Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "iqtisodiyot va menejment" kafedrasi iqtisodiyot (tarmoqlari va sohalari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi
Download 192.76 Kb.
|
ekologik ...
2.Ekologiya va iqtisod
Er yuzida inson paydo bo`lganidan boshlab hozirgacha u o`zining iqtisodiy sharoitini tabiiy nematlar hisobiga yaxshilab kelmoqda. Moddiy nematlardan joydalanish jarayonida u ilgarigi vaqtlarda bilib-bilmay isrofgarchaliklarga yo`l qo`ygan, buning uchun uni tabiat jazolagan ham. Masalan, eramizdan ilgari kishilar yirik hayvonlarni ko`plab ovlagani tufayli tabiatda bu hayvonlar kamayib qolib, ocharchilik vujudga kelgan va odamlar o`rtasida o`lim ko`payib aholi soni ikki baravarga kamayib qolgan. Bu va shunga o`xshash holatlar odamlarning ongi va fikrlash qobiliyatini o`stirib, tabiiy resurslardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilarini shakllantirgan. Aholining moddiy istemol ehtiyoji cheksiz, chunki dunyo aholisi soni muttasil o`sib bormoqda. Er yuzidagi 6,5 mlrd. odamning o`rtacha 70 yillik umri davomida tabiatdan oladigan noz-nematlarini hisob-kitob qiladigan bo`lsak, quyidagi raqamlar kelib chiqadi: 1.Oziq-ovqat 45000 kg. x 6,5 mlrd. q 292x5Q11 kg. 2.CHuchuk suv: jami 1 kunda 230 l. x 363 kun q 83 490 l. x 70 yil q 5 844 300 l. 5 844 300 l. x 6,5 mlrd. q 37987 x 95 Q10l. sh.j. ichimlik uchun 1 kunda 2,5 l. x 363 kun q 907,5 l. x 70 yil q 63525 l. 63 525 l. x 6,5 mlrd. q 412912 x 5Q8l. Yuqoridagi raqamlardan ko`rinadiki, Er yuzining har bir aholisi hayoti uchun giper raqamlarga teng miqdorda oziq - ovqat va suv resurslari talab qilinadi. Holbuki bu resurslar bitmas tuganmas emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, talab, ehtiyoj va moddiy nematlar zaxirasi o`rtasida katta farq mavjud. Bu, bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, yani xo`jalikni hisob-kitob bilan yurgizishni taqozo qiladi, ikkinchi tomondan esa, birlamchi tabiiy resurslarning o`rnini bosaoladigan suniy materiallarni izlab topish va ulardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu muammoning echilishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyos kattadir. Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan taminlanganligi ko`p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, ayniqsa ekologik qonuniyatlarga bog`liqligi tan olinmadi. Iqsodiyotdagi «eng kam mablag` sarflab yuqori daromadga erishish» tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish natijasida ekologik inqiroz yuz berdi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproq tabiiy unumdorligining pasayib ketishida namoyon bo`ldi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining 1 % ga kamayishi natijasida hosildorlikning o`rnini qoplash uchun 10 % sarf-xarajat talab qilinadi.3Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko`ra o`tgan asrning ikkinchi yarmida insonning tabiiy muhitga etkazgan zarari va u orqali aholi sog`ligiga etkazilgan moddiy zarar jahonning yillik byudjetidan ortiq. Bu erda gap faqatgina chiqindilardan muhitga taralayotgan zararli moddalardan insonlar sog`ligini asrash hamda chiqindilar bilan katta maydonlar bandligi ustida ketayapti, xolos. Holbuki, qurib ishga tushirilgan harbir korxona malum darajada iqtisodiy foyda keltirishi bilan birga u muhitga ko`p miqdorda gazsimon, suyuq yoki qattiq chiqindilar chiqarib muhitning ekologik holatini yomonlashtiradi. Ammo bu zararni pulga chaqish qiyin. U faqatgina kishilarning sog`ligi yomonlashishida, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining pasayishida namoyon bo`lishi mumkin. Aholining sog`ligini saqlash, tuproq unumdorligi va chorvachilikni qayta tiklash malum miqdorda sarf-xarajatni talab qiladi. Download 192.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling