Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi III kurs 120-guruh talabasi Narmonova Munavvarning Texnologiya va uni o‘qitish
Download 1.69 Mb.
|
Narmonova Munavvar 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- МОЛОДЕЦ!
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi III kurs 120-guruh talabasi Narmonova Munavvarning Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanidan "Interfaol usullarining texnologiya darslarida foydalanish usullari” mavzusida tayyorlagan taqdimotiInterfaol usullarining texnologiya darslarida foydalanish usullari Reja 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish 2. Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish 3. Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyatiBoshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi.Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo`llanadigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi.Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullarning tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.Boshlang‘ich sinf o’qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo`lmaydi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o‘rganish kabi zarur yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir.Hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40-45 daqiqalik darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z-o‘zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.Hikoya usuli boshlang'ich sinflarda ko`p qo`llaniladi. Ta'lim mazmuni o`quvchiga qisman tanish bo`lsa suhbat usuli qo`llaniladi. Og`zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o`qituvchining bayon qilishi va o`quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o`zlashtirishlari birligiga amal qiladi.МОЛОДЕЦ!Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling