Termiz davlat universiteti kimyo va texnalogiya fakulteti oziq-ovqat texnalogiyasi ta
Download 0.57 Mb.
|
B.Lolayeva Omixta yem ish chiqarish kurs ishi
Ozuqalarning to‘yimliligiga baho berish usullari
Dastlabki yillarda ozuqalarning to‘yimliligiga baho berishda hazm bo‘ladigan to‘yimli moddalar yig‘indisi bo‘yicha baho berish usuli keng tarqaldi. Lekin keyinchalik bu usul talabga javob bermadi. Na zo ra tdag i ha yvonlar usuli . Bir-biriga har taraflama analog bo‘lgan bir necha guruh tuzilib tajribaning boshida har guruhdan 2-3 boshdan hayvon so‘yilib kimyoviy analiz qilinadi. Qolgan hayvonlarni bir xil aniq tortilgan ratsion bilan boqiladi va bir guruhga tekshirilishi kerak bo‘lgan ozuqadan qisman qo‘shilib beriladi. Tajribaning so‘nggida har guruhda 2-3 mol so‘yilib yana go‘sht va yog‘i kimyoviy analiz qilinadi. Boshlang‘ich va so‘nggi so‘yimdagi oqsil va yog‘lar orasidagi farq bo‘yicha ozuqaning mahsuldorlik ta’siri to‘g‘risida xulosa qilinadi. Bu usul o‘sayotgan yosh hayvonlar va bo‘rdoqidagi mollar uchun yaroqlidir. Yirik mollarga va nasldor hayvonlarga bu usul to‘g‘ri kelmaydi, chunki ko‘p molni so‘yish kerak. Mo dda va e ner gi ya muvoza na ti ni o‘rga nish usuli . Bu usulda organizmga qabul qilingan va turli yo‘llar bilan ajratilgan azot va uglerod hamda energiya muvozanati bo‘yicha organizmda 10,9 g azot, 217,6 g uglerod va 11,1 kJ energiya saqlanib qolingan. 10,9 g musbat azot hisobiga organizmda 65,4 g oqsil sintez bo‘lgan. Bu oqsilda 34,4 g uglerod sarf bo‘lgan, qolgan 183,2 g uglerod evaziga 239,5 g yog‘ sintez bo‘lgan.Agar 1 g hayvon oqsili 23,89 kJ va 1g yog‘ 39,75 kJ energiya berishini hisobga olsak, go‘sht tarkibidagi energiya 65,4x23,89=1562 kJ va yog‘ tarkibida 239,5x39,75=9520 kJ, jami esa 1562+9520=11082 kJ ni yoki 11MJ energiyani tashkil qiladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabini oziq me’yori sifatida ifodalash kimyo, fiziologiya, biokimyo singari boshqa fanlarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling