Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti “amaliy psixologiya” yo‘nalishi 121- guruh talabasi normaxmatova sabinaning


Idrokning individual farqlari va rivojlanishi


Download 111.72 Kb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi111.72 Kb.
#1533431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sabina (1)

2.3. Idrokning individual farqlari va rivojlanishi.
Ingliz psixologi Jon Lokk (1632-1704) biz o ‘z tajribalarimiz orqali olamni turlicha idrok qilishni o‘rganishimiz mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Chindan ham, biz predmetlami ulaming masofasi va o ‘lchamlarini bir-biriga bog’lash orqali o‘rganamiz. Xo‘sh, bunday holatda tajriba qanday muhim ahamiyatga ega? Viliyam Molineks kub va shar orasidagi farqni, ko‘r bo‘lib tug‘ilib, hozirda ko‘ra oladigan inson farqlay oladimi yoki ko‘rish qobiliyatiga har doim ega bo‘lgan inson farqlay olami degan savol bilan Jon Lokkga yuzlanganda Lokk bu savolga nisbatan yo‘q inson farqlarni ko‘rish orqali o‘rganmaydi deb javob qaytaradi. Molineksning taxminiy fikrlari bir nechta butunlay ko‘r bo‘lib tug‘ilgan o‘spirinlarda tajriba o ‘tkazish orqali isbotlandi. Ularning ko‘pchiligi katarakta bilan tug‘ilgan bo‘lib, bu katarakta linzalari ularga oddiy tipdagi rangni ko‘rishga imkoniyat yaratgan. Katarakta operatsiyasidan so‘ng, bemorlar turli xil figuralarni va ranglarni bir-biridan farqlay oladilar, shuning uchun sezishning barcha ko‘rinishlari tug‘ma qobiliyat deb baholanadi. Lekin Jon Lokkning fikrlashicha, bunday odamlar tegish, ushlab ko‘rish orqali ularga ma’lum, tanish bo‘lgan predmetlarni har doim ham ko‘rish orqali payqab olavermaydilar. Siz va men yakka holdagi yuzni bir butunlikda tasavvur qilishimiz va idrok qilishimiz mumkin. Bizga yuzning aynan bir xil qismi bilan juftlashgan ikkita har xil eng pastki yarim qismi aynan yuzning eng yuqori yarim qismidan farqlanadi. 43 yoshli erkakning 40 yillik ko‘rlikdan so‘ng ko‘rish qobiliyati tiklandi va u odamlarni o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib, idrok qilish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Ammo u yuzlarni doimiy ravishda yodda saqlab qola olmasdi. Bundan tashqari, doimiy sezish qobiliyati ham yetarli darajada bo‘lmasdi, masalan insonlar undan uzoqlashganda ularning hajmi kichiklashib borayotganday tuyulardi. Psixolog George Stratton o‘z tajribalari uchun 8 kun davomida kiyiladigan maxsus optik bosh kiyimini yaratdi. Bu optik bosh kiyimning
o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u chapni o ‘ngga, yuqorini pastga qilib ko‘rsatadi. Stratton bu moslamani kiyganda o ‘zining harakatlarida adashganligini his qildi. U yurishni xohlaganda, o‘z oyog‘ini topolmay qoldi. Bu bosh kiyimni kiyganda ovqatlanish deyarli amrimahol edi. U bu jarayonda qattiq asabiylashgan holda vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirdi, 8 kundan so‘ng, deyarli hech narsaga urilmagan
holatda to‘g‘ri yo‘nalishda shu bilan birga qulay holatda o‘zi istagan predmetlarga yetib bora oldi. U bosh kiyimini yechganda, o‘zining asl holatiga yana qaytadan moslashdi. Paranormal (g‘ayritabiiy) idrok mavjudmi? G‘ayritabiiy idrok - bu ichki sezgilardan ajralgan holatda telepatiya (fikran so‘zlashish), kleyarens (normal holatdagi sezgi organlari bilan sezib bo‘lmaydigan sezish qobiliyati) hamda kelajakni oldindan ko‘ra olishni idrok qila olish qobiliyatining bahsli tasdig‘i hisoblanadi. Parapsixologiya - bu odatdagi voqea-hodisalami g ‘ayritabiiy sezuvchi
idrok hamda g’ayritabiiy aqliy iste’dodni o‘z ichiga qamrab olgan holatda izlanishlar olib boradi. Harakat va vaqtni idrok etish. Odamning yo‘nalish harakati biz qilayotgan harakatga aloqador bo‘ladi. Biz harakat qilgan paytimiz harakatsiz bo‘lgan obyektlar ham harakatlanayotgandek bo‘ladi. Masalan, avtobusda ketayotgan paytimiz uylar ham harakatlanayotganday bo‘ladi. Yoki biz old tarafga
harakatlanayotgan bo‘lsak oldimizdagi obyektlar bizdan uzoqlashib borayotganday harakatlanadi. Biz harakatni qanday idrok qilamiz? Harakatni idrok qilinishi obyektlarning fazoda egallagan holati o‘zgarishini aks ettirishdir. Harakatni idrok etilishi hayotiy muhim ahamiyatga ega. Faraz qiling, siz dunyoning rangini, tuzilishi
va chuqurligini idrok qilyapsizu, ammo uning harakatini idrok qila olmayapsiz. Sizda nafaqat velosiped haydashda, mashina haydashda qolaversa, yozish va yurishda ham muammo bo‘ladi. Siz muayyan obyektlarni katta va kichikligiga qarab hisob-kitob qilasiz, ammo siz harakatlarni idrok qilishda muammolarga duch kelasiz. Katta obyektlar, misol uchun poyezd kichikroq obyektga nisbatan sekin harakat qiladi. Aksincha, mashinalar esa bir xil tezlikda harakatlanadi (balki aeroportda siz tez uchar katta samolyotni kichikroq samolyotga nisbatan sekinroq qo‘yayotganini kuzatgandirsiz). Uchib kelayotgan yumshoq to‘pni ilib olish uchun kriket o‘yinchilari to‘p yo‘liga chiqib ilib olish harakatida bo‘lishadi. Bu vazifani bajarish uchun ular kutilmagan qoidalarga ham bo‘ysunishadi. Bu jarayonni tushuntirish va izohlash biroz mushkul, ammo bu jarayonni his qilish mumkin. Shuningdek, miya davomli va harakatli tasavvurlarni ham idrok etadi. Hayvonlar uchun harakat qiluvchi obyektlar xavf-xatar yoki oziqlanish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida signal vazifasini o‘taydi va shunga javob berishga undaydi. (Masalan, baqa faqat harakatlanadigan hasharotlarni yeydi, ba’zi baliqlar ma’lum harakatlardan to‘lqindan qochadi, hurkiydi va hokazo.) Harakatni idrok etishda ko‘rish va eshitish, kinestezik analizatorlar asosiy rol o‘ynaydi. Tezlik, tezlanish, harakat yo‘nalishi harakatdagi obyektning peremetri hisoblanadi.
Harakatlanayotgan obyektning harakatsizligi, agar muayyan vaqt, vaziyat birligini ko‘z bilan idrok qilish mumkin bo‘lmasa, harakatni o‘tgan vaqt birligida idrok qilamiz, lekin bu harakat natijasini idrok etish bo‘ladi. (Soat millari siljishini bevosita kuzatib idrok qila olmasak ham bir necha vaqtdan keyin unin siljiganligini vaqt birligida idrok qilamiz.

Download 111.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling