qilgan edi.

    So`nggi yillarda Orol havzasidagi hududlarda sug`orma dehqonchilik maydoninig kengayishi, suv omborlarining qurilishi, sanoatning rivojlanishi, aholi sonining o`sishi, yangi shahar va qishloqlarning vujudga kelishi, Amudaryo va Sirdaryo suvining ko`plab sarflanishiga sabab bo`ldi. Oqibatda 1961 yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga kam suv keltira boshladi. Natijada 2001 yilga kelib orolning suvi 1961 yildagiga nisbatan 21.19 m pasaygan, suv hajmi esa 161 km3 ga tushib, sho`rligi 60.0 % ga k`otarilgan. Dengiz qirg`og`i ba`zi joylarda 50-150 km chekinib, suvdan bo`shagan yerlar botqoqlashgan sho`rxoklarga aylanib qolgan. Orol suvi yuzasidan hozir yiliga 35 km3 atrofida suv bug`lanib ketmoqda. Orol suv sathini hozirgi yuzada saqlab qolish uchin yiliga 35-39 km3 suv quyilishi kerak. Aks holda yaqin kelajakda Orol suv sthi yanada pasayib, maydoni 20.3 ming km2 ga tushib, 150-155 km3 atrofida suv qoladi, sho`rligi esa 77 %ga ko`tariladi.

    Balxash ko`li Qozog`iston past tog`larining janubida joylashib, maydoni 17.8 ming km2. Yarim oy shaklida g`arbdan sharqqa 605 km ga cho`zilgan. Ko`lning eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 5 km. O`rtacha chuqurligi 6 m, eng chuqur joyi 26.3 m. Ko`lda 100 km3 atrofida suv to`plangan. Ko`l suvining g`arbiy qismi nisbatan chuchuk bo`lib, unga Ili daryosi quyiladi, sho`rligi 1.95g/l. Sharqiy qismi sho`r bo`lib, har litr suvida 5.0 grammgacha tuz bor.

    Balxash ko`liga Ili, Qoratol, Oqsuv, Lepsa, Ayaguz kabi daryolar suv quyadi. So`nggi yillarda Ili daryosi havzasida sug`orma dehqonchilikning rivojlanishi, Qopchig`ay suv omborining qurilishi tufayli ko`lga yil sayin kam oqim kelib, oqibat natijada suv sathi 3 metrga pasayib ketdi.

    Issiqko’l dengiz sathidan 1609 metr balandda joylashgan tektonik ko’l, maydoni 6200 kv. km, eng chuqur joyi 702 metr. Ko’l atrofini Kungay, Terskay Olatovlari o’rab turadi.

    Issiqko’lga 80 dan ortiq daryo va soylar quyiladi, lekin bironta ham daryo oqib chiqmaydi. Issiqko’l suvi sho’r bo’lib ichishga yaramaydi. Baliqchilik mahalliy ahamiyatga ega.

    Sarez ko’li 1911 yil fevralda Pomirning Usoy degan joyida Murg`ob daryosi vodiysiga tog`ning qulashi natijasida vujudga kelgan. Hozir uning uzunligi 100 km.ga yaqin, eni 55 km, chuqurligi 500-600 m. Ko’l dengiz sathidan 3200 metr balandda joylashgan.

    Hisor tog` tizmalarining shimoliy yonbagrida morena to’sishdan hosil bo’lgan, go’zal tabiatli Iskandarko’l mavjud. Uning maydoni 4 km2, chuqurligi 76 metr.

    Markaziy Tyan-Shan g`arbida Sonko’l joylashgan, maydoni 250 km2.

    Markaziy Osiyo Tog`lari va hududning shimoliy qismlarida ko’llar nihoyatda ko’pdir.

    Suv omborlari. O’simliklarni issiq, namga eng chanqoq davrlarida suv bilan muntazam ta'minlash maqsadida Markaziy Osiyoning bir qancha daryolarida sun'iy ko’llar - suv omborlari bunyod etilgan. Bu asosiy suv omborlari quyidagilar: Ili daryosida –Qopchig`ay, Norin daryosida - To’xotag`ul, Chirchiq daryosida - Chorvoq, Ohangaron daryosida - Toshkent, Qoradaryoda - Andijon, Sirdaryoda -Qayroqqum, Chordara, Zarafshon daryosida - Kattaqo’rg`on va Quyimozor, Qashqadaryoda - Chimqo’rg`on, Qarshi kanalida - Talimarjon, Surxondaryoda - Janubiy Surxon, To’polang daryosida - To’polang, Amudaryoda - Tuyamo’yin, Vaxshda - Norak, Qoraqum kanalida -Hovuzxon suv omborlari qurilgan. Suv omborlari ichida eng yiriklari: Qopchig`ay, To’xtag`ul, Tuyamo’yin, Chordara, Qayroqqum, Chorvoq va boshqalar.

    Bu suv omborlari faqatgina yerlarni sug`orish uchungina ishlatilmasdan, ulardan GESlar qurish, daryo suv oqimini tartibga solish, rekreaksiya maqsadlarida ham foydalaniladi.



    Yer osti suvlari. Markaziy Osiyo hududi juda katta yer osti suv boyliklariga ham ega. Iqlimning juda quruq bo’lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yer osti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, ekinlarni sug`orishda, chorva mollarini sug`orishda keng ko’lamda foydalaniladi.

    Markaziy Osiyo hududi tabiiy-geografik va geologik xususiyatiga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladigan 2 ta gidrogeologik kichik o’lka—janubi-sharqiy va sharqiy burmali tog`lar va tekisliklardagi platformali artezian suvlari kichik o’lkalari mavjud.



    Muzliklari: Markaziy Osiyo daryo va ko’llarini suv bilan ta'minlab turuvchi manba tog`lardagi muzliklar, yer osti, yomg`ir va qor suvlaridir. Markaziy Osiyo tog`larida 8000 ga yaqin muzliklar bo`lib, ularning maydoni 18085km2. Tog`lardagi muzliklarning aksariyati Pomir tog` tizmasining g`arbida (Badaxshonda), Taynshanning Xontangri va G`alaba tog` tugunida joylashgan. Tog`larda hozirgi zamon muzliklarining maydoni jihatidan Pomir tog` tizmasi 1-o`rinni egallab, umumiy maydoni 8341 km2 ni tashkil qiladi.

    So`nggi yillarda atmosferaning ifloslanishi, xususan, har xil chang, qurum, kul, tuz bilan ifloslanishi o`z navbatida muzliklarnig erishiga ma`lum darajada ta`sir etib, ularni qisman bo`lsada tezlashtirmoqda.

    Markaziy Osiyo daryolari juda katta gidroenergiyaga ham ega. Daryolarga yirik suv omborlari, gidro elektr stansiyalar ham qurilgan. Bu arzon energiya bilan ta`minlanish va suv rejimini yaxshilashga sabab bo`ladi. Yer ostidan chiqayotgan termik, mineral suvlar shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Ko`l va daryolar bo`yidagi so`lim joylardan dam olish va rekekreatsiya maqsadlarida ham foydalanish yo`lga qo`yilgan.


    Download 421.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling