Xo‘jalik jarayonlari ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manba- larini doimo miqdoriy, tarkibiy hamda joylashishi jihatidan o‘zgarib borishini
hujjatlashtirish, buxgal- teriya provodkalari yordamida schyotlarda aks ettirib borish
buxgalteriya hisobining asosi hisoblanadi. Oldingi savollarimizda ko‘rib o‘tganimizdek,
schyotlarni ular ma’lumotlarni qay darajada aks ettirishiga qarab sintetik va analitik yozuvga
ajaratish mumkin. Sintetik yozuvda xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari
haqidagi ma’lumotlar umumlashtirib, pul o‘lchov birligida aks ettiriladi. Sintetik schyotlar orqali
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-son «Xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standartda keltirilgan schyotlar sintetik schyotlardir.
CHunki bu schyotlar bitta mablag‘ yoki manba to‘g‘risida umumiy ma’lumot beradi.
Ba’zi hollarda mablag‘ yoki manba to‘g‘risida aniqlashtirilgan, detallashirilgan,
alohidalashtirilgan ma’lumotlar zarur bo‘lib qoladi. Bunday ma’lumotlarni olish uchun analitik
hisobdan foydalaniladi. Analitik hisob to`g`risida chet el olimlaridan Carl S. Warren, James M.
Reeve, Jonathan E. Duchaclar “ Accounting” darsligida shunday fikr bildiradilar:
Do'stlaringiz bilan baham: