Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) 2- kurs magistranti Nabiyeva Feruza Abdurashidovnaning 2022-yil sentabr oyi Hisoboti


Download 15.67 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi15.67 Kb.
#1142888
Bog'liq
Feruza Xsobot 2kurs




Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) 2- kurs magistranti Nabiyeva Feruza Abdurashidovnaning 2022-yil sentabr oyi


Hisoboti

Magistraturada 2-kurs o’qish jarayonini boshlab oldik. Dars jadvali bo’yicha biz 2-kurs magistrlarga nanofizika, molekulyar optikaning klassik zamonaviy asoslari, ilmiy pedagogik ish, ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, ilmiy seminarlar kabi fanlar qo’yilgan. Barcha dars mashg’ulotlariga o’z vaqtida, to’liq ishtirok etishga harakat qilyapman. Har kunlik vazifalarni to’liq bajarmoqdaman.


Magistrlik dissertatsiyam bo’yicha ilmiy rahbarim Qosimov A bilan birgalikda kirish qismi ustida ishladim va kerakli xulosalarga ega bo’ldim.
Har haftada uch kun ilmiy rahbarim bilan ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha uchrashib, kerakli maslahatlar va yo’nalishlar bo’yicha ko’rsatmalar olib bormoqdaman.
Ilmiy rahbarim Qosimov Aning tavsiyasiga asosan men magistrlik dissertatsiyasining 1-bobi va kirish qismi bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Mavzu bo’yicha ilmiy adabiyotlar to’plash ishlari bilan shug’ullandim. Ilmiy adabiyotlar bilan tanishib ulardan kerakli ma’lumotlarni konspekt qilib oldim.

Ilmiy rahbar: Qosimov.A


Magistr: Nabiyeva Feruza


Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) 2- kurs magistranti Nabiyeva Feruza Abdurashidovnaning 2022-yil oktabr oyi


Hisoboti

Ilmiy rahbarim Qosimov.A ning tavsiyasi asosida kerakli adabiyotlar bilan tanishish jarayonida dissertasiya mavzusi bo’yicha o’tkaziladigan ilmiy tajribalar usullari tavsifi va ish prinspini to’liq o’zlashtirib olish uchun albatta ular haqidagi barcha ma’lumotlarni maxsus daftarga konspekt qilib olmoqdaman.
Semestr davomida bizga nanofizika, molekulyar optikaning klassik va zamonaviy asoslari fanlari o’tilmoqda. Bu fanlardan biz 2-kurs magistrlarga fakultetimizning eng yetakchi o’qituvchilari prof.E.To’rayev, phd ilmiy darajaga ega bo’lgan M. Xolmurodov ustozlar dars o’tmoqdalar. Men bu ustozlarimiz berayotgan bilimlarni chuqur o’zlashtirishga harakat qilmoqdaman.
Ilmiy rahbarim yordamida o’z mavzuim doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.
Ilmiy rahbarim ko’rsatmalariga binoan disertatsiya mavzusi bo’yicha kirish qismini yakunladim.
Dissertatsiya ishim uchun kerakli ma’lumotlarni topishda ustozimning tavsiyalari asosida universitet va shaxar kutubxonalaridan olingan adabiyotlardan izlanishlar olib bormoqdaman.
Ilmiy rahbar: Qosimov.A


Magistr: Nabiyeva.F
Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) 2- kurs magistranti Nabiyeva Feruza Abdurashidovnaning 2022–yil noyabr oyi


Hisoboti
2022-yil noyabr oyi davomida magistratura bo’limi tomonidan o’quv jarayoniga kiritilgan dars jadvali asosida mashg’ulotlarga qatnashdim.
Men kursdoshlarim qatori kafedragi o’qituvchilarning jumladan phd. Ilmiy darajasidagi ustozimiz Xolmurodov M., o’qituvchilar Tursunov M, Xoliyorov.J. va boshqalarning dars o’tish jarayonlarini kuzatib o’zimizga kerakli xulosalarni olyapman.
Bundan tashqari dissertatsiya ishimiz yuzasidan olib borayotgan ishlarimizni kafedra qoshida tashkil etilayotgan ilmiy seminarlarda ma’ruza qilib bormoqdamiz. Ushbu seminarlarda kafedra qoshidagi ustozlarimiz dissertatsiya ishimiz yuzasidan olib borayotgan ishlarimizning xato va kamchiliklariga o’zlarining maslahatlarini ayamay berib kelmoqdalar. Biz magistrlar o’zimiz uchun kerakli xulosalarga ega bo’lmoqdamiz.

Ilmiy rahbar: Qosimov.A
Magistr: Nabiyeva.F


Termiz Davlat Universiteti magistratura bo’limi Fizika (yo’nalishlar bo’yicha) 2- kurs magistranti Omonqulova Umida Husan qizining 2022–yil dekabr oyi


Hisoboti

2022-yil dekabr oyi davomida magistratura bo’limi tomonidan o’quv jarayoniga kiritilgan dars jadvali asosida mashg’ulotlarga qatnashib kelmoqdaman.


O’quv rejada berilgan ma’ruzalar, amaliy va seminar darslari, shuningdek tajriba mashg’ulotlari uchun mo’ljallangan dars mashg’ulotlariga to’liq va o’z vaqtida qatnashib kelmoqdaman.
O’tilgan mavzular bo’yicha bilimlarimni oshiryapman. Shuning bilan birga semester yakunida bo’ladigan imtrihonlar uchun puxta tayyorgarlik ko’rmoqdaman.
Ilmiy rahbarimning tavsiyasiga asosan men magistrlik dissertatsiyasining 2-bobi bo’yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Mavzu bo’yicha ilmiy adabiyotlar to’plash ishlari bilan shug’ullandim. Ilmiy adabiyotlar bilan tanishib ulardan kerakli ma’lumotlarni konspekt qilib oldim.


Ilmiy rahbar: Qosimov.A
Magistr: Nabiyeva.F
Download 15.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling