Termiz davlat universiteti magistratura bo’limi arxeologiya (YO’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) mutaxasisligi


Download 310.67 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi310.67 Kb.
#1009543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mahliyo.kurs ishi...1 (1)

II-BOB. Qoratepa yodgorligi 2.1. Qoratepa — budda gʻor ibodatxonalar majmuasi (milodiy 1—3-asrlar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926—28 yillarda Moskvadagi Sharq xalq lari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937-yilda M.Ye.Masson va Ye.G.Pchelina tekshirgan. 1960-yillarda arxeolog B.Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda Oʻzbekiston—Yaponiya qoʻshma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.Obida 3 ta tabiiy doʻnglikda qurilgan. Umumiy maydoni 8 ga dan ziyod. Jan. doʻnglikda 15 dan ziyod gʻor majmuasi boʻlgan. Gʻarbiy doʻnglikdagi gʻor maj-muasi 5 dan ortiq boʻlmagan. Shim. doʻnglikning sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan, gʻarbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli boʻlmagan ibodatxonalar band qilgan.Qoratepadagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, soʻng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi bir necha bor taʼmirlangan va tarhi oʻzgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan.Gʻor ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan oʻzlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning meʼmoriy usullari ustun turadi.Qoratepadagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, milodiy 1-asrda qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri milodiy 2—3-asrlarga toʻgʻri kelib, bu paytda ibodatxonalar koʻplab qurilgan, avvalgilari esa yangilangan hamda bezatilgan. Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblari, shahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim oʻrin tutgan. Q.dan topilgan, bagʻishlov bitiklari bulgan sopollar bu holatni aniq koʻrsatadi. Bitiklarga koʻra, Qoratepa.dagi ayrim majmuotlar Kxadevakavixara — Podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad — Gulavxara oʻgʻli (Gondafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida rohiblardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatib oʻtilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Q.dan qoʻplab budda haykallari topilgan.
Milodiy 3-asr oxiriga kelib Qoratepa majmualari inqirozga yuz tutdi yoki vayron etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Ayrim majmuotlar xonalariga otashkadalar oʻrnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa majmuotlarining muayyan qismi milodiy 4-asr oxiri — 5-asr boshigacha ishlab turgan. Milodiy 4-asrdayoq Qoratepadagi koʻplab tashlandiq xonalar va gʻor ibodatxonalaridan qabr sifatida foydalanilgan, soʻng kirish joylari xom gʻisht bilan urib yuborilgan. Eng dastlabki qabrlar yonida kushon-sosoniy tipidagi tangalar, Peroz tangalari va unga taqlidan zarb qilingan tangalar uchraydi, keyingi qabrlarda esa milodiy 5—6-asrlardagi Termiz hukmdorlari tangalari topilgan, ularning bir tomonida langar tasvirlangan. 7-asrdan 12-asrgacha Qoratepadagi yarim koʻmilgan ayrim xonalar va gʻorlardan zohidlar foydalanishgan.Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va boshqa dekorativ-amaliy sanʼat buyumlari kushonlar davridan Tarmita — Termizda oʻziga xos anʼana va yoʻnalishga ega boʻlgan alohida badiiy maktab boʻlganidan dalolat beradi. Bu maktab kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas, balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol oʻynaydi.Qazish paytida Q.dan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va koʻzachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan meʼmorlik detallari, plitalar, sopol chirogʻdonlar topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va brahma yozuvlari) va devorlarga chizilgan kushon-baqtriya hamda fors-pahlaviy yozuvlari xarakterli.

Download 310.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling