Termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi markaziy osiyo davlatlari geografiyasi


Download 421.5 Kb.
bet38/54
Sana03.11.2021
Hajmi421.5 Kb.
#170376
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
markaziy osiyo davlatlari geografiyasi

Iqtisodiy geografik rayonlari

Uncha katta bo’lmagan Respublika hududida 8 ta iktisodiy rayon ajratiladi, bular o’z navbatida uchta iqtisodiy eonaga birlashtiriladi: Janubiy-g`arbiy Tojikiston, Shimoliy Tojikiston va Janubiy-sharqiy Tojikiston.

1. Janubi-g`arbiy Tojikiston. Respublika hududining 37%ni, aholisining 66% ini tashkil etadi. Aholi zichligi 1km. kv ga 40 kishi to’Іri keladi. hisor va Vaxsh vodiylari asosiy paxta yetishtiriladigan yerlar hisoblanadi. Bu yerda asosan ingichka tolali paxta, uzumchilik va boІdorchilik, shuningdek yeryonІoq, sitrus mevalari yetishtiriladi.

Yaylovlarda Qorako’l qo’ylari boqiladi. Asosiy sanoat markazi Dushanbe shahri (584 ming kishi)— mamlakat poytaxtidir. Bu yerda. yirik qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari (to’qimachilik kombinati, go’sht kombinati) hamda to’qimachilik mashinasozligi yaxshi rivojlangan. Bu yerda Janubiy Tojikiston TICHKsi tashkil topgan, uning tarkibida Norak GESi hamda Tursunzoda alyumin zavodi, Vaxsh azotli o’g`itlar ishlab chiqarish zavodi, Yavon elektroximiya zavodlari bor.Qo’rІontepa va Kulob shaharlari oziq— ovqat sanoati markazlari hisoblanadi,Qo’rІontepada transformator zavodi ishlab turibdi.

2. Shimoliy Tojikiston. Respublika hududining 19% ni, aholisining 31% ni tashkil etadi. Aholi zichligi 1km. kv. ga 57 kishi to’Іri keladi. Shimoliy Tojikiston qishloq xo’jaligi rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Dehqonchilik suІoriladigan yerlarda ham rivojlangan.

Bundan tashqari Tog` kon sanoati yaxshi rivojlangan. Bu rayonda rangli metallar, ko’mir (Sho’rob) hamda mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan neft (Nefteobod) qazib olinadi. Rayonning yirik sanoat markazi Xo’jand shahri bo’lib—bu yerda shoyi to’qish (to’liq siklli), paxta tozalash, konserva zavodi, go’sht kombinati, hamda gilam to’qish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Rangli metall konlarining yaqinligi asosida ruda boyitish kombinati ishga tushirilgan. Bundan tashqari boshqa shaharlaridan Isfara (konserva va elektromexanika zavodi), Konibodom (paxta tozalash, yoІ—moy ishlab chiqarish) Moxrom (Tojikselmash) va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Rayon xo’jaligini rivojlaitirishdaQayroqum GES ining ahamiyati kattadir (126 ming kvt) Xo’jand yaqinidagi Chkalovskda uran qazib olish va boyitish yo’lga qo’yilgan.

Z. Janubiy sharqiy Tojikiston (Tog`li Badaxshon avtanom oblasti), Respublika hududining 44% ini, aholisining esa atiga 3% ini tashkil etadi. Mintaqa asosan sharqiy Pomirni o’z ichiga oladi. Markaziy Osiyodagi eng baland va aholisi eng kam mintaqa hisoblanadi. Rayon uchun Tog` yaylov chorvachiligi xosdir. Bu yerda asosan qo’toslar boqiladi. Rayonningg`arbida uncha katta bo’lmagan hududlarda dehqonchilik bilan shuІullanishadi. Asosan, buІdoy, tariq, no’xat yetishtiriladi. Aholisining ko’pchiligi Pomir tojiklari vaQirІizlaridir. Asosiy markazi Xorog shahri. Bu yerda MDU professori I.V.Shukin tomonidan asos solingan botanika boІi bor. Rayon gidroenergiya resurslariga boy.


Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling