Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet37/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

Tabiiy sharoiti va boyliklari

Respublika MDH davlatlarining eng janubida, aosan Pomir-Oloy va Tyan-Shan tor sistemasida (Јurama Tog`lari) joylashgan. hududining atigi 10% qismi dengiz sathidan 1000dan pastda, yarmi esa 3000 m dan balandda joylashgan Respublika hududida nafaqat Markaziy Osiyo, balki MDHdagi eng baland nuqta Kommunizm chuqqisi joylashgan (7495 m). Bu Tog`liklarda Markaziy Osiyodagi yirik Tog` muzliklari joylashgan bo’lib, ko’plab yirik daryolar shu yerlardan boshlanadi. Respublika qo’shni respublikalarga nisbatan suv resurslari bilan yaxshi ta'minlangan. Gidroenergetika resurslari bo’yicha MDH da Rossiyadan keyingi o’rinda turadi.

Xo’jaligi asosan Hisor, Vaxsh,Farg`ona vodiylarida hamda Dar voz va Ulug` Pyotr Tog`lari etaklarida yaxshi rivojlangan.

Qishloq xo’jaligi uchun qulay yerlar 44% (6300 ming ga ni tashkil qilsa, shudgor qilinadigan yerlar atigi 19%ga (1,2 mln.ga) yetadi.

Respublika hududida foydali qazilmalardan rangli metallar (surma, simob), shuningdek osh tuzi (Xo’ja Mo’min koni), ohaktosh, polimetal rudalari (Oltin topgan) vismut, dala shpati va boshqalar topilgan. Tojikistonning shimoliy qismida (Leninobod viloyati) mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan neft (Nefteobod), ko’mir (Sho’rob) gaz va volfram konlari topilgan.

Aholisi

Respublika aholisi 6 mln. kishi bo’lib milliy tarkibida tojiklar ko’pchilikni tashkil etadi. Tojiklar 62% , o’zbeklar 23% , ruslar YU,5%, tatarlar 2 foiz va boshqalardir. Respublikada urbanizasiya darajasi eng past bo’lib (Markaziy Osiyoda) jami aholisining 34%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari Dushanbe, Xo’jand, Kulob,Qo’rІontepa va boshqalar Respublika aholisining tabiiy ko’payishi yuqori bo’lgan payt asosan 1979 —1980 yillarga to’Іri keladi. Bu paytda MDH da birinchi o’rinda bo’lgan. Keyingi yillarda mamlakatdagi o’zaro kelishmovchiliklar natijasida aholining o’sishida ham salbiy oqibatlar kuzatilmoqda.

Aholisining asosi qismi hisor, Vaxsh va Farg`ona vodiylarida joylashgan. Leninobod viloyatida o’zbeklar 40% ga yaqinini tashkil etadi.

Tojiklar deyarli barcha viloyatlarda, ruslar asosan shaxarlarda, qirІizlar esa asosan Tog` yaylovlarda istiqomat qilishadi.

Respublika iqtisodiyotida yetakchi o’rinni qishloq— xo’jaligi egallaydi. Milliy daromadning asosiy qismi, xalq xo’jaligida band aholining 45% ni qishloq xo’jaligiga to’Іri keladi. Sanoat maxsulotlari milliy daromadning 1--3 qismini tashkil etadi.Qishloq xo’jaligi asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. Markaziy Osiyoda yetishtiriladigan ingichka tolali paxtaning 50% i Tojikistonga to’Іri keladi. Bundan tashqari bog`dorchilik, uzumchilik, ipak qurti boqish va go’sht yetishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Agar suІoriladigan yerlarda paxta, makkajo’xori, poliz ekinlari, boІdorchilik va uzumchilik rivojlangan bo’lsa, Tog`li rayonlarda (lalmikor yerlarda) donchilik hamda boІdorchilik bilan shuІullaniladi. Sanoatda yetakchi tarmoqni yengil sanoat egallaydi Asosan to’kimachilik, tikuvchilik, oyoq kiyim fabrikalari, ozik — ovqat sanoatida mevalardan konserva tayyorlash, vinochilik, paxta yoІi ishlab chiqarish yaxshi yo’lga ko’yilgan.

Respublika xalq xo’jaligining rivojlanishi mahalliy elektr — energetika bazasiga tayanadi. Norak GES ining arzon elektr energiyasi va mahalliy xom ashyo asosida janubiy Tojikiston TICHKsi barpo etilgan. Respublika rangli metallurgiyasi qo’rІoshin, rux, boyitish, volfram, molibden rudalari, simob, surma korxonalaridan iboratdir. Keyingi yillarda arzon gidroenergetika asosida ximiya sanoati va alyumin sanoati ancha o’sdi.




Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling