Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "iqtisodiyot va menejment" kafedrasi iqtisodiyot (tarmoqlari va sohalari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi


Ekologik - iqtisodiy barqaror rivojlanish konsepsiyasi


Download 192.76 Kb.
bet4/12
Sana20.12.2022
Hajmi192.76 Kb.
#1037980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ekologik ...

Ekologik - iqtisodiy barqaror rivojlanish konsepsiyasi
Inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar tarixi taxlil qilinadigan bo`lsa, unda 3 davrni ko`rish mumkin:
1-davr: «dehqonchilik asri» XVIII asr oxirigacha davom etib, unda iqtisodiyot tabiat qonunlari maromiga bo`ysunib rivojlandi;
2-davr: «sanoat asri» XX asrning o`rtalarigacha davom etdi. Bu davrda iqtisodiy faoliyat tabiat qonunlaridan ustun bo`lib, inson tabiat ustidan hukmronlik qildi;
3-davr: «Noosfera» - ya’ni yangicha fikrlash davri bo`lib, bu davr tabiiy muhitning zaiflashib qolganligi va uni asrash global ekologik muammoga aylanganligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bajariladigan barcha asosiy ishlar tabiatni insonning qudratli kuchi ta’siridan himoya qilishga qaratiladi.
Bu borada BMT ning say’-harakatlari katta bo`lmoqda. Uning 1992 y. Rio-de Janeyroda bo`lib o`tgan atrof-muhit va rivojlanishga bag`ishlangan konferensiyasida qabul qilgan Deklarasiyada ekologiya iqtisodiyoti uchun ahamiyatga ega bo`lgan quyidagi prinsiplar ifodalab berilgan:

  • bir davlat boshqa davlat atrof-muhitiga ziyon etkazmaslikka iqtisodiy javobgardir;

  • rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodlar uchun tabiatni asrash tamoyiliga buysunishi kerak;

  • barqaror rivojlanish atrof muhit muhofazasi rivojlanishi bilan birga borishi kerak;

  • er ekotizimlarining sog`lomligi va yaxlitligini saqlashda davlatlarning hamkorlik qilishi;

  • barqaror rivojlanishda «ogohlantirish prinsipi»ni qo`llash, ya’ni ishlab chiqarish va iste’molning barqaror rivojlanishiga imkon bermaydigan modelni qo`llamaslik;

  • barqaror rivojlanishda «kooperasiya prinsipi»ni qo`llash, ya’ni davlatlar fan, texnika va texnologiyalar rivojida hamkorlik qilishi;

  • ekologik zararni bir-biriga to`lash prinsipi;

  • atrof holatiga ta’sirni baholash prinsipi.

Yuqorida sanab o`tilgan barcha prinsiplarning mazmun-maqsadi yagona uyimiz hisoblangan biosferada barcha mamlakatlar o`z hududlaridagi tabiatni asrash bilan bir qatorda, o`zlarining barqaror rivojlanishlarini atrof muhit muhofazasida hamkorlik qilish asosida amalga oshirishdir. Konferensiyaning asosiy hujjati «XXI asr kun tartibi» deb nomlangan bo`lib, unda ekologiya iqtisodiyoti uchun 40 dan ortiq tavsiyalar berilgan. Bu tavsiyalardagi ekologik-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy o`sishni tezlashtirish, kambag`allikni bartaraf etish va atrof muhit himoyasi masalalarini muvofiqlashtirishni nazarda tutadi.4
Ekologik - iqtisodiy harakat rejalarini ishlab chiqish barqaror rivojlanish ko`rsatkichlariga asoslanib tuziladi. Unda atrof muhit, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning quyidagi ko`rsatkichlaridan foydalaniladi:
1) atrof muhit ko`rsatkichlari – toza birlamchi mahsulotlar iste’moli va ularning iste’moli jarayonidagi yo`qotishlar, xo`jalik faoliyati ta’sirida buzilmagan maydonlar, tabiiy resurslar iste’moli, tabiiy resurslar zaxiralarining kamayish sur’atlari, tabiiy muhitning – havo, suv va erning ifloslanishi, muhitni ifloslovchi tashlamalarning tendensiyasi, muhofaza qilinadigan hududlar maydoni tendensiyasi, ozon qatlamidagi o`zgarishlar, tabiiy va texnogen favqulodda holatlar, tabiat muhofazasi tadbirlari xarajatlari;
2) iqtisodiyot ko`rsatkichlari – yalpi milliy mahsulot hajmi, xo`jalik yurigizishning o`zgarishi, mehnat unumdorligi, chiqindilardan foydalanish, ularni qayta ishlash, tashqi savdoda tabiiy resurslar, shu jumladan biologik resurslarning hissasi;
3) ijtimoiy soha ko`rsatkichlari – insonlarning salomatlik holati, yashash tarzi, ijtimoiy faollik va demografik ko`rsatkichlar.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasida markaziy o`rinni qabul qilinayotgan iqtisodiy qarorlarning uzoq muddatli ekologik-iqtisodiy oqibatlarini hisobga olish egallaydi. Bunday qarorlarning qabul qilinishida quyidagi tamoyillar hisobga olinadi:

  • tiklanadigan tabiiy resurslarni qayta tiklash rejimini saqlab qolish;

  • tiklanmaydigan tabiiy resurslar zahiralari kamayishini imkon darajada sekinlashtirish va ularni boshqalari bilan almashtirish;

  • kam chiqindili, resurslarni tejovchi texnologiyalarni qo`llash;

  • atrof muhitning ifloslanishini kamaytirish.

Bunday tamoyillarga amal qilish asosida ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish konsepsiyasi texnogen rivojlanishdan barqaror rivojlanishga o`tishga, iqtisodiy rivojlanishdan atrof muhitning ekologik holati yomonlashuvining oldini olishga imkon beradi.



Download 192.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling