Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti “amaliy psixologiya” yo‘nalishi 121- guruh talabasi normaxmatova sabinaning


Download 111.72 Kb.
bet9/13
Sana17.06.2023
Hajmi111.72 Kb.
#1533431
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
sabina (1)

II bob bo’yicha xulosa

Demak, idrok jarayoni sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektiv reallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to‘laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-hodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo‘ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.Idrok jarayonida narsalar obrazini to‘la aks ettrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo‘zg‘aluvchilar ta’siri tufayli juda ko‘p muvaqqat bog‘lanishlar vujudga kelgan bo‘ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo‘lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshoqroq narsa bo‘lib aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi.Ba’zi hollarda narsalar noto‘g ‘ri, yanglish idrok qilinishi mumkin. Narsalarni bu tariqa noto‘g‘ri idrok qilishni illuziya deb ataladi.Idrokka xos bir qancha xususiyatlar mavjud bo’lib,idrok subektning bundan oldingi tajribasiga bog’liq bo’ladi. Shaxsning tajribasi qanchalik boy bo’lsa, uning bilimlari qanchalik ko’p bo’lsa, uning idroki shunchalik to’liq bo’ladi, buyumda u shunchalik ko’p narsalarni idrok qila oladi.



III.BOB Mavzuni yoritishga qaratilgan metodikalar
3.1. Mavzuni yoritishda qoʻllaniladigan metodikalar tavsifi Shaxslararo munosabatlarning tarkibiy qismlaridan biri odamlarning bir-birini idrok etishi va tushunishidan iborat. Insonning inson tomonidan idrok
qilinishi jarayoniga bir qancha omillar- ijtimoiy ustanovkalar, shaxslararo
munosabatlarning xususiyatlari, insonlarning bir – biri xaqidagi ma’lumotlari va
boshqalar ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy pertsepsiya jarayoniga nafakat shaxslararo
munosabatlar, balki insonning guruh bilan bo’lgan munosabatlari ham ta’sir
ko’rsatadi. SHu tufayli guruh individ tomonidan qanday idrok etilayotganini
o’rganish shaxslararo idrok jarayonini tadqiq etishning muhim jabhasidir.

Download 111.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling