Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


MOD transport geografiyasiga umumiy ta'rif


Download 421.5 Kb.
bet17/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

3. MOD transport geografiyasiga umumiy ta'rif.

Transport Markaziy Osiyo davlatlari ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi va joylanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyoda hozirgi zamon transportining deyarli barcha turlari - temir yo’l, avtomobil, havo, daryo, quvur va elektron transporti mavjuddir.

Yaqin o’tmishda (sobiq Ittifoq davrida) Markaziy Osiyoda yagona transport tizimi vujudga keltirilmagan edi. Bu esa hududlari yaxlit bo’lgan, xalq xo’jalik tarmoqlari bir-biri bilan uziy bog`lanib ketgan region uchun o’ta zarur edi.

Markaziy Osiyoning transport tarixiga bir nazar tashlaylik.Qadimda u Buyuk ipak yo’li (karvon yo’li)da bo’lgan. ўarbiy Yevropaning Janubiy va Sharqiy Osiyo bilan iqtisodiy aloqasi karvon yo’li orqali bo’lgan. Bu hududdan o’tgan karvon yo’lining shaxobchalari esa qadimiy Turkistondagi hozirgi mustaqil davlatlarni bir-biri bilan bog`lagan. Biroq yaqin o’tmishda bu yo’l unut bo’lgan. Markaziy Osiyo o’zining chegaradosh, qondosh, jondosh, yaqin qo’shnilari Turkiya, Eron, Afg`oniston, Pokiston, Xitoy davlatlari bilan ham faqat markaz (Moskva) orqali aloqa qilar edi xolos.

Endilikda Markaziy Osiyoda yagona transport tizimini vujudga keltirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.Qadimgi Buyuk ipak yo’lini tiklashg`oyasi O’zbekiston hukumatining MOD transport kommunikasiyasini vujudga keltirish sohasida amalga oshirilayotgan qutluІ ishidir. Ushbu turkiy zamin uzra o’tgan mazkur yo’lning (Buyuk ipak yo’li) tiklanishi MODning transport tizimida buyuk o’zgarishlar qiladi.

Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo davlatlari temir yo’l, avtomobil, suv yo’li, havo va quvur transportlari orqali bir-birlari bilan bog`langan. Bu narsa MOD yagona transport tizimini barpo qilish uchun muhim asos. Ushbu omiliy asosdan regiondagi barcha davlatlar keng va unumli foydalanishmoqda.

Shuningdek, Markaziy Osiyoning har bir davlati xorijiy davlatlarga chiqishning o’ziga xos imkonyatlariga egaki, bu imkoniyatlardan ham endilikda hamkorlikda foydalanishga kirishilmoqda. Masalan, Turkmanistondan Eronga, “Oadjan-Saraxs-Mashhad” temir yo’l magistrali 1996 yil 14 may kuni ishga tushirildi, uzunligi 305 km. yoki “Toshkent-Osh-Urumchi” marshruti bo’yicha xalqaro avtomagistral ishga tushirildi; shuningdek, “Turkmanboshi (Krasnovodsk) - Baku -Poti - Bolgariya” orqali va Dunay daryosi orqali ўarbiy Yevropa mamlakatlariga chiqadigan”Transkavkaz” kommunikasiyasi ishga tushirildi. Bu yo’llardan hozirgi paytda Markaziy Osiyodagi davlatlar birgalikda foydalanishmoqda.

1995 yilda rejalashtirilgan “Termiz-Hirot-Јobul-Karachi” avtomobil yo’lining qurilishi 2003 yilda boshlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari o’z transportini takomillashtirish va rivojlantirishda, ichki va tashqi aloqalarni kuchaytirishda yaratuvchanlik ishlarini amalga oshirmoqda. Yaqin kelajakda Markaziy Osiyo yagona temir yo’l, avtomobil yo’li, quvur, suv va havo transportining bir butun tizimi vujudga keladi. Bu narsa o’z-o’zidan Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi iqtisodiy va madaniy aloqasini kuchaytirib regondagi ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi. Keyingi paytlarda Markaziy Osiyodagi elektr stansiyalarining yagona tizimiga ulanishi bilan regiondagi transportning yangi turi - elektron transport vujudga keldi. MODning xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda bu transportning salmog`i tobora ortib boraveradi.



Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling