Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi
Download 421.5 Kb.
|
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi
2. MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi.
Hozirgi vaqtda planetamiz aholisining miloddan oldingi davrdagi etnik holati haqidagi ma'lumotlarni faqat demograflar, arxeologlar, tarixchilar va fanning boshqa sohasidagi mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga tayangan holda haqiqatga ancha yaqin bo’lgan taxminlar bilan belgilanadi. Eramiz boshlariga kelib yer kurrasi aholisi taxminan 150-200 mln.kishiga, eramizning 1000 yiliga kelib qariyb 300 mln.ga yetdi. Bu davrda dunyoning ko’p joyida odamlar butunlay bo’lmagan yoki juda siyrak bo’lgan. Shu paytlarda planetamiz aholisining 2\3 qismi Osiyoda yashar edi. Boysun tumanidagi “Teshik tosh”g`oridan topilgan Neolit davrida yashagan odam suyaklarining topilishi va boshqa ko’plab etnografik, arxeologik qazilmalar Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar yashaganlgini isbotlamoqda. Markaziy Osiyoda hozirgi davrda yashovchi o’zbek, qoraqalpoq, qirІiz, qozoq, turkman, tojik xalqlarining tarixi bir-biri bilan uzviy bog`langan. Ularning ajdodlari - baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar Turkiston va qisman Eronning bir qismi bo’lgan Xuroson hamda Afg`onistonninnHindiqush rayoni hududida istiqomat qilishgan. Bu hududdagi Baqtriya o’rnida keyinchalik Toxariston davlati vujudga kelgan. Tez orada Toxariston Sogdiana davlati bilan qo’shilib, Turkiston hududida yirik Kushan imperiyasiga birlashadi. VII-VIII asrlarda Turkistonga arblar bostirib kiradi df erli xalqqa islom dinini zo`rlab qabul qildiradi. IX asrning oxiri (874yil)da BaІdod xalifaligi yemiriladi. Samonidlar davlati barpo qilinadi. Samanidlar davlati hukmronligi davrida Turkiston hududida 100 yilcha tinchlik hukmron bo’ladi. O’sha davrning alloma olimlari Abu Rayhon Beruniy, fors-tojik poeziyasining asoschisi Rudakiy, o’lmas “Shohnoma” poemasining muallifiG`irdavsiy, tibbiyot ilmining darІasi Abu Ali ibn Sino kabi o’nlab mutafakkirlar yetishib chiqadi va jahon fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. XII asrning o’rtalarida Markaziy Osiyo hududida Saljuqiylar davlati tarkib topadi. XIII asrning boshi (1219-1221 yillar)da Turkistonni Chingizxon boshliq muІullar ishІol qildi. 1370 yilda Turkiston davlatining tepasiga Amir Temurning kelishi feodal urushlarga chek qo’ydi.G`an va madanyat ravnaq topdi, ijodiy kuchlar birlashtirildi, fan olamida dunyoga donІi ketgan buyuk siymolar yetishib chiqdi. Astranomiya, geografiya, tarix, matematika, adabiyot, san'at nihoyat darajada rivojlandi. Mirzo UluІbek, Mir Alisher Navoiy, Zahriddin Bobur o’sha davrning buyuk siymolari edi. Amir Temur hukmronligidan keyin Turkiston zaminida ko’chmanchi xalqlar o’rtasida tez-tezg`alayonlar bo’ldi. 1500-1507 yillarda ko’chmanchi qabilalarning dohiysi Muhammad Shaybonihon butun Turkistonni o’z qo’li ostiga oldi. Shaybonixon avlodlari 1598 yilgacha davlatni boshqardi. So’nra bu hududda Buxoro, Xiva vaQo’qon xonliklari vujudga keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olindi va bu zaminda Turkiston general-gubernatorligi joriy qilindi. 1917-1924 yillarda Turkiston Rossiya tomonidan qayta ishІol qilindi va “O’rta Osiyo” va “ЈozoІizston” deb atala boshlandi. Bugungi Markaziy Osiyoning aholisi etnik kelib chiqishi jihatidan bir xil bo’lgan, asrlar osha (va tinimsiz janglar) mobaynida shakllangan turkiy zabon tilida va unga yaqin bo’lgan tilda gaplashuvchi xalqlardir. Joylashishi. Markaziy Osiyoning mahalliy aholisi qadim-qadimdan daryo, soy bo’ylarida, Tog` yon baІirlarida va vodiylarda yashashadi. Ular faqat so’nggi yillarda cho’llarni o’zlashtirish bilan, yangi-yangi shaharlar barpo qilish bilan yashash geografiyasini kengaytirishdi. Markaziy Osiyoning xo’jalik jihatidan yaxshi o’zlashtirilgan zonalarida, vodiylarida har bir kv.km.ga aholining zichligi 400-500 kishini tashkil qiladi. Dengiz sathidan 1500 metr balandlikkacha bo’lgan zonada ham aholi manzilgohlari ko’p va aholi lalmikor dehqonchilik, meva va uzumchilik bilan shuІullanadi. Undan baland yerlarda aholi manzilgohlari siyrak uchraydi va yaylov chorvachiligi, o’rmon xo’jaligi bilan shuІullanadi. Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling