Termiz davlat universiteti magistratura bo’limi arxeologiya (YO’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) mutaxasisligi
Download 310.67 Kb.
|
Mahliyo.kurs ishi...1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U N D A R EJ A KIRISH.......................................................................................... 3-5 bet
- II-BOB. ILK VA O’RTA BRONZA YODGORLIKLARI…………….
- XULOSA ........................................................................................ 23-24 bet FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO`YXATI ...24-28-bet
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRATURA BO’LIMI ARXEOLOGIYA (YO’NALISHLAR VA FAOLIYAT TURI BO’YICHA) MUTAXASISLIGI 1-BOSQICH MAGISTR TALABASI A‘ZAMOVA MAHLIYONING ” O’RTA OSIYODA JINSIY FARQLARNING MODDIY MANBALARDA IFODALANISHI ‘’MAVZUSIDA YOZGAN BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R EJ A KIRISH.......................................................................................... 3-5 bet I-BOB. Neolit davriga tasnif…………………………………………. 1.1. Joytun madaniyati………………………............…………...…. 6-7 bet 1.2. Qoratepa yodgorligi……………………………..........................8-9 bet 1.3.Geoksur yodgorligi……………………………………………….9-10 bet II-BOB. ILK VA O’RTA BRONZA YODGORLIKLARI……………. 2.1. Sopollitepa yodgorligi ………………………................................ 10-12 bet 2.2. Jarqoʻton yodgorligi…. ............................................. 13-17 bet III-BOB. SO’NGI BRONZA DAVRI YODGORLIKLARI………………. 3.1. Sopolli davri yodgorliklar ijtimoiy hayoti…………………………... 15-18 bet 3.2. Jarqoʻton davri arxeologiyasi………………………………………19-23 bet XULOSA ........................................................................................ 23-24 bet FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO`YXATI ...24-28-bet KIRISH Mavzuning dolzarbligi. О’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgani ham tarixga aylanib ulgurdi. Mustaqilligimizdan keyingi o’tgan nisbatan qisqa fursat ichida o’zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida ulkan o’zgarishlar yuz berdi, katta yutuqlarga boy bo’ldi. Bu ulkan o’zgarishlar o’tmish voqea-xodisalaridan to’g’ri saboq olish va bunga ko’ra kelajakni to’g’ri belgilashni ham taqazo etadi. Bu borada tarix fanining roli beqiyos bo’lib, uning ahamiyati ham tobora ortib bormoqda. Istiqlol yillarida o’zbek tarixshunosligida ham katta ijobiy o’zgarishlar yuz berib, tariximizning sovetlar hukmronligi davrida buzilgan, soxtalashtirilgan sahifalari adolat ezonlari asosida haqqoniy ravishda o’rganila boshlandi. Xalqimizning uzoq yillar davomidagi orzu-niyatlari ro’yobga chiqib, o’zining haqiqiy tarixiga ega bo’lmoqda. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini tadqiq etish, o’rganish davlat siyosati ahamiyatidagi darajaga ko’tarildi. Zero, О’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov aytganlaridek, “o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”1. О’zbekiston hududida bronza asrlar tarixini tadqiq etish ham yuqorida ta’kidlangan dolzarb mavzulardan sanaladi. Ayniqsa, ilk o’rta asrlar O’rta Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy, siyosiy va xalqaro savdo munosabatlarida muhim o’rin egallagan Toxariston tarixini tadqiq etish dolzarb masala bo’lib kelmoqda. O’rta Osiyo xalqlarida arab xalifaligi hukmronligi arafasida hunarmandchilik, tadbirkorlik munosabatlari yetakchi darajaga ko’tarildi. Sovetlar hukmronligi yillarida tarixiy jarayonlarga faqat bir tomonlama – sinfiylik nuqtai nazaridan baho berilganligi bois ham, bu davrdagi muammoviy masalalari o’zining haqqoniy talqinini topa olmadi. Ajdodlarimizning siyosiy, savdo-sotiq, xalqaro aloqalari sohasidagi asriy tajribalar yetarlicha tadqiq etilmadi. Tanlangan mavzuning muhimligi shundaki, o’tmish saboqlaridan to’g’ri xulosa chiqarish, o’tmish an’analari va tajribalaridan oqilona foydalanish bugungi kundagi siyosiy, iqtisodiy islohotlarni to’g’ri hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Ilk o’rta asrlar Toxaristondagi ijtimoiy-siyosiy, savdo-sotiq, xalqaro munosabatlar sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar va an’analar, tajribalar bugungi kun uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Bu an’analarni bugungi kun sharoitlariga mos ravishda qo’llash mumkin. Zero, О’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, “biz o’z taqdirmizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz”2. Yuqorida bayon qilingan fikrlar ilk o’rta asrlar Toxariston tarixini bugungi kun talablari, ehtiyojlari asosida o’rganishning dolzarbligidan dalolat beradi. Download 310.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling