Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. Milliy mahsulot hajmi yuksalish inqiroz yuksalish jonlanish inqiroz turg‘unlik jonlanish turg‘unlik Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, ularni quyidagi 5-chizma orqali ifodalash mumkin.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi.1Quyidagi 6-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.
Sikl turlari
|
Siklning davomiyligi
|
Asosiy xususiyatlari
|
Kitchin sikli
|
2–4 yil
|
Zahiralar miqdori YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
|
Juglar sikli
|
7–12 yil
|
Investitsion sikl YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi
|
Kuznets sikli
|
16-25 yil
|
Daromad immigratsiya uy-joy qurilishi yalpi talab daromad
|
Kondratev sikli
|
40-60 yil
|
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar
|
Forrester sikli
|
200 yil
|
Energiya va materiallar
|
Toffler sikli
|
1000-2000 yil
|
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |