Termiz davlat universiteti iqtisod va turizm fakulteti iqtisod tarmoqlar va sohalar kesmida sirtqi ta’lim yo’nalishi 5-bosqich 418- guruh talabasi
Inqirozlarning mazmuni va turlari
Download 329.34 Kb.
|
26. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING SIKLLILIGI TARIXI VA UNING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi. Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin. 1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi. Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Pul-kredit sohasidagi inqiroz – mamlakat pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli qog‘ozlar kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar. Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro‘sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati. Birja inqirozi – birjada qimmatli qog‘ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, tanglik holati. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi Tarmoqlar inqirozi – milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beruvchi inqiroz. Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar tarkibiy inqirozlar deyiladi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi. Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog‘liq. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi. Download 329.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling