Soliqlar byudjetga tushishiga ko’ra umumdavlat soliqlari va majburiy to’lovlari hamda mahalliy soliqlar va majburiy to’lovlarga ajratiladi. Soliqlarni bunday tartibda guruhlash davlat hokimiyati organlarining markaziy va mahalliyga bo’linishi hamda davlat byudjetining respublika va mahalliy byudjetlarga ajratilishi bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, respublika byudjetga tushishi belgilangan soliqlar va majburiy to’lovlarni umumdavlat, mahaliy byudjetlarga tushishi belgilangan soliqlar va majburiy to’lovlarni esa mahalliyga ajratish mezoni belgilangan. - Soliqlarni byudjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi (O’zR SK 23-modda)
- Umumdavlat soliqlari va majburiy to’lovlari
- Mahalliy soliqlar va majburiy to’lovlar
- - mol-mulk solig’i;
- - yer solig’i;
- - obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
- - transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
- - ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;
- - yagona yer solig’i
- - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
- - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
- - qo’shilgan qiymat solig’i;
- - aktsiz solig’i;
- - yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
- - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- - ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar;
- - Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar;
- - davlat boji;
- - bojxona to’lovlari;
- - yagona soliq to’lovi;
- - qat’iy belgilangan soliq
Do'stlaringiz bilan baham: |