Termiz davlat universiteti magistratura bo’limi arxeologiya (YO’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) mutaxasisligi


Download 310.67 Kb.
bet4/6
Sana28.12.2022
Hajmi310.67 Kb.
#1009543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mahliyo.kurs ishi...1 (1)

2.2 Geoksur manzilgohida katta diniy madaniyat markazlari topilmagan, ammo katta oilali qavmlar turar joyi massiv uylar tarkibiga kiritilgan, unchalik katta bo’lmagan ibodatxonalar yaqqol ajralib turipdi. Ularga oq uyli disk o’choqlar xos va shuningdek tosh idishlar hovonchalar va keli kabi idishlar predmetlar e’tiborga loyiqdir. Bu kabi uy ibodatxonalari Geoksur 1da (Sarianidi V.I. 1960 b. 231) Changtepada(Sarianidi V.I. 1965.b.12) topilgan. Oxirgi yillarda esa Oltintepada (Masson V. M. 1977.b-165.) topilgan. Ibodatxonalarning birida to’rtburchak podium o’choq topilganiga qaramay, aylana shakli qurbonlik keltiriladigan joy shubhasiz sharqiy guruh madaniyatini o’ziga xos jihatidir. Geoksur 1 ibodatxonalarida katta yong’in izlari topilgan. Bu esa Sarianidiga ularning ataylab yoqilgani haqida ma’lumot berishiga imkon beradi. (Sarianidi V.I. 1962-1966. b 91.) bu ibodatxonalarda suyak qoldiqlari borligiga qaramay o’sha muallifning boshqa farazi ibodatxonalarning dafn marosimi bilan bog’liqligi masalasi tekshirilmay qolmoqda. Nima bo’lganda ham olov yoqish izlari bo’lgan o’ziga xos vazifani bajaruvchi binolar o’rta osiyoda turli davr turli hududiy guruhlarda keng tarqalgan. Ammo bu inshoatlarda qaysi xudo ilohlar sharafiga olov yoqilganligi masalasiga oydinlik kiritmaydi. Bu masalani yechish uchun mayda plastika haykaltaroshlik predmetlarini ko’rib chiqsak. Ular hammasi antromorflar ham zoomorflar ham ishlanishi bo’yicha 2 asosiy guruhga bo’lishi mumkin; 1. shoshma shosharlik bilan yasalgan pishirilmagan yoki bir qismi pishirilgan. 2) obdon yasalgan bo’yoqlar yordamida turli detallar tushurilgan, pishirish borasida tosh suyaklarga oxshash terakotalar. Birinchilardan bir marta ishlatish obektlarini ko’rish mumkin bo’lsa ohirgilari uzoq muddatga mo’ljallanganligi ko’rinib turibdi. Bu borada hayvonlar haykalchalari cho’ponlar bajargan qandaydir bir martalik marosimlar uchun tayorlangan degan xulosaga kelamiz. (Xlopin I.N. 1964. b 163). Ba’zida bu haykalchalar olovga tashlangan, biroq odatda maxsus pishirilmagan. Shunga o’xshash xodisa Joytun neolitik madaniyat yodgorliklarida kuzatiltilgan u yerdagi ba’zi haykallarda ataylab uchli suyak yoki cho’plar yordamida sanchish izlari topilgan (Masson V.M. 1960. Berdiyev O.K. 1976). Bu kabi sanchish izlari eneolitik yodgorliklar – hayvonlar haykallarida ham uchraydi (Sarianidi V.I. 1960.) shoshib tayorlangan pishirilmagan antropomorf, baziak qo’llari tepaga ko’tarilgan haykalchalarni iltijo qilayotgan odam deb talqin qilish mumkin. (Sarianidi V.I. 1956. ). Anologiya sifatida odatda akkatlarning gilgamish dostonidan matnlar beriladi: tong yorishgandanoq Gilgamish loydan shakl yasadi. Haykallarning ba’zilari Shamashga chiqarib berdi (Epos..., 55 - 56). Biroq, shubxasiz, asosiy qiziqishni obdon ishlangan ko’p marta ishlatiladigan boshqa madaniyatlar kabi Anov madaniyatlarida ham terokatlar tashkil qiladi, asosan ayollar ta’sviri. Ularni semantikasini (ma’no) ko’rib chiqish uchun 1- navbatda haykalchaning o’ziga xos jihatlari, unga tushirilgan detal va ramzlar idishlardagi haykalcha ta’sviri ishlatilgan. O’rta Osiyo eneolitiga oid ayol haykallarining uchta turi ham umuman olganda birinchi obraz (siymo)ni ta’svirlaydi: turgan, o’tirgan, (sonlari katta to’liq) va to’la ko’krakli yalang’och ayol. Kech paleolitik terokatlarida massivlik (to’lalik) chiziqlarning nafisligi bilan almashadi, ya’ni asosiy g’oya – estetik ta’sir. Asosiy tiplar ichidagi paoltiblar “butunni o’rniga bo’lak” prinsipini aks etadi. Bu prinsipga ko’ra birinchi navbatda qo’llar kamdan kam holatda ko’krak ta’sviri tushurib qoldirilgan doim asosiy element bo’lgan. Qadimgi terrokatlarning tablisi shuni ko’rsatadiki obraz yaratilayotganda kuchli, to’la serpushtlilik bilan ajralib turuvchi ayol nazarda tutilgan. Buni haykalchiga tushirilgan to’ldiruvchi detallar to’laligich isbotlaydi (Antonolar Ye.V. 1972 1977.) bu kabi to’ldiruvchi detallarga ayol jinsini anglashuvchi uchburchak marjon bilak uzuklar kiradi. Ko’pincha marjon ikkitalik chiziq qilib ta’svirlanadi. Yalaong’och tepadagi yirik haykalchada 3 tizm munchoq nuqtalar bilan ko’rsatilgan, ikki uzliksiz chiziq esa yana qandaydir taqinchoq. Yuqorida aytib o’tilgan detallarda dafn inventari bilan taqqoslanishi qadimgi ustalarni ayolning terrokat obrazini ko’rsatishga intilishgan. Badandagi qiya chiziqlar va avval yopishtirilmalarining ma’nosi unchalik tushinarlimas. Sehrli ramzlar eng kam uchraydiganlar. Qadimiy totem ramzini saqlab qolgan echki haykalchasi shular qatoridadir. Qoratepadagi umumiy qabrda topilgan haykalcha sonida tepaga sudirilayotgan ilon ta’sviri tushirilgan. Yalong’ochtepada yodgorliklaridan topilgan bir qator haykalchalarda o’rtasida nuqta tushirilgan aylanalar ta’svirlangan, bu quyosh diskin ramzi degan ehtimol katta. Xaykalda 15 ta shunday aylanalar ta’svirlangan, bu Xlosin I.N. ning fikricha,dehqonlarning agrar kalendarini anglatadi, unga ko’ra yil har biri 24 kundan iborat 15 oyga bo’lingan.(Xlopin I.N. 1964. b). O’rta Osiyo yodgorliklari terrekotlari asosiy qismi ko’chirilgan (biror yerga o’zgartirilgan) holatda topilgan shuningdek tragmentlangan (bo’laklangan). Terrakot bo’laklar sehrli maqsad yo’lida maishiy o’choqlarda o’rnatilgan (qo’yilgan) degan fikr aytilgan (Xlopin 1964 b.), ammo bu marosim ommaboplashmagan. Qoratepadagi boy qabrda topilgan ilon surati (ta’sviri) tushurilgan ayol haykalchasi ahamiyatliroq. Qadimiy ibodatxonalarda butun xaykalchani topilishi holati xozircha yo’q, ammo bu kabi muqaddas siymoga sig’inish sahnasi Qoratepadan topilgan naqishli >>>>>>>>> fragmentiga ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Bu yerda yuzlari bir biriga qaratilgan odam shakillari saqlanib qolgan. Ular o’rtasida og’ir to’rtburchakli yelkali “qush” boshli o’tirgan holatdagi terrakota ta’svirlangan. Aftidan, bu sig’inish sahnasi, sig’inish obekti esa odam bo’yining 8/3 qismiga teng. Yirik antropomorf haykallarning mavjudligi haqida. Namazgatepadan topilgan marmar tors guvohlik qiladi. Shunga o’xshash naqshinkor ayol haykalchalar, qushlar, xoldor hayvon ta’svirlangan idish, Oltintepadan topilgan idish tubida esa ilon bilan birgalikda ta’svirlangan. Va nihoyat Oltintepaga yarimxoch bilan bo’lingan haykallar topilgan 1967-yilda. Keltirilgan faktlar terrakot ayol haykalchalari O’rta oOsiyo eneoliti sig’inish obekti o’ziga xos ilon – xosildorlik ilohasi obrazi bo’lganligiga shubxa qilmaydi. Qayd etilganidek, rivojlangan enolit ohiridan boshlab nisbatan kamyob, erkaklarni asosan – harbiylarni ta’svirlovchi terrakot haykalchalar paydo bo’lgan. Bo’lishi mumkinki bu kabi terrakotlar ajdodlar kulti bilan xususan muvofaqqiyatli xarbiy sardorlar kulti ilohiylashtirish bilan bog’liq. (Masson. 1960. b 401.). Qoratepa Namozgoh 3 qatlamida topilgan. Ustalik bilan ishlangan hayvonlar xoldor sigir va buqa terrakot haykalchalari bi muncha qiziq. Ular marmal buq haykalchasi kabi uzoq muddatga mo’ljallangan. Balki ular ibodatxonalrda saqlangan buyumlar kabi fetish bo’lgan. Sopol idishlar naqshiga yuzlansak shuni unutmaslik kerakki, bu aniq qoidalarga bo’ysunadigan amaliy san’at turi. Shu bilan birgalikda ishlatilgan naqshlar shuningdek alohida tas’virlarda o’ziga xos ma’no bor. O’rta Osiyo idish naqshlarida xoch shular qatorida. Oddiy xoch ko’p pog’onali murakkab xoch shaklida sopol idishlarni bezashda keng qo’llanilgan. Bu borada estetik va sehr jodu ramzi sifatida foydalanilgan. Alohida qiziqish hayvonlar haykalchalari uyg’otadi. Ko’pincha bu Namozgoh I, II, III idish naqishlarida uchraydigan ichki ta’svirlari. Qoratepa kulolchilik usulida echki obrazi xoldor hayvonlar bars, qushlar, o’rdak va qanotlari yoyilgan burgut obrazi bilan to’ldirilgan. Bu hayvon va qushlar yovvoyi bo’lganligi sababli ularni dehqon va chorvadorlar orasida keng tarqalganligi totemizm bilan bog’liq. Quyosh diski va qush ta’sviri uyg’unligi tez tez uchragan. Ba’zi holatlarda idishlarda o’ziga xos ramz bilan birgalikda hayvonlar ta’svirlangan. Shunday qilib o’rta Osiyoning eneolitik masalasi oldimizda ayollar hosildorlik iloha kultidan tashqari totemistik davr azolari ham aniq bir rol o’ynagan. Jamiyatday gavdalanadiki bekorga echki ta’sviri ayol terrakot haykalchalariga tushirilmagan. Qoratepadagi bir biriga yaqin ibodatxona deb yuritish mumkin bo’lgan binolar juda qiziq. Balki ular ibodatxonalrda saqlangan buyumlar kabi fetish bo’lgan. Sopol idishlar naqshiga yuzlansak, shuni unutmasilik kerakki bu aniq qoidalarga bo’ysunadigan amaliy san’at turi. Shu bilan birgalikda ishlatilgan qo’llanilgan naqishlar shuningdek alohida ta’svirlarda o’ziga xos ma’no bor. O’rta Osiyo idish naqishlarida xoch shular qatorida. Oddiy xoch ko’p pog’onali murakkab xoch shaklida sopol idishlarni bezashda keng qo’llanilgan, bu borada estetik va sehr jodu ramzi sifatida. Alohida qiziqish hayvonlar haykalchalari uyg’otadi. Kopincha bu Namozgoh I II III idish naqshlarida uchraydigan echki tasvirlari. Qoratepa kulolchilik usulida echki obrazi xoldor ulardan biri hosildorlik ilohi ya’ni ayolga bag’ishlangan bo’lsa tabiiyki 2- ayol jufti erkakga bag’ishlangan. Aynan shu vaqtda Qoratepadan topilgan terrakot buqa haykalchasi erkak iloh bilan bog’liqligi mustasno emas. Nima bo’lganda ham bronza davrini o’rtalariga oid Oltintepa ibodatxona majmuasida samoviy buqa ilohi erkak bilan birgalikda namoyn bo’ladi (Masson V.M 1974.b) eneolit dehqonlari san’ati ularning mafkuraviy tushunchalari ijtimoiy hayot taraqqiyoti qadimiy qavmlarning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan zich bog’liq. Turmushni yaxshilashga urunish ham aniq bir rol o’ynaydi. Erta eneolit davridayoq umumiy mehnat vakili sifatida jamoa rolini o’sishi bilan qarorgohlarda mafkuravviy birlikni ifodalovchi markazlar yararish ahamiyati oshadi. Arxitektura (me’morchilik) sifatida bu masala uylarni bir qatorda qurish bilan yechilgan. Bir qator qazilma ishlari shuni ko’rsatadiki bunda devorlarning naqshiga alohida e’tibor berilgan. Ba’zida naqsh devorga ko’chirgan rangni bo’yra bo’lgan. Asosiy qurilish materiali (hom-ashyo) sifatida to’rt burchak xom g’isht ishlatilgan.(uzun tomoni 45-50 sm). Erta enolit davrida idishlarga naqsh solish keng tarqalgan: deyarli 30% sopol idishlar naqshlangan. Asosiy naqsh – geometrik shakllar ayniqsa uchburchak. Bu yerda to’liq yorqinlik ham dekarativlik ham kuzatilmaydi. Echki shakllari sxematik. Ta’svir,profil (yonbosh) dan emas: rassom bu holatda ko’rinadimi yo’qmi bundan qattiy nazar bir juft shox va bir juft oyoqlarni ta’svirlagan. Qoratepadan topilgan chanoqda ham huddi shunday ta’svirni ko’rishimiz mumkin ayollar haykalchalari esa bunu aksi: serpusht ayol obrazi to’liq iloji boricha haqqoniy ta’svirlangan. “Butun o’rniga bo’lak” prinsipi bo’yicha ba’zi detallar qoldirilgan, ammo bundan usul o’zgarmaydi. O’rta eneolit davriga kelib ibodatxonalar inshoat sifatida (yaqqol) aniq reja bilan qurila boshlagan. Devorlarda odatda unchalik baland bo’lmagan naqshlar o’rniga yopishtirilgan detallar baydo bo’ladi. Inshoatlarning yangi turi ham paydo bo’ladi – to’g’ri aylana shaklidagi uylar. Namozgoh II chi kulolchiligidagi naqshlar umuman olganda nomozgohga I chi sopol idishlarida ham qo’llanilgan. Shu bilan birgalikda nafis dekaratirizmni o’tish kuzatiladi. Naqshlarda ikkinchi bo’yoq paydo bo’ladi. Yalong’ochtepa kulolchiligi esa oddiy boy emas chiziqlar naqshi xos: sharqiy qaorgoh guruhlarida o’ziga xos Utilitar usul paydo bo’ladi.Antropomorof haykaltaroshlikda onalik va serpushtlik sifati yaqqol ko’rsatilgan ayol haykalchalarini yasash davom etadi. Bu qo’llar va yelkalarda mosivo qilingan ikkinchi statuar tur. Aynan to’la ko’krak va sonlarg haykaltarosh e’tibori qaratilgan. Qizg’ishroq tanalarga qora rang bilan taqinchoq va boshqa detallar chizilgan. Bu umumiy variantdan tashqari hosildorlik ilohini endividual ta’svirlovchi haykallar bo’lgan. Oynatepada topilgan haykalcha aynan shunday: qulay o’tirgan ayol ta’sviri. O’rta eneolit ayol terrakotlari obdon yasalgan; ular yaratgan obraz hotirjamlik va o’ziga bo’lgan ishonchga Janubiy Turkmanistonlik dehqonlarning amaliy san’ati kech eneolit davrida eng yuqori nuqtaga yetadi. Bu davr memorchiligida Geoksiyur 1 avval dafn kameralarida qayd etilganidek binolarda hom ashyolarda qoplama qo’llanilgan. Qarorgohning aniq bir reja asosida qurish ko’chalar tizimini taminlash kurtaklari qayd etiladi. Qoratepa ibodatxonalri endi alohida bino emas inshoatlar tizimiga kiritilgan kompleks.Yalong’ochtepa kulollarining naqshlarni soddalshtirishga urunishlari keyingi ustalar ta’sir ko’rsata olmagan. Sopol idishlarni dekarativ bezatish sharq hamda g’arb guruhlari kulolchik naqshlarida mahkam o’rnashadi. Bu davr naqshiga mavhumlik bilan uyg’unlashib ketgan ornomentalizm va simvolik ramzlar xos. Qoratepa usulidagi idishlarning mayda naqshlari har kunlik hayotga bayramonalik keltirgan. Hayvonlar ta’siri endi profil chizilgan tushirilga. Geoksiyur sopolchiligiga naqsh sxemalarining muayyanligi va bir maqomdaligi va ikkinchi bo’yoq kiritilishi xos. Umumiy geometrik usul (still) foydasi bu yerda hayvonlar tasviri ham bor: ammo ular shunday chizilgan ba’zida qanday hayvon (ilon yoki echki yoki boshqa yirtqichlar ta’svirlanganligini tushinish qiyin. Mayda haykaltaroshlik xilma xillashadi. Hayvonlarning loydan yasalgan haykalchalari naqsh bilan bezatiladi bu kichik haykalchalarda to’ng’iz tog’ echkisi buqani tanib olish qiyin emas. Qadimgi haykaltaroshlar yangi hom ashyo – marmar simon oq ohak toshni o’zlashtirishga urunishadi. Undan tanasi ko’proq to’ng’izga o’xshaydigan buqa yasalgan, bu esa ustalarning hali tajribasi kam bo’lganligini ko’rsatadi. Ayol terrakotlarning ham yangi tipi paydo bo’ladi. To’ladan kelganlarni o’rnini nozik nafis kelishgan ayollar egallaydi. Dubulg’a kiygan xarbiylar ta’sviri ham keng tarqaladi. O’rta Osiyo qavmlarning haykaltaroshlikdagi umumiy stilistikasi yaqin sharq kech eneolit dehqonlarning sanatdagi yuksak yutuqlaridan biri. Kech eneolitga oid Namozgohtepadan topilgan. Ma’lumotlarga ko’ra odamlarning katta haykallari ham marmardan ishlatilgan. Eenolit davrida marhumlarni ko’mish jarayoni qo’l oyoqlari bukilgan holatda yon tomoni bilan dafn etish Janubiy Turkmanistonning ilk dehqonchilik yodgorliklarida, enolit davriga tegishli qoratepa manzilgohidagi 26 ta qabrda uchratilib, marhumning boshi janub va janubiy g’arbga qaratilgan. Qabrlar asosan manzilgohning poli ostidan topilgan. Yana yashash uyning ostonasi ostiga va poliostiga dafn etganlik holati V.I Sarianidi tomanidan Geoksur vohasidagi manzilgohdan topilgan.. Taqinchoq va tumorlar. Turli taqinchoq va tumorlar asosan marosimdan bazilari madaniy qatlam va qazilma manbalardan kelib chiqadi. Munchoqlar fani asosan, Qoratpa qabridan topilgan, yuzdan ortiq. Ularning ko’pi oq gipssimon toshdan yasalgan. Bo’lim shakillari turfa xilligi bilan ajralib turadi. Ular bilan 1 qatorda feruza lazurit, xaltsedan, serdolik, marmar va boshqa parodalardan yasalganlari ham uchraydi. Ularni qo’lda yasashgan. Tosh munchoqlardan tashqari oltin va 1 nechta suyakdan yasalganlari topilgan. Boshqacha usulda yasatgan oltin munchoq Geoksyurda topilgan. Pronuzka (qo’l taqinchog’i) umuman olgannda kattaroq. Bir qismi dafn etilgan, bilagida topilgani bu ularni tumor sifatida taqilganligini ko’rsatadi. Bu ham Geoksyurdan topilgan pronizka e’tiborga loyiq. Uni tayorlash uchun chiziqlari bor tosh ishlatilgan; unga shunday ishlov berilganki toshni bir tomonida ko’z rasmi hosil bo’lgan. (Bu pronizka yomon ko’zdan asraydigan bo’lishi mumkin) Shuningdek ko’z tegishdan saqlovchi tumor vositasini bajargan xoch tasvirini tushirilgan tumorlar e’tiborga loyiq. Qoratepadan topilgan gips 1Массон В.М.Карадепе у Артыке ТР. ЮТАКЭ, -Том Х, 1961. –Ашхабад, -С. 229-238 2 Сарианиди В.И Енеолитическое посилиние Геоксур ТР. ЮТАКЭ, -Том Х, 1961. –Ашхабад, -С 241-249 predmetlari to’plami qiziq. Bu to’plamga sharlar, konuslar, sxematik shakillar kirgan. Bir qator taqinchoqlar misdan yasalgan. Ulardan mi simdan yasalgan sirg’a, to’g’nog’ich, chap tomonida ilmoqli ko’zgu va shunday atalmish kurakcha. Shunisi qiziqki faqat ko’zgu va kurakcha tarkibida kumish aralashmasi aniqlangan. Buyumlarni alohida guruhiga qandaydir marosimlar bilan bog’liq nisbatan kamyob va puxta pushti va oq marmarsimon oxaktoshdan ishlangan buyumlarni qo’shishimiz mumkin. Bular asosan nafis yupqa devorli idishlar. Ular odatda biroz komus yoki yarimshar shaklida bo’lgan. O’sha materialdan shuningdek bizgacha fragmentlarda yetib kelgan katta idishlar yasalgan. Bir nechta idishlar (aftidan marosim uchun mo’ljallangan) silindir simon asosga ega bo’lib unchali katta bo’lmagan dumaloq rezervuar bo’lgan; ularning balandligi 30 m yetgan. So’zsiz o’ziga xos shakilga ega idishni yasash mushkul bo’lgan rezervuar jihatida to’rtburchak komus simon asosda. Erta enolit Namozgoh I qabirlari faqatgina ba’zi qarorgohlarda Koped – dara tog’ osti tizmasida topilgan. Anau janubiy tepaligida Qoratepadagi shurt №1 Anou janubiy tepaligida Nomozgoh I qatlamlarida bolalar qabri topilgan. Qoratepada kechki Namozgoh I davrining yagona qabrida sklet boshi janub – janubiy g’arbga yo’naltirilgan. Bo’ynida pushti ohaktoshdan yasalgan 38 munchoq topilgan. Rivojlangan va so’ngi enolit davri qabrlari haqida ma’lumotlarimiz ko’proq. Qoratepa qarorgohining turli joylarida 120 dan ortiq qabr topilgan. Ulardan ba’zilari Namozgoh II davrining so’ngi bosqichlariga, Namozgoh III davrining boshlanishiga taluqli. So’ngi uch qurilish gorizantlari davomida rivojlangan enolit, Qora III, Qora II, Qora I dafn etilganlari qat’iy janubiy janubiy g’arb yo’nalishi saqlanib qoladi. Ular odatda, oyoqlari bukilgan holda o’ng tomonga yonbosh yotqizilsa, qo’llari ko’pincha ko’krak yoki yuz qarshisida bo’lgan. Ularga xamrohlik qiluvchi inventarlar boy emas: Qora III va Qora I qatlamlarida deyarli har doim munchoqlar, biroq Qora bir B qatlamida ularga idish, suyakdan yasalgan qurollar va maxsus mis kurakchalar topilgan. Eng kam qabirlar Qora I A qatlamiga ta’luqli: bor yo’g’i 12 ta. Ular hammasi o’ng tomonga yotqizilgan, ammo yo’nalishi bir muncha qiziq: ulardan 6 tasi janub – janubi g’arb yo’nalishiga qolgani esa janub yo’nalishiga. Xamrohlik qiluvchi inventar ancha boyigan. Qabrlarning birida to’kis bezatilgan ayol haykalchasi topilgan, boshqa marhumning qo’lida yarim shar shakilli rezervuar bo’lgan. Baland ibodat uchun mo’ljallangan tosh idish topilgan. Enolit davri uchun odatiy bo’lgan yakka qabirlardan tashqari xobxona ham topilgan. Qoratepada bu xobxona xom g’ishtdan qurilgan bo’lib 2,2 x 2,6 hajimli to’rtburchak qurilgan bino. Uning ichida 23 ta tartibsiz qabirlar bo’lgan. Ularda boy inventar bo’lgan – naqshli va ganch idishlar ( Massom V.I. 1964) bu qabirlar shuningdek Qora I A davriga oid. Geosyur I tepaligida shuningdek ko’p sonli qabrlar topilgan. Bir qismi yakka qabr o’ralarda muayyan yo’nalishsiz holda bo’lgan. Dafn etilganlar yo o’ng, yo chap yonboshda, janub yoki shimolga yo’naltirilgan. To’qqiztadan faqatgina ikkitasida naqishli sopol idishlar topilgan. Dafn etilganlarning asosiy qismi maxsus dafn kameralariga joylangan. (Sarianidi, 1960. g): ular kamera ba’zida to’rtburchak(1,6x 2,5m), aylana (1,5x 1,8m) shakillariidagi xom g’ishtdan qurilgan bino. Kameralardagi skletlar holati shuni ko’rsatadiki xobxonalar uzoq vaqt davomida ishlatilgan, har safar yangi qabr o’rnatilganda undan oldingisi devor tomon surilgan. Keyingi buzilmagan qabrlar har bir kamerada bir tomonga yo’naltirilgan. A kamera janub – janubi sharqga B kamera janub –janubi g’arbga, V kamera g’arb – janubi g’arb. Shunuisi qiziqki birinchi to’rtta kamera deyarli faqat ayollar dafn etilgan. Hozirgi vaqtda 1963 1964 - yillar qazishmalari natijasida( Sarianidi,1965) qarorgoh chekkasidagi o’ziga xos qush uyali (4 – 6 ta) 30 tachalar atrofida qabrlar ochilgan ularda 2 dan 10 tagacha sklet topilgan, chanoqlar soni esa 100 dan ortiq. So’ngi enolit qarorgohlari dafn etilganlardan anchasi ustida antropologik tekshiruv olib borilgan. (Trofimova va Gizburg 1960, Trofimova 1961 - 1964). O’rganilgan chanoqlar morfologik jihatdan Oldi Sharq serialariga yaqin. Yuz skleti tuzilishi va boshqa sifatlardan kelib chiqib ko’pgina chanoqlarini Yevro – Afrika tipi O’rta Yer qatlamiga oidligini aytish mumkin. Cho’l bronzasi, oltoy va Minusin quyi povolji madaniyatlaridan farqi shuni ko’rsatadiki enolit va bronza davrida O’rta Yer dengizi qatlamini tarqalish joyi – bu janubiy Turkmaniston. Geoksurdan topilgan ayol chanoqlari o’ziga xos sharqiy O’rta yer dengiz tipiga bo’linib Qoratepa chanoqlaridan farqlanadi. Qoratepa va geoksyur aholisini bo’yidagi farq ham qiziq. Qora tepa erkaklari bo’yi o’rtacha 170,8 sm, ayollar esa 154,7 sm. Geosyur erkaklari bo’yi 163,6 va 150,5 sm bo’lgan. Ijtimoiy tizimdagi o’zgarishlar o’z aksini enolit va bronza davri yodgorliklari va qarorgohlarida keng tarqalgan terrakot haykaltaroshligida topgan. Eng ko’p tarqalgani bu ayollar kichik terrakot haykalchalridir. Oq tepaga oq yoydan yasalgan ayollarning o’tirgan hildagi haykalchalar topilgan. Son va oyoqlar silliq chizig’i Qoratepa enolit haykaltaroshligini eslatadi. O’tirgan ayollar haykalchalari hapuztepada, Namozgoh IV qatlamida topilgan. To’g’ri ulardan qizg’ishroq loydan yasalgan sonlari xaddan tashqari to’laligi oq tepa haykallariga qaraganda biroz qo’pollashtiradi. Shu bilan birgalikda Namozgoh IV ning yuqori qatlamlari Namozgoh V ning qatlamlarida umuman boshqa turdagi haykalchalar kelib chiqadi. Enolitning realistik ananalaridan butkul ajralishi yaqqol ko’rinadi. Qo’llari yoyilgan ayol mavhum ramz. U ayolning haqiqiy jismidan butunlay farq qiladi. Bu kabi tasvirlarning tarqalishi diniy fikrlashning murakkablashishi diniy tushunchalarni haqiqatdan ajralishini ko’rsatadi. Uy mafkurasini bu kabi o’zgarishi bronzani enolitdan ajratib turuvchi jihatlardan biridir. Shartli stil alohida ko’p sonli detallarni mustasno qilmagan. Ba’zida haykalchalar tanasi o’yma naqshlardan bezatilgan. Boshqa asosi tasmalar bilan o’ralgan, bosh kiyim ishlangan. Tasma yoki bog’ichlar bo’yinda ham bo’lgan. Namozgoh V davrining eng yaqqol jihatlaridan biri haykalchalardagi ko’krakga tushib turuvchi qalin soch o’ramidir. Ayollar haykalchalrini yangicha turini paydo bo’lishi bronza davridagi ijtimoiy hayot o’zgarishini ko’rsatadi. Yuqorda aytilganlaridan bronza davrida san’atni qulashi haqida izoh chiqarish noto’g’ri. Gap faqatgina diniy simvollikdagi o’zgarishlar haqida ketayapti, Sho’r Tepadan topilgan mis echki haykalchasi kabi alohida topilmalar aksincha qadimgi haykaltarosh va rassomlarning yanada mukammallashganidan dalolat beradi. Toxariston hududida hunarmandchilik va savdo yaxshi rivojlanganlini hudud
tarixiga oid manbalarning hammasi ko’rsatib turibdi. 1905 yil A.
fon Le Kok tomonidan Tuyok daryosi (Turfon / Sharqiy Turkiston) vohasidan
topilgan “Berlin eftalit parchalari” deb nomlanuvchi baqtriycha hujjatlar,
Andre Marik tomonidan 1957 – 1959 yillarda Surx-Kotaldan topilgan
kushonlar davriga oid baqtriycha diniy hujjatlar, 1962 yil Eski Termizning
Qoratepa ibodatxonasi xarobalaridan topilgan diniy mazmundagi hujjatlar,
sovet-afg’on ekspedisiyasi tomonidan 1973 – 1974 yilda Shimoliy
Afg’onistondagi Dilberjin shahar xarobasidan topilgan baqtriycha yozuv
mashqi namunalarida Sug’d konfederasiyasi xususidagi ma’lumotlar
uchramaydi. Ularning aksariyati diniy mazmunda28.
Sharqiy eroniy tillar guruhiga mansub qadimgi baqtriyaliklar
(toxaristonliklar) miloddan avvalgi II-I asrlarda yunon alifbosi asosida
o’zlarining yozuvlariga asos solishgan.

Download 310.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling